O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


Download 2.16 Mb.
bet35/98
Sana10.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1697143
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98
Bog'liq
BUXG KITOBLARI

T-l shakli - «Ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq». Unda xodimning kasbi, mansab va ish haqi ko‘rsatilib, kadrlar bo'limida bir nusxada to‘lg‘aziladi va mehnat daftarchasiga qayd qilinadi.
T-2 shakli - «Xodimning shaxsiy varaqasi». Kadrlar bo‘limi tomonidan har bir xodimga ayrim to'ldiriladi va xodim tomonidan imzo bilan tasdiqlanib keyingi o‘zgarishlar kiritilib boriladi.
T-3 shakli - «Boshqa ishga o'tkazilganligi to‘g‘risida buyruq». Xodimlar korxona ichida boshqa ishga o‘tkazilganda ikki nusxada to‘lg‘azib 1 nusxasi kadrlar bo'limida, 2-nusxasi buxgalteriyada saqlanadi.
T-6 shakli - «Ta’til berish to‘g‘risida yozuv». Har yilda va boshqa sabablar bilan ta’tilga chiqarishda qo'llaniladi va buxgalteriyaga ta’til haqini hisoblashga asos bo‘ladi. Agarda haq to'lanmaydigan ta’tilga chiqarilsa, buxgalteriya tomonidan xodimga haq hisoblanmaydi.
T-8 shakli - «Mehnat shartnomasi tugatilganligi to‘g‘risida buyruq». Bu buyruq xodimlar ishdan bo‘shatilganda bir nusxada yozilib, unga asosan kadrlar bo'limi mehnat daftarchasiga ko'chiradi va buxgalteriya hisob-kitob qiladi.
T-12 shakli - «Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish va ish haqi hisoblash tabeli». Bu xodimlaming ishga kelishini belgilaydi va shunga asosan ish haqi hisoblanadi.
T-13 shakli - «Ish vaqtini hisoblash tabeli». Bunda faqat xodim­laming ishga kelishi belgilanib boriladi.
Bulaming hammasi mas’ul shaxslar tomonidan imzolanib, bux- galteriyaga topshiriladi.

    1. ISHCHI VA XIZMATCHILAR BILAN HISOB- KITOBNING SINTETIK VA ANALITIK HISOB1

Ish haqi va ishlab chiqarish hisobi bo'yicha ishlab chiqarish sexlari, bo'linmalarida rasmiylashtirilgan boshlang'ich hujjatlar belgilangan muddatga buxgalteriyaga topshiriladi va ular qayta ishlangandan so‘ng xodimlar toifalari va tabel raqamlari bo‘yicha guruhlanadi. Guruhlangan hujjatlardagi ma’lumotlar ishchi yoki xodimning ish haqini hisoblash shaxsiy varaqasiga yozib boriladi. Keyinchalik o‘sha varaqdagi ma’lu- motlardan ish haqini hisoblash vedomostida foydalaniladi. Bu vedomostda ishchi va xizmatchilarga ish haqi va undan ushlab qolina- digan summalar aks ettiriladi. Vedomost har bir sex bo‘linmalaridagi xodimlaming toifalari bo'yicha alohida tuziladi.
Hisobot oyining birinchi yarmida ish haqining ma’lum qismi bo'nak tariqasida beriladi. Ish haqini hisoblash vedomostida ishchi va xizmatchilar ishlab chiqarilgan mahsulot soni, sifati, ishchining ishlagan vaqtiga qarab hisoblangan ish haqi, ushlab qolingan soliqlar hamda berilishi lozim bo'lgan ish haqi miqdori ko'rsatiladi. Ayrim korxonalarda esa aksincha, ish haqini hisoblash vedomosti bilan to‘lov vedomosti alohida hisob registrlarida hisoblanib, bunday vaqtlarda to'lov vedomostidan ish haqi to'lashda foydalaniladi. Ish haqini hisoblash - to'lov vedomosti korxonalarida avvaldan tayyorlanib qo'yiladi. Buning uchun ish haqini hisoblash byurosi operatorlari vedomostida xodim­laming ismi-shariflarini, razryadlarini, tabel raqamlarini va boshqa ma’lumotlami qayd qiladi.
Hisobot oyi tugashi bilan ish haqi hujjatlar asosida hisoblanib, vedomostga yoziladi.
Korxona ro'yxatidagi va ro‘yxatda bo'lmagan xodimlarga mehnat haqi hisoblash, mehnat haqining hamma turlari - mukofot, yordam puli, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya, aktsiya va boshqa qimmatbaho qog'ozlar bo'yicha daromadlami to‘lash passiv 6710 — «Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar» schotida hisobga olinadi.
Schyotning kreditida hisoblangan mehnat haqi, kasallik varaqalari bo'yicha nafaqalar, pensiyalar, ta’til summalari, debetida esa qonunda belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolishlar va mehnat haqining kassadan berilishi aks ettiriladi.
6710 - schyotidagi aloqalar quyidagicha aks ettiriladi:




Muomalalar mazmuni

Schyotlar aloqasi

t/r







D

К

1

Ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi hisoblandi: a) asosiy va yordamchi ishlab chiqarish ishchilariga

2010










2310

6710




b) umumishlab chiqarish, boshqaruv va

2510







xizmat ko'rsatuvchi xo'jalik xodimlariga

9420










2710

6710




c) yaroqsiz mahsulotni tuzatish bilan bog'liq bo'lgan ishchilarga

2610

6710




d) xodimlarga mukofotlar hisoblandi

9430

6710

2

Xodimlaming mehnat haqidan ushlab qolindi:










a) daromad solig‘i ushlandi

6710

6410




b) ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar ushlandi

6710

6520




c) hisobdor shaxslardan qaytarilmagan bo'nak summasi ushlandi

6710

4220




d) aybdor shaxslardan kamomad summasi ushlandi

6710

4730




6700-schyotning kredit operatsiyalari 10-jumal orderda, debetli operatsiyalar 7-vedomostda aks ettiriladi. Kreditli oy oxiridagi qoldiq summasi korxonaning ishchi va xizmatchilariga bo‘lgan qarzini bildiradi.



    1. ISHCHILARNING MEHNAT TA’TILI VAQTIGA ZAXIRA QILINADIGAN SUMMALARNI HISOBGA OLISH

Odatda, korxonalarda ishchilaming yil davomida mehnat ta’tiliga chiqish oralig‘i bir tekis kechmaydi, ya’ni yilning qish oylariga qaraganda yozda mehnat ta’tiliga chiqish ko’proq bo’ladi. Ishlab chiqarilgan mah- sulot tannarxini to‘g‘ri belgilash uchun ishchilaming mehnat ta’tili vaq- tida to‘lanadigan ish haqining hisob-kitobi buxgalteriya schyotlarida aks ettiriladi.
Ishchilarga mehnat ta’tiliga to’lanadigan ish haqini tannarxga yil davomida bir tekis o’tkazishni ta’minlash uchun har oyda ma’lum mablag‘ zaxira qilib boriladi.
Korxonaning kelgusi davr to’lovlari sifatida tavsiflanuvchi ushbu zaxira summasi ishchilarga har oyda amalda hisoblangan ish haqiga nisbatan ma’lum foiz miqdorida tashkil qilinadi va schyotlarda quyidagi- cha aks ettiriladi:
D-t2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.
K-t2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti.
8910-«Kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar zaxirasi» schyoti- ning krediti bo’yicha qoldiq foydalanilmagan zaxira summasini ko'rsatadi. ba’zan ishchilarga mehnat ta’tili vaqtiga haqiqatdan hisob­langan ish haqi foydalanilmagan zaxira summasidan oshib ketib, 8910- schyot debet tomonida qoldiq hosil bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zaxira tashkil etilganida bux- galteriyada quyidagilar qayd qilinadi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari.
K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi».
Ishchilarga mehnat ta’tili uchun ish haqi hisoblanganida quyida- gicha pro vodka beriladi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi».
K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar».
Bunday hollarda ushbu schyot debet tomonining qoldig’i balans tuzilgan vaqtda 3100-«Kelgusi davr xarajatlari hisobi» schyoti qoldig’iga qo’shilib balansda aks ettiriladi.


    1. Download 2.16 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling