O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Astronomiyada uzunlik birliklari


Download 1 Mb.
bet7/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Astronomiyada uzunlik birliklari.

Astronomiyada uzunlikni halqaro sistemasida qabul qilingan birlikda (metrlarda) ifodalash har doim ham qulay bo’lmay, katta qiyinchiliklar bilan kechadi. Shuning uchun xam astronomiyada uzunlik, uning mavjud birliklaridan tashqari yana quyidagi mahsus birliklar bilan ham o’lchanadi:


1. Astronomik birlik (a. b. ) - Quyoshdan Yergacha bo’lgan o’rtacha masofa - 149, 6 million kilometrga teng. Bu birlikdan, asosan Quyosh sistemasidagi osmon jismlarigacha (sayyoralar, kometalar, Oy va boshqalar) bo’lgan masofalarni ifodalashda foydalaniladi.
2. Yorug’lik yili (yo. y. ) - yorug’likning bir yilda o’tgan yo’li bilan harakterlanadi, ya’ni 365, 2422243600300000 km=9, 461012 km yoki 63240 a. b.
3. Parsek (pk) - “parallaks” va “sekund” so’zlaridan olingan bo’lib, yillik parallaksi 1 ga teng bo’lgan yoritgichgacha masofani ifodalaydi.
1pk=3, 26 yo. y. =206265 a. b. =30, 861012km.
Odatda uzunlikning yorug’lik yili, parsek, kiloparsek (1000 pk) va megaparsek (Mpk=106 pk) birliklari, Quyosh sistemasidan tashqaridagi osmon jismlarigacha (yulduzlar, yulduz to’dalari, tumanliklar va hokazo) masofalarini, shuningdek tashqi galaktikalar, galaktik to’dalarning o’lchamlarini va ularning orasidagi masofalarni o’lchashda ishlatiladi.


Osmon koordinatalari


Yer sirtida ma’lum bir shaharning o’rni anik geografik koordinatalar -uzunlama va -kenglama bilan harakterlangani kabi, osmondagi yoritgichlarning o’rni ham qabul qilingan ma’lum koordinata sistemasining koordinatalari bilan belgilanadi.
Ekvatorial koordinatalar sistemasi deyiluvchi sistemada yoritgichlarning o’rni ikkita - to’g’ri chikish  (alfa) va og’ish  (delta) deb ataluvchi koordinatalar bilan belgilanadi.
Bunda xisob boshi qilib, shartli ravishda, ekliptika bilan osmon ekvatorining kesishgan - baxorgi tengkunlik nuqtasi -  olinadi (16-rasm).
Ihtiyoriy M yoritgichning to’g’ri chiqishini topish uchun undan yarim og’ish aylanasi o’tkazilib, uning osmon ekvator bilan kesishgan nuqtasi K topiladi. K nuqtaning baxorgi tengkunlik nuqtasidan yoy uzoqligi M yoritgichning to’g’ri chiqishini harakterlaydi, ya’ni: = K.
Bu yoy, sfera markazi (O) dagi kuzatuvchi uchun markaziy OK burchak bilan o’lchanadi.
M yoritgichning ikkinchi koordinatasi - og’ish () esa, K nuqtadan og’ish aylanasi bo’ylab yoritgichgacha bo’lgan yoy (KM) bilan o’lchanadi (16 va 17 rasmlar).
Markazdagi kuzatuvchi uchun bu yoy unga tiralgan markaziy burchak bilan o’lchanadi, ya’ni m=KM=KOM.
Yoritgichning to’g’ri chiqishi, odatda osmonning sutkalik aylanishiga qarama-qarshi yo’nalishda o’lchanib, soat, minut, sekundlarda ifodalanadi. O’lchanish chegarasi 0 soatdan 24 soatgacha bo’ladi. Yoritgichlarning og’ishi esa, yoy graduslari, minutlari va sekundlarida o’lchanib, 0 gradusdan  90 gradusgacha (minus ishorasi janubiy yarim shardagi yoritgichlar uchun) o’lchanadi. Yulduz haritalarini tuzishda aynan shu koordinatalar asos qilib olinadi.
Ekvatorial koordinatalar sistemasida yoritgichlarning koordinatalardan yana biri soat burchagi (t) deyilib, osmon meridianning janubiy qismi bilan osmon ekvatorining kesishgan nuqtasi (Q) dan to yoritgachdan o’tgan og’ish aylanasining ekvator bilan kesishgan nuqtasi (K) gacha bo’lgan yoy (QK) yoki markaziy burchak QOK bilan o’lchanadi. Yoritgichning soat burchagi t ham soat, minut va sekundlarda o’lchanadi. O’lchanish chegarasi 0 soatdan  12 soatgacha, yoki ba’zan 0 soatdan 24 soatgacha bo’ladi.
Vaqt bo’yicha soatlar, minutlar va sekundlarda ifodalangan ma’lum burchak (yohud yoyni) yoy graduslari, minutlari va sekundlariga (yoki aksincha) o’tkazishda ushbu jadvaldan foydalaniladi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling