Haqi hisobi reja: Mehnat ta’tili hamda kasallik


Download 21.06 Kb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi21.06 Kb.
#1197568
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi 3-ma\'ruza (1)


6-MAVZU: MEHNAT VA ISH HAQI HISOBI

REJA:


  1. Mehnat ta’tili hamda kasallik varaqasi bo‘yicha haq to‘lash

  2. Ish haqidan ajratma va to‘lovlar hisobi



Tayanch so’z va iboralar: mehnat va ish haqi hisobi, mehnatni normalash, xodimlarga doir hujjatlar, ish haqini hisoblash uchun hujjatlar, mehnat shartnomasi, deponentlashtirilgan ish haqi ish haqidan ushlab qolinadigan ushlanmalar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, mehnat ta’tili

1. Mehnat ta’tili hamda kasallik varaqasi bo‘yicha haq to‘lash
Ishlab chiqarishning mavsum davomida bir tekisda davom etmasligi hamda boshqa holatlar (ko‘pchilik ishlovchilar yoz oylarida ta’tilga ketadi) munosabati bilan ishchilarga mehnat ta’tili bir maromda berilmaydi. Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini tugrn aniqlash uchun yil davomida ta’tillarga haq to‘lash bo‘yicha harajatlarni bir maromda kiritib borishni ta’minlash zarur. Shu boisdan mehnat ta’tili vaqtiga to‘lanadigan ish haqi harajatlarini har oyda mahsulot tannarxiga belgilangan mivdorda kiritib borish zarur. Buning uchun mehnat ta’tiliga to‘lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yil davomida bir maromda utkazilishini ta’minlash uchun har oyda ma’lum miqdordagi mablag korxona tomonidan zaxira kilib borilishi kerak
Zaxira summasi buxgalteriya hisobida 8910-«Kelgusi davr harajatlari va to‘lovlarv rezervi» hisobvarag‘ida hisobga olib boriladi. Ushbu hisobvaraq passiv bulib, u bo‘yicha saldo foydalanilmagan zaxira summasini aks ettiradi. Debet bo‘yicha oborot - zaxiradaya ishchilarga mehnat ta’tili bo‘yicha haq to‘lashni, kredit bo‘yicha oborot esa - korxona hara-jatlariga kiritish Hiobigas har oyda yaratiladigan zaxira summasini tavsiflaydi.
Ishlab chiqarish harajatlari hiobigas zaxira tashkil etilganida buxgalteriya quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t Ishlab chiqarish harajatlari hisobvaraqlari K-t 8910-«Kelgusi davr harajatlari va to‘lovlari rezervi».
Ishchilarga mehnat ta’tili vaqtida ish haqi hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 8910-«Kelgusi davr harajatlari va to‘lovlari rezervi» K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishishlar».
Misol. № 173 Qarorga muvofiq xodim Karimov Iskandarga «mart oyida 24 kun muddatga ta’til berildi.
Xodimning shaxsiy varakasida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
-2002 yil 1 yanvarida xodimning oylik maoshi _400000 sum kilib belgilangan. 2001 ysh
xodimning oyligi 350000 sumni tashkil etgan;
- shu muddat davomida olgan mukofot summasi 120000 sumni tashkil etgan,
- xodimga 25000 0sum moddiy yordam berilgan; dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun 400000 sum qo‘shimcha haq olgan; yil oxirida aksiya bo‘yicha 1750000 sum dividend olgan; kasallik varakasi bo‘yicha 209000 sum ish haqi olgan.
Korxona xodimi Karimov Iskandarga 24 ish kuni uchun ta’til haqi hisoblaymiz:

  1. mehnat ta’tili bo‘yicha haq hisoblashish uchun yil bo‘yicha jami olgan ish haqisish

  2. Hisoblaymiz:

(350000*9)+(400000*2)=3150000+800000=3950000 sum.
120000 sum mukofot, 400000 sum qo‘shimcha haq va 209000 so‘m kasallik varakasi bo‘yicha haq
Jami4679000 sum (3950000+120000+400000+209000).

  1. O‘rtacha oylik ish haqi 389917 sum (4679000/12).

  2. Kunlik ish haqi 15351so‘m (389917/25,4) demak ta’til haqi 368424 sum (15351*24). ta’tiliga haq hisoblanganida buxgalteriya hisobda quyidagicha provodka beriladi:

  3. D-t 8910-«,Kelgusi davr harajatlari va to‘lovlari rezervi sum 368424 K-t 6710-«Xsdimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishishlar»- 368424sum.Korxona ishchi va boshqa xodimlari kasal bulib kolganida krtish to‘g‘risida varaka-byulleten nafaka hisoblashish uchun asos bo‘ladi. nafaqa miqdori kasal bo‘lishidan ilgari ishlagan _ish haqi, kasallik davom etadi va mehnat stajiga bog‘liq- Ish staji 5 yilgacha bo‘lganda ish haqining - 60 foizi, 5 yilldan 8 yilgacha - 80 foizi, 8 yildan ortik bo‘lsa - 100 foizi hisoblanadi.

Ish stajidan qat’iy nazar, ish haqining 100 foizi hajmida nafakalar xomila-rlik va tugish bo‘yicha, ishlab chiqarish jaroxati va kasb kasalligi bo‘yicha, 18 yoshgacha 3 )lasi bor bo‘lgan ishchilarga va urush nogironlariga tulanadi. Ish haqi summasiga gimoiy sugurta ajratmalari Hisoblanadigan barcha ish haqi, qo‘shimcha haq va to‘lovlar >ir martalik beriladigan mukofotlardan tanshchari) kiritiladi.
Misol. Ishchi 2001 yil oktyabr oyida 5 kun kasal bo‘lgan. Bu to‘g‘rida tibbiyot muassasasidan berilgan mehnat qobiliyatini yuqotish to‘g‘risidagi varaqa va tabelda yozuvlar bor. Uzluksiz ish staji-7 yil.
Uning avvalgi oydagi ish haqisi quyidagicha bo‘lgan: Ishbay-15000 sum; Vaqtbay - 2000 sum; Oldingi yilning o‘rtacha oylik mukofot summasi - 1300 sum.
Mehnat kobiliyatini yo‘qotganlik nafakasini hisoblashish uchun o‘rtacha oylik xaq 18300 sh (15000+2000+1300). Oktyabr oyida 22 ish kuni mavjud. O‘rtacha kunlik ish haqi 831,8 (18300/22)ni tashkil qiladi. Ish staji va kasal bo‘lgan kunlarni Hisobga olgan holda afaka 3327,2 sum (831,8*5*0,8)ni tashkil etadi.
Ushbu muomalaga Hisobda quyidagicha provodka beriladi: 1-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar»-3327,2 ming sum, K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishishlar»- 3327,2 ming sum.


Download 21.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling