O‘rta maxsus professional ta’lim darajasi mutaxassislik kodi va nomi: 50910201 – Fel’dshtr akusherlik ishi Kvalifikatsiya nomi: Umumiy amaliyot fel’dsher-akusheri toshkent 2022


Download 1.76 Mb.
bet2/42
Sana16.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1203243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
50910201 - Feldsher-akusherlik ishi MT.

1. Qo‘llanish sohasi
Mazkur malaka talabi Davolash ishi ta’lim yo‘nalishining Umumiy amaliyot feldsher akusheri mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlashning zaruriy bilimlar mazmunining majburiy minimumi va kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar va pirovard maqsadlarini aniqlaydi. Ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmi va standart talablarini bajarilish nazoratini belgilab beradi.
Malaka talabi ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifati va kasbiy kompetensiyasini baholashda hamda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishda asosiy mezon hisoblanadi. Mazkur talablarning bajarilishi professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga kasbiy ta’limning tegishli darajasini olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.
Malaka talabi ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim faoliyati sub’ektlari tomonidan, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbiq etilishi majburiydir.
Ushbu malaka talabi Davolash ishi ta’lim yo‘nalishining Umumiy amaliyot feldsher akusheri mutaxassisligi 2020 yil apreldagi №...-son bilan tasdiqlangan professional standart talablari asosida ishlab chiqildi. Q01.019.1181/Б-21
  1. Kasbiy ta’lim xususiyati


2.1.Ta’lim sohasi: 910 000– Sog‘liqni saqlash
Ta’lim yo‘nalishi: 0910100-Davolash ishi
Tayyorlov yo‘nalishi:50910201–Feldsher akusherlik ishi
Mutaxassislik nomi: Umumiy amaliyot feldsher akusheri
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 3 yillik.
Mutaxassis tayyorlovchi o‘rta professional tibbiy ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchiga o‘rta professional tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.

  1. 2.Ruhiy-fiziologik fazilatlar minimumi: kuzatuvchanlik, diqqatni bir joyga qaratish, fikrni jamlash, qo‘l-oyoq harakatini jarayonga moslashtirish, har tomonla ma tez fikrlash va faraz qilish, yorug‘likni sezish, faol va tez xotirlash, harakat xotirasi va moslashuvchanlik.


    1. Download 1.76 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling