O‘rta maxsus professionаl tа’limning 50410101- buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha


Download 0.97 Mb.
bet126/173
Sana08.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1251811
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   173
Bog'liq
50410101- Buxgalteriya hisobi va audit

Аjratilgan soat

180

O‘qituvchining mashgʼulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim
bo‘lgan mavzular soni

12

Dasturning maqsadi

Mazkur o‘quv dasturida o‘quvchilarga amaldagi tarmoq taʼlim standartlari doirasida chuqur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni berish, o‘qitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompьyuterlashtirilgan dasturlar qo‘llagan holda mashgʼulotlarni nazariy, amaliy darslar ko‘rinishida tashkil etilib chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berish maqsad qilib qo‘yilgan.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobining ishlarini tashkil etishning huquqiy meʼyoriy asoslarini bilish;
Xo‘jalik yurituvchi subʼyektlarning aktivlarini hisobga olish va xujjatlashtirishni o‘rganish;
Xo‘jalik yurituvchi subʼyektlarning kapital va majburiyatlarini hisobga olsh va xujjatlashtirishni o‘rganish;
Temir yo‘l korxonalarining buxgalteriya hisobi xususiyatlarini bilish;
Kichik korxonalar va mikrofirmalarning xo‘jalik hisobini xususiyatlarini bilish;
Byudjet muassasalarida buxgalteriya hisobining xususiyatlarini bilish;

Bilimlar

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob ishlarini tashkil etish va yuritishning nazariy hamda huquqiy asoslarini bilish;
xo‘jalikning barcha muomalalariga schyotlar
korrespondentsiyasini tuzishni bilish;
buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va hujjatlashtirishni bilish;
buxgalteriya hisoboti shakllari va ularni tuzish qoidalarini bilish;
pul mablag‘lari hisobini yuritish va rasmiylashtirishni bilish; ishlab chiqarish zaxiralari hisobini yuritish;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini yuritishni bilish;
mehnatga haq to‘lashni hisobga olish va hujjatlashtirishni bilish;
xarajatlar hisobini yuritish tartibini bilish;
tayyor mahsulot va uni sotish hisobiga doir mumalalarni
hisobga olish hamda hujjatlashtirishni bilish; korxona fondlarini hisobga olinishni bilish; xo‘jalikning faoliyat turlaridan oladigan foyda(zarar)sini hisobga olish hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot tuzishni bilish; buxgalteriya hisobotini tuzish va topshirish tartibini bilish; xo‘jalik subyektlari (tarmoqlar bo‘yicha) da xarajatlarni hisobga olish, mahsulot tannarxini aniqlash hamda




muomalalarni hujjatlashtirishni bilish; kichik korxonalarning buxgalteriya hisobini xususiyatlari, hisob ishlarini tashkil etish va yuritish tartibini bilish.

Ko‘nikmalar

buxgalteriya hisobining ishlarini tashkil etishning huquqiy me’yoriy asoslarini amaliyotda qo‘llash;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktivlarini hisobga olish va hujjatlashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kapital va majburiyatlarini hisobga olish va hujjatlarda aks ettirish; xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish va hujjatlashtira olish; buxgalteriya hisoboti shakllarini tuza olish va tegishli organlarga taqdim eta olish;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining buxgalteriya hisobini yuritish;
kichik korxonalar va mikrofirmalarning xo‘jalik hisobini yuritish;


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling