O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet6/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar


  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasining maqsadlari nimalardan iborat?

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasining vazifalari nimalardan iborat?

  3. Jismoni tarbiya nazariyasi qaysi fanlar bilan bog‘liq?

  4. Tarbiyaviy va ta’limiy vazifalarning maqsadi nimalardan iborat?



      1. §. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi


Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat jarayonida vujudga keladi, ya’ni mehnat bilan birga amalga oshadi. Ibtidoiy jamiyat- da uning hamma a’zolari qaysi yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar mehnat qilishlari kerak bo‘lgan. Bolalar va o‘smirlar kattalar- ning ov qilish vaqtidagi faoliyatlarini kuzatib borib, o‘z tajriba- larini oshirib borganlar.


Jismoniy tarbiya gohida o‘yinlar, gohida maxsus mashqlar sifatida amalga oshirilgan. U hamma uchun bir xilda teng olib borilgan, bunda tarbiya masalalarini katta yoshdagilar o‘z zimmalariga olganlar. Bu davrda jismoniy tarbiyaning rivojlanishida urf-odatlar, turli xil o‘yinlar, raqslarning tarbiyaga ta’siri katta bo‘lgan.
Ibtidoiy tuzumning tugallanishi arafasida ibtidoiy tuzum o‘rniga sinfiy jamiyat (quldorlik) vujudga keldi. Bu esa shaxsiy mulkchilikning rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. Jamiyatda o‘zaro urush, yerlarni bosib olish va u yerda yashovchi aholini qul- larga aylantirish kuchayib ketib, natijada dastlabki armiyaning shakllanishiga sharoit yaratib berdi. Armiyaning vujudga keli- shi harbiy-jismoniy tayyorgarlikka bo‘lgan talabning oshithiga, armiyada jismoniy madaniyatning tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Qadimgi Yunonistondagi Fales, Pitak, Solen, Biant, Xilen, ikki daryo oralig‘ida joylashgan mamlakatlardan Abu Muslim, Muqanna, To‘maris, Spitamen, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi va uning bahodir safdoshlari
aqliy, jismoniy, axloqiy jihatdan yetuk barkamol insonlar edilar. Ular mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilichboz, nayza otish san’atini mukammal egallagan davlat arboblari bo‘lib yetishganlar.
Jismoniy tarbiya feodalizm va kapitalizm tuzumlarida ham rivojlanib, shakllanib bordi. Bolalarni yoshlik davridan boshlab sportga jalb etish, sport jamiyatlari tuzish, turli xil sport o‘yinlari, musobaqalar tashkil etila boshlandi.
O‘zbekistonda ham sport va jismoniy tarbiyaning rivojla- nishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sharq mutafakkirlari- ning konseptual-metodologik merosidan, xalq pedagogikasi an’analaridan diniy tarbiya jarayonida xalqimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalarning jismoniy tarbiyaga oid hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan va ilmiy asarlardan samarali foydalanib kelgan. Chunonchi, tibbiy olamning sultoni Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida “Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullangan odam hech qachon davolanishga muhtoj bo‘lmaydi”, – deb aytgan.
Sohibqiron Amir Temur o‘z “Tuzuklari”da shunday deydi: “Qo‘shin tarkibiga yosh navkarlar olishda 3 qoidaga amal qi- lindi: Bitinchisi – sog‘lom va baquvvat bo‘lishi, ikkinchisi – qilichdan mohirona foydalanishi, uchinchisi – aql-zakovatiga va barkamolligiga”.
Ulug‘ munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning peda- gogik qarashlari diqqatga sazovordir. Uning “Farzandingiz sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishini istasangiz, uni kichik yosh- dan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantiring va chiniqtiring”, degan so‘zlarining ahamiyati beqiyosdir.
Hozirgi davrda O‘zbekistonda va rivojlangan mamlakat- larda jismoniy tarbiya va sport yuqori rivojlanish darajasiga ko‘tarilgan.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etish maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida, maxsus sport ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga fan sifatida kiritilib, o‘qitiladi.
O’zbekistonda sportni rivojlantirish borasida, ayniqsa, yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlarni jismonan sog‘lom va baquvvat, ma’nan barkamol avlod bo‘lib yetishtirish, aholining turmush darajasi va sog‘lig‘ini mustahkamlash, sport maydonchalari va shaharchalari, sport inshootlari qurish, xalqaro musobaqalar tashkil etish borasida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Sportni rivojlantirish va targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirildi. Jumladan, Respublikamizda 1993-yil 4-mart kuni “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi, 1995-yil 13-aprelda “Sog‘lom avlod uchun” oynomasi, 1998-yilda “O‘zbekiston iftixorlari” unvoni ta’sis etildi, 2000-yil – “Sog‘lom avlod yili”, 2001-yil “Ona va bola yili”, 2002-yilning 24-oktabrida “O‘zbe- kistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish” to‘g‘risida farmon qabul qilindi. 2005-yil – “Sihat-salomatlik yili”, 2008-yil – “Yoshlar yili”, 2010-yil – “Barkamol avlod yili”, 2012-yil – “Mustahkam oila yili”, 2013-yil – “Obod turmush yili”, 2014-yil – “Sog‘lom bola yili”, 2016 – yil “Sog’lom ona va sog’lom bola” yili deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida sportga berilayotgan yuqori e’tibor natijasida jahon miqyosida yuqori natijalarga erishgan Muhammadqodir Abdullayev, Artur Grigoryan, Lazizbek Zokirov, Timur Tulyakov, Shuhrat Xojayev, Lina Chiryazova, Olmos Yusupov, Abbos Atoyev, Rishod Sobirov, Ruslan Nuritdinov singari elga manzur va mashhur sportchilar yetishib chiqdilar. Xususan sportchilarimiz 2016-yili Braziliyada o’tgan Olimpiya o’yinlarida 13 ta, Paralimpiya o’yinlarida 31 ta medalga sazavvor bo’lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling