O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


Gudvill (firma bahosi)da korxonaga sotib olingandagi buxgalteriya provodkasini aniqlang


Download 2.16 Mb.
bet33/98
Sana10.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1697143
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
Bog'liq
BUXG KITOBLARI

Gudvill (firma bahosi)da korxonaga sotib olingandagi buxgalteriya provodkasini aniqlang.

  1. D-t 0490 K-t 0830

  2. D-t 9320 K-t 0990

  3. D-t 0440 K-t 6890

  4. D-t 0510 K-t 9220

BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN
AMALIY MASHG‘ULOT


1-t о p s h i г i q.
Asosiy vositalar hisobiga oid xo‘jalik muomalalarini ro'yxatga olish



Muomalalar mazmuni

Summa

D-t

K-t

1

Korxonaga ishlab chiqarish stanoklari sotib olindi

15000000







2

Ta’sischilar ulush sifatida korxona binosini topshirdi

45800000







3

Ishlab chiqarish stanoklarini o'matish uchun xarajat sarflandi

125000







4

Korxona ofis uchun mebellar sotib oldi

33690000







5

Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga eski- rish amortizatsiya hisoblandi

247000







6

Ofis binosi va mebellariga eskirish amortizatsiya hisoblandi

198000




/

7

Foydalanish muddati tugagan asosiy vositalar hisobdan chiqarildi

26870







8

Korxona o‘z tassarufidagi ishlab chiqarish stanokla­rini sotdi

6740000







9

Ishlab chiqarish stanoklarining eskirish amortizatsiya qiymati hisobdan chiqarildi

4580000







10

Asosiy vositalami sotishdan olingan foyda moliya- viy natijaga o'tkazildi

211000







11

Asosiy vositani qayta baholashdan ko'rilgan zarar zaxira kapitali hisobidan qoplandi

75410







12

Umumishlab chiqarishda foydalanilgan transport vositalariga eskirish amortizatsiya hisoblandi

86000










Quyidagilami bajarish talab etiladi:


1. Xo'jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing.
2-t о p s h i г i q.
«Imkoniyat» korxonasida mavjud ishlab chiqarish mashinasi eskirishini hisoblang. Asosiy vositaning balans qiiymati 48000000 so‘m. Tugatish qiymati
taxminan 8% qilib belgilangan. Xizmat muddati 15 yil. To'g'ri chiziqli va kamayib boruvchi qoldiqli usulda amortizatsiyani hisoblang.

Yillar

Balans
qiymati

Yillik amortizatsiya summasi

Jamg‘arilgan
amortizatsiya

Qoldiq
qiymati

1-yil













2-yil













3-yil













4-yil













5-yil



















  1. BO‘LIM

MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISH

  1. MEHNAT VA ISH HAQENI HISOBGA OLISHNING ASOSIY VAZIFALARI

Hozirgi xo'jalik yuritish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining bosh vazifasi turmush farovonligini yanada ko‘tarish, ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy o‘sib borish, xalq xo'jaligini jadal rivojlantirish yo‘li bilan mehnat unumdorligini oshirish, miUiy daromadni o‘stirishdan iborat. Mehnat va ish haqini hisoblash, hisob ishlarining aniq va tezkor ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonini o‘zgartirish, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Mehnat va ish haqi hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish. ,

  2. Sarflangan mehnat yoki ishlab chiqilgan mahsulotni tegishli hujjat- larda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish.

  3. Hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash.

  4. Ish haqi va mehnatga haq to'lashning ilg‘or usullarini amalga oshirish.

  5. Mehnatga haq to‘lash fondining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.

Xodimlar bajaradigan ish turlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Ishchilar.

  2. Xizmatchilar.

Xizmatchilar o‘z navbatida quyidagi darajalarga bo‘linadi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqalar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlami yaratish, tuzatish, yuklami ko'chirish, yo'lovchilar tashish, bevosita moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga esa rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar taalluqlidir.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida rahbar- lik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o‘rinbosarlari,
bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.
Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy hamda muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo'lgan xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlami tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xo'jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kas- sirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.

  1. MEHNATGA HAQ TO‘LASH SHAKLLARI, ISH HAQI FONDI VA UNING TARKIBI

Xalq xo'jaligida ishchi mehnatiga tarif tizimi asosida sarflangan mehnat miqdori va sifatiga muvofiq haq to’lanadi.
Tarif tizimi - tarif malaka ma’lumotnomasi, tarif setkasi va tarif stavkasi kabi tushunchalami o‘z ichiga oladi. Korxonada ishchilaming ishlab chiqarish tavsifi tarif-malaka ma’lumotnomasida keltiriladi. Ushbu hujjat ishchilar malakasini aniqlash va ularga razryad belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tarif setkasi - razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan koeffitsientlari ko‘rsatilgan hujjatdir. Hamma korxonalarda birinchi razryadning tarif koeffitsienti 1 ga teng bo‘lib, razryad ortgan sari tarif koeffitsienti ham ortib boradi.
Tarif stavkasi - ishchining razryadiga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi (kun, soat) uchun to'lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda, tarif stavkasi 1-razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar tarif koeffitsientiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ish haqi ikki shakldan iborat:

  1. Ishbay.

  2. Vaqtbay.

Amalda ishbay ish haqi shaklining oddiy, mukofot va akkord tizimlari qo‘llaniladi.
Oddiy ishbay - ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko’paytirish yo‘li bilan ish haqi aniqlanadi.
Ishbay mukofot shaklida ishchi asosiy ish haqidan tashqari ma’lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishganligi uchun mukofot oladi. Ishbay ish haqining shu tizimi amalda keng qo’llaniladi.
Ishbay akkord shaklida ish haqi summasi ishlab chiqarilishi lozim
bo'lgan ish uchun belgilanadi. Ishbay akkord tizimi asosan, ma’muriy ishlami hamda ayrim buyurtmalami bajarishda qo‘llaniladi.
Ish haqining vaqtbay shaklida mehnatga haq xodimning ishlagan vaqti va malakasiga qarab to‘lanadi. Amalda vaqtbay ish haqining oddiy va mukofot shakllarida qo'llaniladi.
Oddiy vaqtbay shaklida muhandis texnik xodimlar, xizmatchilar amaldagi ishlagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida haq olishadi. Vaqtida ish haqi ishchilar mehnatiga haq ulaming ishlagan vaqti va tarif stavkalari asosida aniqlanadi.
Vaqtbay mukofot shaklida asosiy ish haqidan tashqari mukofot to'lanadi. Rahbar, muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar mehnati uchun oylik belgilangan oklad asosida to'lanadi. Hisobot oyidagi hamma ish kunini to'liq ishlagan bu toifadagi xodimlar mehnati oylik okladi miqdorida to'lanadi. Agar xodim hamma ish kunida to'liq ishlamagan bo'lsa, u holda uning mehnatiga haq ishlagan vaqti va oylik oklad asosida hisoblanadi.
Ish haqi o'z tarkibiga ko'ra ikkiga bo'linadi:

  1. Asosiy ish haqi.

  2. Qo'shimcha ish haqi. '

Asosiy ish haqi deyilganda ishchi va xizmatchilaming ishlagan
vaqti uchun amaldagi qonun-qoidalariga muvofiq to'lanadigan haq tushuniladi. Masalan: mehnat ta’tili uchun 18 yoshga to'lmagan o'smirlaming ishlamagan soati uchun, davlat fermer ishlari bilan band bo'lgani uchun to'lanadigan haq va boshqalar.
Korxona xodimlarining asosiy va qo'shimcha hamda ro'yxatda bo'lmagan xodimlar ish haqi mehnatga haq to'lash fondini tashkil qiladi.
Unga quyidagilar kiradi.

  1. Korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnatga haq to'lash shakllari va tizimlariga muvofiq hisoblangan ish haqi.

  2. Ish haqi berilishida berilgan mahsulot qiymati. 1

  3. Tarif stavkalari va okladlariga qo'shimchalar.

  4. Mukofotlar.

  5. Korxona shtatida bo'lmagan xodimlar mehnat haqi.

  6. Mehnat ta’tiliga to'lanadigan haq va boshqalar.

Pul to'lovlari va rag'batlantirishga quyidagilar kiradi:

  1. Yillik ish yakunlari bo'yicha rag'batlantirish.

  2. Muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganligi uchun rag'batlantirish.

  3. Korxonalardan o'qishga yuborilgan talabalarga stipendiya.

  4. Davolanish uchun beriladigan yo'nalishlar qiymati.

  5. Mehnat fermerlari aksiyalari uchun to‘lanadigan daromadlar va boshqalar.


Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling