O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.5. MOLIYAVIY NATIJALARNING HISOBGA OLINISHI
- Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar)
- Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar)
- Soliq to‘langunga qadar foyda (zarar)
- Yilning sof foydasi (zarari)
- Schyotlar aloqasi t/r
Kelgusida sarflar va to‘lovlarning zaxiralari ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bir maromda ishchilarning ta’til vaqtini va asosiy vositalarning joriy va kapital ta’miri xarajatlarini qo‘shish maqsadida zaxiraga ajratilgan mablag‘lardir. Bu zaxira summalari passiv 8910 schyotida hisobga olinadi. Zaxiralarning tashkil qilinishi va mablag‘larning foydalanishi vaqti-vaqti bilan (yilning oxirida albatta) me’yor, hisoblar va boshqalarga asosan tekshirib turiladi. Zarurat tug‘ilganda korrektura qilinadi. Bularni biz quyidagi xo‘jalik muomalalarida ko‘rishimiz mumkin: 172
10.5. MOLIYAVIY NATIJALARNING HISOBGA OLINISHI Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ulardan foydalanish tartibi «Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga qo‘shiladigan ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmatlarni) sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanishi to‘g‘risidagi Nizom» hamda 2, 3, 4-sonli BXMS lari bilan tartibga solinadi. Oxirgi moliyaviy natija hisobot davrida buxgalteriya hisobida ham-ma xo‘jalik faoliyatidan hisobga olingan daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq asosida aniqlanadi. Hamma daromad summalarining hamma xarajat summalaridan yuqoriligi foyda summasini aksincha zarar summasini anglatadi. «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq korxona faoliyati moliyaviy natijasi quyidagicha foyda ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: 1. Mahsulot sotishdan olingan foyda (zarar) – mahsulot sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Yalpi foyda schyotidan olingan sof tushum – sotilgan mahsulot tannarxi. 9010–9030-schyotlarining kredit tomonidan jamlangan sof tushum summasidan 9110–9130-schyotlarining debet tomonidan sotilgan mah- 173
sulotning tannarxini ayirib aniqlanadi. Ijobiy farq foydani, salbiy farq zararni ko‘rsatadi. Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) – mahsulot sotishdan olingan boshqa daromad yoki zararni qo‘shish yoxud ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Asosiy faoliyatdan olingan foyda = mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, boshqa daromadlar (zararlar) 9310–9390 schyotlarining kredit summalari – davr xarajatlari 9410, 9420, 9430, 9440-schyotlarining debetida jamlangan summalar ijobiy summa foydani, salbiy esa zararni ko‘rsatadi. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) – asosiy faoliyatdan olingan foydaga dividendlar bo‘yicha daromad qo‘shiladi, chet el valutasi muomalalari bilan bog‘liq daromad yoki zararlar qo‘shib yoxud ayriladi va foizlar bo‘yicha xarajatlar olib tashlanadi. Umumxo‘jalik faoliyati foydasi = asosiy faoliyat foydasi + 9510- 9590-schyotlarining kredit jamlanmasiga moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar – 9610–9690-schyotlarining debet oboroti moliyaviy faoliyati bo‘yicha sarflar, ijobiy farq foydani, salbiy farq esa zararni ko‘rsatadi. Soliq to‘langunga qadar foyda (zarar) – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda + 9710 schyotning kreditida jamlangan favquloddagi foyda – 9720-schyotining debetida jamlangan favquloddagi zarar, ijobiy farq foydani, salbiy farq zararni bildiradi. Yilning sof foydasi (zarari) – soliqlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan ko‘rsatkichdir. Soliqlar to‘langungacha foydadan (daromaddan) soliqlar va boshqa biror yerda hisobga olinmagan soliq hamda to‘lovlar chiqarib tashlanadi. Yilning sof foydasi = soliq to‘langunga qadar foyda – 9810–9830-schyotlarning debetida jamlangan foydadan soliq, obodonlashtirish uchun va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun ajratmalar farqidan iborat. Shunday qilib yilning sof foydasi (zarari) - mahsulotni sotishdan olingan daromad (9010–9030) – sotilgan mahsulotning tannarxi (9110– 9130) + boshqa daromadlar (9310–9390) – davr xarajatlari (9410–9430) moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (9510–9590) – moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarflar (9610–9690) ± favquloddagi foydalar va zararlar (9710–9720) – foydadan soliqlar (9810–9830). Bu foyda yoki zarar 9900-schyotning debet aylanmasi bilan kredit aylanmasidan iboratdir va moliyaviy faoliyat bo‘yicha hisobotning oxirgi qatorida aks ettiriladi. Yilning oxirida daromadlar va sarflarni hisobga oluvchi vaqtinchalik schyotlar (9010–9030; 9110–9130, 9310–9390, 9410–9440, 9510–9590, 174
9610–9690, 9710–9720, 9810–9830) yopiladi va natijalari 9900-schyotga o‘tkaziladi. Uning qoldig‘i hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) 8710-schyotiga o‘tkaziladi. Yakuniy moliyaviy natijalarning sintetik hisobi aloqasi quyidagicha aks ettiriladi:
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling