O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 0.53 Mb.
bet3/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

Buxgalteriya hisobi — bu, kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo‘jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Buxgalteriya hisobining maqsadi foyda-lanuvchilarni to‘liq, ishonarli, o‘z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgal-teriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta’minlashdan iborat.


BUXGALTERIYA HISOBINING FUNKSIYALARI


Reja Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad (foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish, shuningdek, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘llarini izlash.


Nazorat Ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning haqiqatda bajarilishi va biznes-rejalarda mo‘ljallanganini kuzatish, ya’ni xatti-harakatlar mo‘ljallangan rejaga qanchalik muvofiqligini belgilash.


Axborot Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashni bildiradi. Bu funksiya qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun korxona

6


rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi.


Tahlil (baholash) Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsa-dida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqish, mavjud rezervlar hajmini belgilash, uskunalar, mehnat va xomashyo resurslaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlashni yo‘lga qo‘yish.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling