O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Mavzu: Olam tuzilishi haqida zamonaviy tasavvurlar ularning dunyoqarashlari va ekologik aspektlari
Download 1 Mb.
|
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy astronomiya va kosmosni ozlashtirishning ahamiyati.
- Nazorat savollari
Mavzu: Olam tuzilishi haqida zamonaviy tasavvurlar ularning dunyoqarashlari va ekologik aspektlari.
Reja: Zamonaviy astronomiya va kosmosni o'zlashtirishning ahamiyati. Tayanch so’z va iboralar: Toshkent astronomiya Instituti, Ulug’bek nomli xalqaro kenglik stansiyasi, kosmosni o’zlashtirish, xalqaro kosmik stansiya, kosmonavtika vazifalari, planetamizning ekologik muomolari, “Quyosh fabrikasi. Zamonaviy astronomiya va kosmosni o'zlashtirishning ahamiyati. Ayni paytda mamlakatimizda ham yirik astronomik markazlar — Toshkent astronomiya institutiva lining Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Ulug'bek nomli Xalqaro kengiik stansiyasi va Qamashi tumanida Maydanak Balandtog' observatoriyalar kompleksi filiallari faol ishlamoqda (5- rasm). Mazkur ilmiy dargohlarda bir qator taniqli o'zbek olimlari astronomiya va astrofizika muammolari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Shuningdek, insonning kosmosni o'zlashtirish bilan bogiiq faoliyati unga ona planetamiz - Yerning geologik boyliklarini, tabiati va iqlimini o'rganishga katta imkoniyatlar yaratadi. Inson Koinotdan Yerga nazar solib, uning naqadar mitti, noyob va go'zal qarorgoh ekanligini angladi. Shu bilan birga bu nazar orqali u, planetamiz hayotiga tahdid solayotgan ekologik, energetik va demografik miiammolarni ham butun bo4y-basti bilan ko'ra oldi. Oxirgi o'n yillar ichida kos-monavtikaning taraqqiyoti, insonga Yerdagi bu muam-molarni bartaraf qilishning yo'1-yo'riqlarini ko'rsatib-gina qolmay, bu ishda kos-monavtikaniiTg o'zi ham aktiv ishtirok etishi mumkiniigini ma'lum qildi. Xususan, Yerda energetik inqirozning oldini olish uchun, Quyosh ener-giyasidan foydalanish imkonini bemvchi yirik kosmik inshootlaming loyihalarini, demografik halokatdan qutulish uchun esa, Yer atrofi zonasini «o'zlashti-rish»ning, kosmik «mustamlakalar» qurishning rejalarini, tola hisob-kitobi bilan dunyo olimlari oldiga tashladi. Ayniqsa, Yerdagi hayotga tahdid solayotgan ekologik muammolarning oldini olishda insoniyat kosmonavtikaning yordamiga katta ehtiyoj sezadi. Ayni paytda o'nlab rivojlangan mamlakatlar hamkorligida quri-layotgan Xalqaro kosmik stansiya (XKS) kelajakda qurilishi mo'ljal-lanayotgan «kosmik shaharlarning» dastlabki namunalaridan hisoblanadi. Kosmosni o'zlashtirish bilan bog'liq barcha tadqiqotlar sivilizatsiyamiz ijtimoiy hayotiga radioelektronikaning rivojlamshi qanday ijobiy ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, shunday foydali ta'sir ko'rsa-tib, uning bugungi muammolarini hai qilishda juda katta xizmat qilishiga hech qanday shubha yo'q! Faqat kosmik texnikagina insonga, uning uyi hisoblanmish - Yerga tashqaridan qarab, planetamizning, shoir A.Oripov iborasi bilan aytganda, «kichik bir soqqa» ekanligini, mashhur sayyoh-olim T.Xeyerdal aytgani-dek, achchiq va zaharli dud-chiqindilarni dhiqarib yuborish uchun «mo'risining yo'qligini» va shu tufayli uning tabiiy qaziJma boy-liklari, biz o'ylagancha bitmas-tuganmas emasligini anglashga imkon beradi. Binobarin, tabiat boyliklaridan katta tejamkorlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozimligini uqtiradi. Kosmosdan turib Yerning biologik sferasining holati bilan tanishish, uning tabiiy resurslarini, o'rmon va qishloq xo'jaligi yer maydonlarini o'rganish — kosmonavtikaning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur yo'nalishlar bo'yicha ishlar planetamiz ekologik muammolarini bartaraf qilishda muhim aha-miyat kasb etib, kelgusida raketa va kosmik texnika yordamida, planetamiz bag'rida ko'payayotgan hamda qayta islilatib bo'lmay-digan zaharli va radioaktiv chiqindilarni Yerdan tashqariga uloqtirib tashlashni rejalashtiradi. Kosmonavlika, yaqin o'n yillar ichida, kosmosda yirik energetik qurilmalarni, xomashyo resurslarini ishlab chiqarish komplekslarini joylashtirish bo'yicha ishlarni ham mo'l-jallamoqda. Bularning barchasi kelajakda kosmik fazo, birinchi navbatda Yer atrofi zonasi inson yashaydigan va faoliyat ko'rsa-tadigan muhitga aylantirilishldan darak beradi. Yaqin kosmosiii inson manfaati uchun xizmat qiladigan muhitga aylantirilishi, boshqacha aytganda, kosmosni ekologizatsiyalashtirish, ayni paytda ekologik inqiroziar global masshtabda qamrab kelayotgan planeta-mizni ularning halokatli oqibatlaridan qutqarish borasida inson ко'rsatayotgan muhim faoliyatlaridan hisoblanadi. Xususan, bugun orbital stansiyalarda o'ta toza metall qotishma-larini olish, noyob kristallarni o'stirish, yuqori sifatli yangi qotish-malar va toza dorivor preparatlarni tayyorlash ishlari bo'yicha juda ko'p sonli eksperimentlar o'tkazilayotganligi barchamizga ma'lum. Xalq xo'jaligi uchun zarurbo'lgan ko'plab matcriallarni ishlab chiqarishda kelaiakda Oyning va ayrim aslcroidlaming tarkibiy materiallaridan foydalanish bo'yicha ham katta ishlar rejalash-tirilmoqda. Aynan shu maqsadlarni ko'zlab, dunyo olimlari tomo-nidan yaratilgan Oyda aholi yashaydigan va ishlaydigan stansiya-larning loyihalari butun dunyo jamoatchiligi davralarida muhokama qilinmoqda. Sluiningdek, Yer atrofi fazosida eng yirik qurilmalarni (AQSH ning Prinston universiteti olimlari tomonidan yaratilgan «Quyosh fabrikasi»ni) ishga lushirish bo'yicha ham real hujjat-larning tayyorlanayotganligi, kelgusida insoniyatni energetik va demografik halokatdan xalos qilish kabi muhim gumanitar maqsadlarni ko'zda tutadi. Nazorat savollari : 1.O'zbekiston hududidagi astronomik markazlar, hozirgi davrda qayerlarda joylashgan? 2. Kosmosni o'zlaslitirishning ahamiyati nimada ? 3.Yaqin kelajakda kosmosni o'zlashtirishning istiqbollari haqida nimalarni bilasiz ? 4. Kosmosni o'zlashtirish insoniyatni qanday ekologik muammolardan xalos qilishda yordami tegishi mumkin, deb o'ylaysiz ? Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling