O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. BANKDAGI MAXSUS SCHYOTLARDA BAJARILADIGAN PUL MUOMALALARINING HISOBI Akkreditiv
- Maxsus schyotlar
- 2.5. MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILAR BILAN HISOB-KITOBLARNI YURITISH
30
2.4. BANKDAGI MAXSUS SCHYOTLARDA BAJARILADIGAN PUL MUOMALALARINING HISOBI Akkreditiv – bu mol yetkazib beruvchi korxonaga xizmat qiluvchi bankning xaridor korxonaga xizmat qiluvchi bank tomonidan qarzni to‘lash haqidagi topshirig‘i. Hisob-kitobning akkreditiv shakli asosan shaharlararo hisob-kitoblarda qo‘llaniladi. Akkreditiv mol yetkazib beruvchi korxona joylashgan joydagi bankda joylashadi. Xaridor korxona o‘zining bankiga akkreditiv ochish haqida ariza topshiradi. Bank xaridor korxonaning ma’lum miqdordagi mablag‘ini deponentlashtiradi va bu haqida mol yetkazib beruvchi bankka ma’lum qiladi. Akkreditivni korxona o‘z mablag‘lari yoki bank qarzi hisobidan ajratishi mumkin. Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitob muomalalari amalga oshirilganda quyidagicha schyotlar aloqasi belgilanadi:
Maxsus schyotlarni korxona o‘z vakili orqali uzoq muddat ichida xo‘jalik faoliyatini qaysi ma’muriy hududda olib boradigan bo‘lsa o‘sha joyning bankida ochadi. Akkreditiv va maxsus schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblar 5510-«Akkreditivlar» degan schyotda hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi 3- jurnal orderda yuritiladi. Rejalik to‘lovlar – korxonalar orasida muttasil tovar-material qiymatliklar jo‘natilib yoki xizmatlar ko‘rsatilib turilsa, amalga oshiriladi. Rejali to‘lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi mol 31
yuboruvchining balansida 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» bunda «Rejali to‘lovlar hisob-kitobi» analitik schyotida yuritiladi. Analitik hisob 7 vedomostda har bir debetor bo‘yicha yuritilsa, olib borilsa, sintetik hisob 11-jurnal orderda yuritiladi. Cheklar bo‘yicha hisob-kitob bir shahar ichida amalga oshiriladi. Hisob-kitob cheki orqali schyot egasi o‘z schyotidan ma’lum summani chek olgan korxona schotiga o‘tkazish haqida ko‘rsatma beradi. Chek mol yetkazib beruvchi vakiliga berilgan kundan boshlab 10 kun davomida haqiqiy bo‘lib, so‘ngra o‘z kuchini yo‘qotadi. 5520-«Chek daftarchalari» schyoti bo‘yicha 3-jurnal order yuritiladi. Cheklar bo‘yicha muomalalarga quyidagicha schyotlar aloqasi beriladi.
2.5. MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILAR BILAN HISOB-KITOBLARNI YURITISH Korxonaning o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida yetkazib berilgan boyliklar, bajarilgan ishlar, olingan xizmatlar uchun boshqa korxonalar bilan o‘zaro pulli hisob-kitob munosabatlariga kirishadi. Hisob-kitoblar mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmat ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha bajarilgan majburiyatlar uchun keyin haq to‘lash yoki oldindan to‘lash tarzida amalga oshiriladi. Õalq xo‘jaligidagi hisob-kitoblar 32
shakllari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Uning belgilashicha, mulkning barcha shaklidagi korxo-nalarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha boshqa korxonalar bilan hisob-kitoblari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklar uchun jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, odatda, bank muassasalari orqali naqd pulsiz tartibida amalga oshirilishi lozim. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarni hisobga olishda 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» dan foydalaniladi. 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» passiv bo‘lib, uning kredit tomonida hisobot davri oxirida qolgan saldo korxonaning mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Kredit oboroti ushbu qarzning ko‘payishini, debet aylanmasi esa uning uzilishini anglatadi. Mol yetkazib beruvchilardan ishlab chiqarish zaxiralari sotib olinganida quyidagicha provodka beriladi: D-t 1010-1090, 1510. K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». Mol yetkazib beruvchining qarzi hisob-kitob schyotidan to‘langanida quyidagicha provodka beriladi: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». K-t 5110-«Hisob-kitob schoti». Ba’zi hollarda mol yetkazib beruvchining qarzi bank krediti hisobidan ham to‘lanishi mumkin: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». K-t 6810, 7810. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling