O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi
Download 2.16 Mb.
|
BUXG KITOBLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bevosita xarajatlar
- Bilvosita xarajatlar
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi
Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi: Asosiy xarajatlar. Ishlab chiqarishni tashkil etish va unga xizmat qilish bilan bog‘liq xarajatlar. Asosiy xarajatlarga mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bog‘liq xarajatlar kiradi. Masalan: texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan xomashyo, material, yordamchi material, yoqi!g‘i, elektr quvvati, ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilaming asosiy va qo'shimcha ish haqi hamda ijtimoiy sug‘urtaga qilinadigan ajratmalar va boshqa xarajatlar. Ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda unga xizmat qilish bilan bog'liq xarajatlarga umumiy ahamiyatdagi va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari kiradi. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda tannarxga o'tkazish nuqtayi nazaridan xarajatlar bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita (egri) xarajat- larga bo'linadi. Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to‘g‘ri o'tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Masalan: texnologik mahsulotlar uchun sarflangan xomashyo va asosiy materiallar, ishlab chiqarishda band bo'lgan ishchilaming asosiy mehnat haqi va boshqalar. Bilvosita xarajatlar deb, hisobot oyi davomida yig'ib taqsimlovchi schyotlarda hisobga olinib, tannarxni kalkulyatsiya qilishda mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko'rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan qo'shiladigan xarajatlarga aytiladi. Mahsulot hajmiga bog'liqliklar nuqtayi nazaridan xarajatlar 0‘zgaruvchan va shartli doimiy (o‘zgarmaydigan) xarajatlarga bo‘linadi. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra o'zgaruvchan xarajatlar asosiy xarajatlarga shartli-doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar esa ishlab chiqarishni tashkil qilish va unga xizmat qilish bilan bog‘liq xarajatlarga tenglashtiriladi. Xarajatlar tarkibi 0‘zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmatjlami ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da belgilab qo‘yilgan. Ushbu Nizomga muvofiq xarajatlar ikki guruhga bo'linib hisobga olinishi belgilangan: mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar. Asosiy faoliyatga doir xarajatlar KORXONA XARAJATLAM Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling