20-m o d d a. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotni ularda ko‘rsatilgan ma’lumot-larning to‘g‘riligini auditorlar tasdiqlagach, hisobot yili tugaganidan so‘ng birinchi maygacha e’lon qilishlari shart.
21-m o d d a. Tugatish vaqtida moliyaviy hisobot
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilgan vaqtda yakuniy moliyaviy hisobot tuziladi.
Tugatish bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish, tugatish balansi va hisobotni tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan javobgarlik tugatish komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. Majburiyatlar ularni uzish vaqtiga qadar hisoblangan foizlari bilan
tugatish balansida aks ettiriladi.
22-m o d d a. Buxgalteriya axborotining mahfiyligi
Buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgal-teriya hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga ma’muriyat ruxsati bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar ularning maxfiyligini saqlashlari shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.
9 – Buxgalteriya hisobi 257
23-m o d d a. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash
Buxgalteriya hujjatlari va registrlar, mikrofilmlar yoki kompyuter hisobi moliyaviy ma’lumotlari kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlangan.
Buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |