O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Download 0.65 Mb.
bet29/79
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#220965
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Bog'liq
Learn English

Compound sentences
Qo’shma gaplar butun bir murakkab fikrni ifodalovchi ikki yoki undan ortiq soda gaplardan iborat bo’ladi. Qo’shma gaplar ikki xil bo’ladi: bog’langan qo’shma gaplar ( compound sentences), ergashgan qo’shma gaplar ( complex sentences).
1. Bog’langan qo’shma gaplar teng huquqli, bir-biriga tobe bo’lmagan soda gaplardan iborat bo’ladi. Qo’shma gap tarkibiga kiruvchi soda gaplar bog’lovchilar yordamida bog’lanadi va ular odatda, vergul bilan ajratiladi:
The signal was given, and the steamer moved slowly from the dock.

Signal berildi, paraxod dokdan sekin jo’nadi.
2. Qo’shma gaplarda bir nechta soda gaplar bog’lovchisiz ham bog’lanishi mumkin. Bunda ular bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi:
He will return from London in May; his sister will stay there another month.

U Londondan may oyida qaytib keladi; uning singlisi u yerda yana biro y qoladi.
Ergashgan qo’shma gap
1. Ergashgan qo’shma gap teng bo’lmagan, bir gap ikkinchisiga tobe bo’lgan gaplardan iborat bo’ladi.Bunday gaplarda ergash gap ( the subordinate clause ) bosh gapni ( the principle clause) izohlab keladi. Ergash gap bosh gap bilan bog’lovchi va bog’lovchi so’zlar yordamida bog’lanadi. Ergash gap bosh gap bilan bog;lovchisiz ham ishlatiladi.
Ergash gaplarning turlari

Ergash gaplar qo’shma gapda bitta gap bo’lagi vazifasini bajarib keladi. Tilimizda nechta gap bo’lagi bo’lsa, shuncha ergash gaplar mavjud.




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling