O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
kapital qurilishda bahoni shakllantirish;
kapital qurilish bahosini shakllantirish tizimi va uni o‘ziga xos jihatlari;
qurilish ob’ektining loyiha- smeta hujjatlari;
qurilish ob’ekti bahosini shakllantirishning turli usullari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
|
Bilimlar
|
O‘zbekiston Respublikasi kapital qurilishda amaldagi bahoni shakllantirishning qonuniy me’yoriy asoslari;
Qurilish ob’ektini bahosini shakllantirishning uslubiy asoslarini xamda shaxarsozlik qoida va me’yorlarini;
Ob’ekt qurilishi qiymatini shakllantirish mexanizmlari va dasturiy vositalarini bilish va ulardan foydalana olish;
|
Ko‘nikmalar
|
Qurilish ob’ektlarining loyiha hujjatlari asosida turli usullardan foydalanib ob’ektni smeta qiymatini hisoblash;
kapital qurilish bilan bog‘liq investitsiya dasturlarini tahlil qilish;
ob’ektlar qurilishini smeta hujjatlarini ekspertiza qilish va kamchiliklarini bartaraf etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
loyihaning dastlabki bosqichini amalga oshirishda qurilish ob’ekti bahosini aniqlash, qurilishning boshlang‘ich bahosini joriy narxlarda aniqlash;
tanlov savdolarida qatnashish uchun qurilish bahosini (taklif etilgan narx-oferta) joriy narxlarda aniqlash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
|
“Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishida “Umumqurilish ishlari ustasi”ni tayyorlashda “- g‘isht-tosh terish ishlari texnologiyasi” fani mutaxassislik fanlar bloki tarkibiga kiradi. Fan o‘quv rejada keltirilgan “Matematika”, “CHizma geometriya va muxandislik grafikasi” va tegishli maxsus fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Shuningdek, “Injenerlik geodeziyasi”, “Metall va temir-beton konstruksiyalarini yig‘ish ishlari texnologiyasi” kabi fanlar bog‘lab o‘rgatiladi.
|
|