O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 0.53 Mb.
bet37/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

4.5. ASOSIY VOSITALAR ESKIRISHINING


HISOBGA OLINISHI

Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida va tabiat kuchlari ta’sirida asta-sekin eskirib boradi. O‘zining qiymatini ishlab chiqa-rilayotgan mahsulot yoki bajarilayotgan ish qiymatiga sekin-asta o‘tkazadi. Ular ikki xil – jismoniy va ma’naviy eskiradi.



71


Obyektlarning foydalanish jarayonidagi eskirishi jismoniy eskirish deyiladi.

Yuqori mehnat unumdorligini ta’minlaydigan, tuzilishi jihatidan avval foydalanishda bo‘lgan eski obyektlar ularni jismoniy jihatdan to‘la eskirgunga qadar ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi. Bu ma’naviy eskirish deyiladi.


Asosiy mahsulotlarning mahsulot qiymatiga o‘tkazilgan qismi ularni qayta tiklash manbayi hisoblanadi.


Mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga o‘tkazib beriladigan asosiy vositalar eskirgan qismiining qiymati amortizatsiya ajratmalari deyiladi. Amortizatsiya summasi obyektning dastlabki qiymatini qayta tiklash va kapital ta’mir bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi lozim. Amortizatsiya summasi avval belgilangan me’yor asosida aniqlanadi.


Uy-joy, bino bo‘yicha amortizatsiya summasi faqat kapital ta’mir xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Yangi binolarni qurish bilan bog‘liq sarflar esa kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga binoan asosiy vositalarning amortizatsiya normalari quyidagicha belgilangan:





Asosiy vositalar guruhlari

Amortizatsiya




normasi



















1. Yengil avtomobillar, taksi, yo‘llarda foydalaniladigan avto-







traktor texnikasi, maxsus asbob-uskuna, inventar va jihoz-







lar, kompyuterlar, periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni







qayta ishlash uskunalari

20 foiz













2. Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avto-







tirkamalar, sanoatning barcha tarmoqlari, metall quyish korxo-







nasi uchun mashinalar va uskunalar, temirchilik-presslash







uskunalari, qurilish uskunalari, qishloq xo‘jalik mashinalari







va uskunalari, ofis uchun mebel

15 foiz













3. Temiryo‘l, dengiz, daryo va havo transporti vositalari,







kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar: issiqlik-texni-







ka uskunalari, turbina uskunalari, elektr dvigatellari va dizel







generatorlar, elektr uzatish va aloqa qurilmalari, truboprovodlar

8 foiz













4. Binolar, inshootlar va imoratlar

5 foiz













5. Boshqa guruhlarga kiritilmagan, amortizatsiya qilinadigan







aktivlar

10 foiz
















72

Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAga hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim.

Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:


– yer;

– mahsuldor hayvonlar, buqa va ho‘kizlar;

– kutubxona fondi;


– budjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik tashkilotlarning vositalari;


– belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan asosiy vositalar;


– to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.


Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar bo‘yicha amorti-zatsiya ajratmalarini ijaraga oluvchi o‘tkazadi. Qisqa muddatli ijarada esa amortizatsiya ajratmalarini ijaraga beruvchi hisoblaydi.


Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda asosiy vositani foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi:





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling