Yakuniy moliyaviy natijani tekshirish
Download 24.29 Kb.
|
dokument microsoft word 14
Yakuniy moliyaviy natijani tekshirish. Foyda har bir korxonaning muhim sifat ko`rsatgichi hisoblanadi. Foydadan soliq to`lanadi, ustav kapitaliga ajratmalar qilinadi. Foyda iqtisodiy kategoriya sifatida xo`jalik yurituvchi sub’ektga qarashli mablag`ning oshishini ifodalaydi. Foyda korxonaning sifat ko`rsatkichi hisoblanadi. Foyda barcha daromadlar bilan barcha xarajatlar o`rtasidagi farqdan iborat. Foyda mikdori narxga nisbatan to`g`ri mutanosiblikda, xarajatlarga nisbatan esa teskari mutanosiblikda bo`ladi. Qabul qilingan «Xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish to`g`risidagi Nizom»ga asosan korxonalarning foydasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan iniqlanadi: mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda; asosiy faoliyatning foydasi; xo`jalik faoliyatidan olingan foyda; soliq to`langungacha olingan foyda; yilning sof foydasi. Foydaning asosiy manbasi - bu korxonaning asosiy faoliyati natijasidir. Foydani ko`paytirish barcha korxonalarning muhim vazifasi hisoblanadi. Foyda tufayli korxona faoliyati kengayadi, o`zaro hisob-kitoblar vaqtida amalga oshiriladi, ishchi-xizmatchilar ko`shimcha moddiy rag`batlantiriladi. Foyda ko`rsatkichi ta’sischilar, mulk egalari, davlat budjeti va bank tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Foyda auditning muhim ob’ekti hisoblanadi. Auditor tuzilgan shartnomaga asosan foydaning to`g`ri hisoblanganligini, yil davomida qonun talablari asosida ishlatilganligini tekshiradi. Bunday tekshiruv 8710 «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (koplanmagan zarari)», 9900 - «YAkuniy moliyaviy natija» va boshqa schyotlar orqali amalga oshiriladi. Auditor foyda ko`rsatkichining to`g`ri hisoblanganligini quyidagi operasiyalar orqali tekshiradi: - daromad turlari bo`yicha operasiyalar; - xarajat turlari bo`yicha operasiyalar; - yil davomida ishlatilgan foyda bo`yicha operasiyalar. Foydaning auditi 9900 - «YAkuniy moliyaviy natija» schyotidagi buxgalteriya yozuvlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Bunday tekshiruv tartibini «Marhamat» ishlab chiqarish korxonasi misolida ko`rib chiqamiz. Hisobot davri bo`yicha korxonaning 9900 «YAkuniy moliyaviy natija» schyotida quyidagi yozuvlar bo`lgan: Dt 9900 - «YAkuniy moliyaviy natija» Kt
Korxonaning hisobot davridagi barcha daromadlari 2634.0 ming so`m, barcha xarajatlari 1196.0 ming so`m, foydasi esa 1438.0 ming so`m bo`lgan. Ushbu ko`rsatkichdan soliq to`lanishi kerak. Soliq summasi yil davomida 9810, 6410, 5110 schyotlarda aks ettirilib borilgan. Auditor yil bo`yicha hisoblangan foyda solig`ini quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali tekshirib chiqadi. Yil davomida hisoblangan va to`langan foyda solig`i:
Yil yakuni bo`yicha qo`shimcha hisoblangan foyda solig`i quyidagi yozuvlar orqali tekshiriladi:
Ushbu operasiyalarning soliq konunchiligiga mosligi auditor tomonidan chuqur o`rganiladi. Buning uchun «Moliyaviy hisobot» dagi maxsus jadval «Moliyaviy natijalar to`g`risida»gi ma’lumotlardan keng foydalaniladi. Korxona foydasidan to`langan soliqning to`g`riligini tekshirish uchun auditor maxsus jadval tuzadi. Buni «Marhamat» korxonasi misolida hisobot davri uchun ko`rib chiqamiz (1 -jadval): 1-jadval «Marhamat» ishlab chiqarish korxonasining hisobot davridagi foydasi va solig`i auditi natijalari
Foyda ko`rsatkichining auditi natijasida quyidagilar aniqlangan: korxona ma’lumotlari bo`yicha soliqqa tortilmaydigan foyda 300,0 ming so`mga ko`p qilib ko`rsatilgan. Natijada soliqqa tortiladigan foyda 300,0 ming so`mga kam bo`lgan. Firma ko`shimcha 54,0 ming so`m foyda solig`ini va soliq qonunchiligida belgilangan jarimalarni budjetga to`lashi kerak bo`ladi. Audit jarayonida moliyaviy natijalar bo`yicha ko`rsatkichlar (daromadlar, xarajatlar, foyda) «Buxgalgeriya balansi» (1-shakl), «Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot» (2-shakl), «Pul oqimlari to`g`risida hisobot» (4-shakl), «Xususiy kapital to`g`risida hisobot» (5-shakl) ma’lumotlari bilan o`zaro taqqoslash yo`li bilan tekshirilib ko`riladi. Korxonaga kelib tushgan va sarflangan pul mablag`lari «Pul oqimlari to`g`risida hisobot»da ifodalansa, daromadlar, xarajatlar, foyda ko`rsatkichlari esa «Moliyaviy natijalar to`g`risida»gi hisobotda o`z aksini topgan bo`ladi. Budjetga to`lanishi kerak bo`lgan va to`langan soliqlar 2-shaklga ilova qilingan maxsus ma’lumotnomada keltiriladi. Auditor ushbu hujjatlardagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlari bilan o`zaro taqqoslab tekshiradi. Auditor hisobot yilidagi sof foydaning taqsimlanishini (zararning yopilishini) quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali tekshiradi: D-t Kt Summa 8710 8532 1474000-00 8532 8710 (zarar summasi) Korxona foydasi muhim sifat ko`rsatkichlardan bo`lib resurslardan samarali foydalanganlikni ifodalaydi. Olingan foyda mikdoriga qarab aktivlarning rentabelligini bilish mumkin. Aktivlarning rentabellik darajalari quyidagi tartibda aniqlanadi (3-chizma). Audit jarayonida aktivlarning turlari bo`yicha rentabellik darajasi tahlil qilinsa foydani yanada oshirishga qaratilgan asosli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi korxonalar faoliyatini xalqaro amaliyotda qo`llanilib kelinayotgan ko`rsatkichlar orqali baholashni taqozo qiladi. SHunday ko`rsatkichlardan biri korxonaning marjinal foydasidir. Moliyaviy natijalar auditi jarayonida mazkur ko`rsatkichni aniqlash va unga baho berish muhim hisoblanadi.
Korxonaning marjinal foydasini aniqlash uchun yalpi daromaddan o`zgaruvchan xarajatlar olib tashlanadi. CHiqqan natija esa marjinal foydani beradi. Ushbu ko`rsatkichdan doimiy xarajatlar olib tashlangandan so`ng esa korxona ixtiyoridagi foyda qoladi. Marjinal foyda tamoyili asosiy xalqaro amaliyotda keng qo`llanilib kelinayotgan xarajatlar hisobining «Direkt-kosting» usuli yotadi. Mazkur usulning afzalligi shundan iboratki, auditor xarajatlar va moliyaviy natijalarni tekshirganda mahsulot realizasiyasidan tushgan tushumlarda o`zgaruvchan xarajatlarning salmog`ini, ularni pasaytirish hamda marjinal foydani ko`paytirishga qaratilgan asosli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo`ladi. Foyda ko`rsatkichning auditi natijalari auditorlik hisoboti va xulosasida o`z aksini topadi. Download 24.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling