1000-«Materiallar» schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha aloqada bo‘ladi.
Kichik korxonalarda qabul qilingan va sarflangan materiallaming hisobi maxsus «Ro‘yxatga olish» vedomostlarida rasmiylashtiriladi. Materiallar xarajatlari to‘g‘risida ayrim korxonalarda har 10 kunda jdalolatnoma tuziladi va uni korxona rahbari tasdiqlaydi va barcha kirim, jchiqim jarayonlari bo‘yicha hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi.
1000-schyotining hisobi 2-vedomostda 5-jumal orderda yuritiladi.
KICHIK KORXONALARDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH HISOBI
Kichik korxonalarda ishchi va xizmatchilami ishga qabul qilish va bo'shatish korxonalar Ustavidan kelib chiqqan shartlar asosida yuritiladi.
Ishchi va xizmatchilar doimiy ishga mehnat shartnomasi bilan qabul qilinadi. Doimiy ishchi va xizmatchilarga kichik korxonalaming umumiy majlisida belgilangan oylik stavkalar yoki tarif setkasi bo‘yicha ijobiy rastsenka asosida ish haqi hisoblanadi.
Ish haqi hisobining analitik hisobi sanoat korxonalaridagidek tabel, naryad, raport asosida hisoblashish vedomostlarida yoki har bir xodimning ochilgan shaxsiy kartochkalarida uncha katta bo‘lmagan korxonalarda yillik jumallarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |