10.6. FOYDANING TAQSIMLANISH HISOBI
Foydaning taqsimlanishi avvaldan belgilangan normativlar asosida amalga oshiriladi va korxonaning, budjet, ta’sischilar va boshqalar bilan moliyaviy munosabatlari vujudga keladi.
Korxona foydasi quyidagicha taqsimlanadi:
Budjetga soliq to‘lovlari va boshqa to‘lovlar (foydadan soliq, renta to‘lovlari va boshqalar).
Zaxira fondini tashkil qilish va oborot mablag‘larini to‘ldirish.
Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan turli fondlarni tashkil qilish.
Daromadning bir qismidan dividend to‘lovlari ko‘rinishida ta’sis-chilar va aksionerlar bilan hisob-kitob olib borish.
Foydaning boshqa maqsadlarga sarflanishi (obodonlashtirish, o‘zining jamg‘arma maqsadlari uchun va boshqalar).
Foydadan soliqlarni to‘lash va ajratmalar qilish qonunchilik va boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Foydadan soliqlarni to‘lash va ajratmalar qilish (vaqtinchalik) tranzit 9800 «Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishi» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida yil davomida hisoblangan soliqlar, yig‘imlar va byudjetga boshqa ajratmalar, kreditida esa yakuniy moliyaviy natijalar bilan yopilishi aks ettiriladi. Bu schyot boshqa schyotlar bian quyidagicha aloqada bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |