Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 403-guruh talabasi Qudratova Gulnozaning ona tili va bolalar adabiyoti


Download 0.8 Mb.
Sana17.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1205020
Bog'liq
Qudratova Gulnoza ona tili va bolalar adabiyoti


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 403-guruh talabasi Qudratova Gulnozaning ona tili va bolalar adabiyoti
Mavzu Bog'langan qo'shma gap va ularning turlari
An’anaviy sintaktik nazariyalarda bog‘langan qo‘shma gaplar mavqei jihatdan teng huquqli bo‘lgan sodda gaplarning tenglanish munosabati asosida mazmun va grammatik jihatdan o‘zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar sifatida talqin etiladi.20 Quyida bog‘langan qo‘shma gaplarning formal hamda semantik-sintaktik tadqiqi natijalari xususida fikr yuritamiz.
Bog‘langan qo‘shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar shaklan mustaqil, mazmunan o‘zaro bog‘langan, ba’zan mantiqan biri-ikkinchisiga tobe gaplardan tashkil topadi. Bunday aloqa-bog‘liqlik qo‘shma gap qismlarining tuzilishida, kesimlarining mazmunan va grammatik munosabatida yoki umumiy gap bo‘laklarining mavjud bo‘lishida ko‘rinadi. 
Anglashiladiki, bunday turdagi qo‘shma gaplarning qismlari mantiqan bir-birini taqozo qilsa-da, grammatik jihatdan tobe bo‘lmaydi.
Bog‘langan qo‘shma gaplardagi birinchi komponent birmuncha mustaqillik xususiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchi komponent birinchi gapga bog‘liq holda tuziladi. Bu qismlar birgalikda yaxlit sintaktik qurilmani, ya’ni qo‘shma gapni hosil qiladi.
Bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari: 1) teng bog‘lovchilar; 2) teng bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan yuklamalar; 3) bo‘lsa, esa yordamchilari; 4) tenglik ohangi yordamida bog‘lanadi.
Olima S.Solixo‘jayeva nazariy manbalarda qayd etib kelinayotgan bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi bu vositalarning «absolyut holat emasligi»ni ko‘rsatadi. Uning fikricha, o‘zbek tilida shunday qo‘shma gap ko‘rinishlari ham mavjudki, ular shaklan ergashgan qo‘shma gaplarga o‘xshasa-da, aslida bog‘langan qo‘shma gaplardir
Masalan, grammatik formasi -b (-ib), -sa affiklari yordamida tuzilgan «Ha xu» deguncha oyning oyoqlari kelib, to‘y kunlari yaqinlashdi», «Birov konfet bersa, birov pechen’e beradi» gaplari bog‘langan qo‘shma gaplar hisoblanadi.21
Shunisi xarakterliki, bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar, ular qanday til birligidan tashkil topishidan qat’iy nazar, qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga turli mazmuniy munosabatlarni ham shakllantiradi.
Ega, kesim, aniqlovchi to‘ldiruvchi, ergash gapli qo‘shma gaplar havola bo‘lakli gaplar bo‘lib, ularda ba’zan bosh gapda, ba’zan ham, bosh gapda, ham ergash gapda havola bo‘lak qo‘llanadi. Qolgan hamma ergash gapli qo‘shma gaplar havola bo‘laksiz gaplar hisoblanadi.40
О‘zbek tilshunosligida ergashgan qo‘shma gaplarning struktur-semantik belgilari asosida turlarga ajratilishi ham kuzatiladi. Bu belgilarga ko‘ra ergashgan qo‘shma gaplar: a) sintetik tip; b) analitik tip kabi turlarga ajratiladi.41

Sintetik tip ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi biror so‘z, so‘z birikmasi bilan aloqador bo‘ladi va uning leksik ma’nosi hamda morfologik tabiatiga oydinlik kiritadi. Bunday tipdagi qo‘shma gaplarning predikativ birliklari leksik-morfologik asosdagi sintaktik aloqalar yordamida bog‘lanadi.
Sintetik tip ergashgan qo‘shma gaplar sintaktik munosabatlarning predikativ, obyektli, attributiv, qaratqichli munosabat ko‘rinishlari asosida 4 turga bo‘linadi.
Analitik tip ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlamaydi, balki ergash gaplar bosh gapning predikativ markaziga to‘liq aloqador bo‘ladi, ularni ish-harakat belgisi, o‘lchov-daraja, qiyoslash-chog‘ishtirish, payt, sabab, maqsad, shart, to‘siqsizlik, sabab-natija munosabatlariga ko‘ra izohlaydi.42 Bunday tipdagi qo‘shma gaplar biriktiruvchi vositalar xarakteriga ko‘ra: a) bog‘lovchili tur; b) bog‘lovchisiz tur; v) aralash turga bo‘linadi.
Xullas, o‘zbek tilshunosligida ergash gaplar turli jihatdan tasniflanadi. Shulardan biri grammatik va logik jihatdan ko‘pchilik tillarda shu vaqtgacha davom etib kelgan an’anaviy tamoyil asosidagi tasnif bo‘lib, unga ko‘ra ergash gaplar quyidagi turlarga ajratiladi:
ega ergash gap; 2) kesim ergash gap; 3) to‘ldiruvchi ergash gap; 4) aniqlovchi ergash gap; 5) ravish ergash gap; 6) o‘lchov-daraja ergash gap; 7) chog‘ishtiruv-o‘xshatish ergash gap; 8) sabab ergash gap; 9) maqsad ergash gap; 10) payt ergash gap; 11) o‘rin ergash gap; 12) shart ergash gap;13) to‘siqsiz ergash gap; 14) natija ergash gap. Quyida an’anaviy tasnif asosidagi ergashgan qo‘shma gap turlari xususida fikr yuritamiz.
a ergash gapli qo‘shma gaplar. Ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan yoki gapda qo‘llanmagan eganing ma’nosiga aniqlik kiritadi. Ega ergash gapda ega vaziyatidagi bo‘lak kim, nima, kimki, kimda-kim kabi olmoshli havola bo‘laklar bilan, bosh gapning egasi esa u, o‘sha, shu, o‘zi kabi olmoshlar tashkil topgan havola bo‘laklar bilan ifodalanadi. Masalan: Kim birovga chuqur qazisa, unga o‘zi yiqiladi. (Maqol.)
Etiboringiz uchun raxmat
Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling