O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
ASOSIY VOSITALARNING INVENTARIZATSIYASINI HISOBGA OLISH
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.8. NOMODDIY AKTIVLARNING
- HISOBGA OLINISHI
4.7. ASOSIY VOSITALARNING INVENTARIZATSIYASINI HISOBGA OLISH
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, korxonalar o‘z aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishlari lozim. Inventarizatsiyaning maqsadi korxona asosiy vositalarining haqiqat-da borligini va sifat holatini aniqlash, texnik hujjatlar (transport, tavsifnoma, loyihalar)ni tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini oydinlashtirishdan iborat. Inventarizatsiya vaqtida ortiqcha chiqqan obyektlarga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Korxona, tashkilot va muassasalarda asosiy vositalarni inven-tarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMA va «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAga asoslanadi. «Buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq, asosiy vositalar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta yillik hisobot tuzishdan oldin o‘tkaziladi. Asosiy vositalar inventarizatsiyasi haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash texnik hujjatlarini tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash maqsadlarida o‘tkaziladi. Inventarizatsiyani 81
korxona rahbari buyrug‘i bilan tayinlangan inventarizatsiya komissiyasi o‘tkazadi va moddiy javobgar shaxs ishtirokida asosiy vositalar inven-tarizatsiya qilinadi. Olingan ma’lumotlar inventarizatsiya vedomostiga yozilib, buxgalteriyaga topshiriladi. Vedomost 2 nusxada tuzilib, komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi. Asosiy vositalar kamomadi yoki buzilishi aybdor shaxslar hisobidan qoplanadi. Agar aybdor shaxs aniqlanmagan bo‘lsa, u holda zararlar schotlarida quyidagicha aks ettiriladi:
Nomoddiy aktivlarga obyektlarni yuritish tartibi va ularning tarkibi 7-son BXMS ga muvofiq tartibga solinadi. Nomoddiy aktivlar – moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan xo‘jalik faoliyati uzoq muddat (1 yildan ortiq foydalanish yoki boshqarish uchun) nazorat qilinadigan obyektlardir. Nomoddiy aktivlar tarkibiga yer, suv va boshqa tabiat resurslaridan foydalanish huquqi, patentlar, nou-xau, gudvil (firma bahosi) korxonani tashkil qilish davrida vujudga keladigan tashkiliy xarajatlar, mualliflik huquqlari, sanoat namunalariga huquq, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va boshqa nomoddiy aktivlar kiradi. Nomod-diy aktivlar boshlang‘ich bahoda quyidagicha tartibda hisobga olinadi: Ta’sischilar tomonidan korxona ustav kapitaliga ularning qo‘yil-malari hisobiga kiritilsa, tomonlarning kelishuv bo‘yicha. 82
Haq to‘lash evaziga boshqa korxona va shaxslardan olinsa sotib olish va tayyor holatga keltirish bo‘yicha sarflangan haqiqiy xarajatlardan iborat. Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olinsa, eksport yo‘li bilan.
O‘z korxonasida ilmiy tadqiqot ishlari natijasida olingan bo‘lsa, haqiqiy tannarxi bo‘yicha. Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat: – nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruh-larga bo‘lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish; – nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga hamda me’yoriy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash; – korxonaga mavjud va kamyob tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi andozalariga va me’yoriy hujjatlarga asosan amor-tizatsiya hisoblash; – mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbi-larmonlik bilan samarali foydalanishni tashkil qilish; – eskirgan, xo‘jalik uchun oshiqcha bo‘lgan nomoddiy aktivlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash; – hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natija-larni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash. Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishni sodda-lashtirish maqsadida ularni turkumlab olish maqsadga muvofiq hisob-lanadi. Amaliyotda nomoddiy aktivlarning quyidagi turlari mavjud: Patentlar — korxona tomonidan muayyan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun foydalaniladigan, qonun bilan himoyalangan guvohnoma hisoblanadi. Patent korxona tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida sotib olinadi. Nou-xau — ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati davomida foyda keltiruvchi yangi texnologiyalardir. Uni ta’sischilar kelishuvida aniqlan-gan qiymat bo‘yicha korxona ustav kapitaliga ulush hisobida kiritish mumkin. Nou-xau texnik, tijorat, boshqaruv, moliya kabi xarakterdagi texnik bilim va amaliy xarakterdagi boshqa bilimlarni o‘z ichiga oladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling