Dastur nomi:
|
“Matematika”
|
Ajratilgan soat:
|
80
|
Mavzular soni:
|
30
|
Dasturning maqsadi:
|
Matematik tafakkurni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayoni;
qurilishning nazariy va amaliy masalalarini echish bo‘yicha etarli matematik bilimga ega bo‘lish;
ulardan foydalana olish va ularni qo‘llay bilish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.
|
O‘zlashtirish (O‘qitish) natijalari:
|
Matematikaning nazariy va amaliy bilimlari shakllanadi;
matematikaning hozirgi zamon taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘ladi;
matematikaning nazariy va amaliy bilimlaridan amaliyotdagi qurilish;
texnika va iqtisodiyotning amaliy masalalarini boshqa fanlar bilan bog‘liq holda yechishda foydalana olishga erishiladi.
|
Bilimlar:
|
matematik fanlarning hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyotida tutgan o‘rniga;
matritsalar va determinantlarning asosiy xossalariga;
vektorlar ustida amallarga;
to‘g‘ri chiziq, tekislik va fazoda koordinatalar metodiga;
tekislik va fazoda analitik geometriya asoslariga;
limiti va uzluksizligiga;
bir va bir necha o‘zgaruvchi funksiyasining differensial va integral hisobiga;
oddiy differensial tenglamalar nazariyasining asoslariga oid asosiy tushunchalarini biladi.
|
Ko‘nikmalar:
|
qurilishga oid masalalarni yechishda qo‘llaniladigan matematik apparatni muayyan masala uchun aniq tanlash;
chiziqli va vektorli algebra, analitik geometriya, integral hisob va differensial tenglamalar nazariyasi asosida tatbiqiy masalalarni yechish;
yechimni asoslash, jarayon va hodisalarni matematik tahlil qila bilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
|
|