O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
_ yil yanvar oyi uchun 6990-«Boshqa majburiyatlar»
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debitor va saldo
- Debet aylanmasi Kredit aylanmasi asos (yozuvmazmuni)
- 2.10. BANKNING UZOQ VA QISQA MUDDATLI KREDITLARINING HISOBGA OLINISHI
- Kredit ajratish to‘g‘risidagi ariza
- Texnik-iqtisodiy asoslash (biznes-reja)
20_ yil yanvar oyi uchun 6990-«Boshqa majburiyatlar»
schyotining tahliliy hisobi bo‘yicha 7-qaydnoma
Jami: 37
2.9. DA’VOLAR VA MODDIY ZARARLARNI QOPLASH BO‘YICHA HISOB-KITOBLARNING QAYD ETILISHI Mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga bildiriladigan e’tirozlar, ularga taqdim etilgan va tan olingan jarima, ustamalar va beqarorliklar bo‘yicha hisoblashishlar aktiv 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»da hisobga olinadi. Schyotning debetida da’vo summalari, kreditida esa kelib tushgan to‘lov summalari aks ettiriladi. Da’volar bo‘yicha muomalalarga quyidagicha schyotlar aloqasi belgilanadi.
Korxona tomonidan tovar moddiy boyliklarning kamomadi va talon-taroj qilinishi, yaroqsiz mahsulot natijasida yuzaga kelgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha va boshqa zararning turlarini qoplash bo‘yicha hisoblashishlar, aktiv 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyotida hisobga olinadi. Schyotning debetida aybdor shaxslardan olinadigan summalar, kreditida to‘langan to‘lovlar va ushlab qolingan summalar aks ettiriladi. Moddiy zararlarni qoplash bo‘yicha hisob-kitob muomalalariga quyidagicha schyotlar aloqasi belgilanadi. 38
2.10. BANKNING UZOQ VA QISQA MUDDATLI KREDITLARINING HISOBGA OLINISHI O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berish tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» Qonun asosida va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Banklar O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, o‘z kapital va mustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, ularning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, shartnoma asosida qisqa muddatli kredit beradi. Kredit mijozning hisob-kitob schyoti joylashgan bankdan beriladi. Boshqa banklarning mijozlariga kredit berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berilmaydi. Ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq muddatli moliyaviy nobarqarorlik, xo‘jasizlik va zararlarni qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklar, turli mashina va 39
mexanizmlar sotib olinadi, iste’molchilarning mablag‘lari yetarli bo‘lmaganida to‘lovni kechiktirib, tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Korxona kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: – Kredit ajratish to‘g‘risidagi ariza. Unda qarz oluvchining nomi, yuridik maqomi, joylashgan manzili, unga kredit hisob-kitob xizmati ko‘rsatuvchi bank muassasasi, kredit so‘rab, bankka murojaat qilishning sabablari, kreditdan qanday maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgani, so‘ralayotgan kredit summasi va uni qaytarish muddati ko‘rsatiladi. – Kredit buyurtmanomasi. Unda korxonaning faoliyat turlari va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, mavjud xususiy mablag‘lar, kreditni qaytarish kafolati, ishlab-chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlar, jumladan, debitorlik-kreditorlik qarzlari miqdori batafsil bayon qilinadi. – Texnik-iqtisodiy asoslash (biznes-reja). Unda olgan kredit hisobidan amalga oshirish mo‘ljallanayotgan sarf-xarajatlar ro‘yxati, zarurat tug‘ilganida esa, mahsulot shaklida ifoda qilinadigan taxminiy mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hajmi, bir dona mahsulot bahosi, ko‘rsatilgan xizmat haqi), rejalashtirilayotgan mahsulot sotish bozori, ishlab chiqarish quvvati, asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallarning mavjudligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, korxona tomonidan oxirgi hisobot sanasigacha bo‘lgan balans, zarurat tug‘ilganida esa boshqa sanalarga oid bo‘lgan va soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan balanslar ham taqdim etiladi. Oxirgi hisobot sanasiga tuzilgan balansda debitorlik-kreditorlik qarzlar batafsil bayon qilinishi hamda to‘lov muddatidan 90 va undan ortiq kun o‘tgan qarzlarni qiyoslash dalolatnomalari ilova qilingan bo‘lishi lozim. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling