O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


- m o d d a. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish


Download 0.53 Mb.
bet132/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

13- m o d d a. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish

Daromadlar va xarajatlar, to‘langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, qaysi davri taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida aks ettiriladi.




14-m o d d a. Xususiy kapitalni hisobga olish

Xususiy kapital – ustav kapitali, qo‘shilgan, zaxira kapitalidan, hamda taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.


Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasida) yigindisi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra belgilanadi va hisobga olinadi.


Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.


Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog‘ida hosil bo‘ladigan inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.


Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin.




15-m o d d a. Garovni hisobga olish

O‘zining yoki o‘zgalarning majburiyatlarini ta’minlash uchun garovga berilgan mol-mulk qiymati, shu jumladan, pul mablag‘lari korxona tomonidan boshqa aktivlardan alohida hisobga olinadi.


Garovga olingan mol-mulk qiymati, garov sifatida qabul qilib olingan pul mablaglari va valuta boyliklari qiymati alohida balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.




16-m o d d a. Moliyaviy hisobot

Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida tuziladi.


Moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


buxgalteriya balansi;


– moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;


– asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot;


– pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;


– xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;


– izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.


Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisoboti soddalashtirilgan shaklda tuziladi.



255


Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmunini O‘zbekiston Respub-likasi Moliya vazirligi belgilaydi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling