O’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim kafedrasi tilshunoslikning dozarb masalalari fanidan
Download 1.54 Mb.
|
Tilshunoslikning Majmua yangi
Starshina bu gal ham yumshadi.
-Xorosho… keyin-chi? -SHu… ovqat edik. -Qanaqa ovqat. -Sosiska. -Necha porsiya. -Men bir porsiya, mana bu bir yarim. -SHerigingiz o‘zi uchun javob beradi. -I tak, qancha o‘tirdingiz kafeda. -Bir soatcha. -Tish do‘xtiriga qatnab turasizmi. -Nima edi - dedim hayratlanib. -Savolni men beraman, postradavshiy. -Xolmirza… tois, Xolmurodov! -Tishingizning mazasi yo‘qmi. -YO`q-e, tishim butun. -Tishi butun odam to‘rtta sosiskani bir soat eydimi? -Ochered ko‘p ekan, -dedim yolg‘on gapirib. -Xo‘p, keyin nima bo‘ldi? -Keyin… kiyinaman deb bundoq qarasam, telpagim yo`q. -Xorosho, -dedi starshina bir qadar engil tortib. -Telpagingiz qanaqa edi? -SHu… telpakdaqa telpak… -Oti nima o‘sha telpakning kibankami, ushankami? -Bizga konkretno gap kerak, -dedi starshina norozi ohangda. -Aniq ayting. (O‘.Hoshimov, "So‘qqabosh bevagina") Sotsiolingvistika o‘zbek tilining mukammal va betakror ohanglaridan o‘z o‘rnida foydalana olish, o‘ynab gapirsa ham o‘ylab gapirish, qopib emas, topib gapirish yo‘llarini o‘rgatuvchi fandir. SHuningdek, ona tilida ta’sirli nutq ayta olish, aytilmoqchi bo‘lgan fikrga mos libos tanlay bilish, maqsadga muvofiq lisoniy ifodalarni tanlay olish, so‘z bilan tinglovchining faqat qulog‘ini emas, balki qalbini ham zabt eta olish kabi sirlarni o‘rgatadi. Zotan, nutqning go‘zalligi, tilning burroligi, lisoniy ifodaning aniqligi inson uchun o‘ziga xos husndir, bu husn oxir-oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko‘rsatadi. Masalan: Tursunboy to‘yonaning kattasi bo‘yniga shilq etib tushay, deb turganini payqadi-yu, g‘ingshidi: -Endi, domlajon, tengi chiqsa, tekin ber deganlari juda to‘g‘ri. Uyqu joy tanlamas, muhabbat chiroy deganlaridek, singlimizga shunday odam xaridor bo‘pti, bor-baraka qilib to‘yni o‘tkazib yuboravering. -Yo‘q, uka, boshqa gap bor, -domla Obodiy xo‘rsindi. -Osilsang baland dorga osil debmizu, bu yog‘ini o‘ylamabmiz. Bor tovog‘im, kel tovog‘im, deb bejiz aytishmagan. Garnitur qilish kelin tomonning vazifasi. O‘zing bilasan, kuyovni payg‘ambarlar ham siylagan. -Albatta, domlajon, albatta, Kelinni kelganda ko‘r, sepini yoyganda ko‘r, deb turganlar bordir. -Barakalla, qush tilini qush biladi-da! Domla ma’qullab bosh silkidi. -qatorda noring bo‘lsa, yuking erda qolmaydi, deb shuni aytadi-da! YAxshiyam sendek norim bor! (O‘.Hoshimov) Tilimizda muayyan bir ma’noni bir qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud. Masalan, inson bosh qismining old tomoni oraz, uzor, ruxsor, angor, chehra, yuz, bet, aft, bashara, nusxa, turq singari so‘zlar orqali ifodalanadi. O‘zbek tili barqaror birikmalarga ham niqoyatda boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, boshi ko‘kka etmoq, er tagida ilon qimirlasa bilmoq, ichini mushuk tatalamoq, ko‘zini bo‘yamoq, ko‘zi to‘rt bo‘lmoq, tepa sochi tikka bo‘lmoq, tomdan tarasha tushganday, xamirdan qil sug‘urmoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, ikki oyog‘ini tirab turmoq, ikki oyog‘ini bir etikka tiqmoq va boshqalar. Albatta, nutq jarayonida aynan qaysi shaklu shamoyilni tanlash, muloqot vaziyati uchun eng uyg‘un ifodani topa bilish nutq egasining mahoratu malakasiga, saviyasiga bog‘liq. Muloqot vaziyatini tugal his etmasdan turib, tanlangan lisoniy ifoda har qancha go‘zal bo‘lmasin, maqsad nishonga etib bora olmaydi. Bunday ifoda hatto boshga balo keltirishi ham mumkin. SHarqning buyuk allomasi Kaykovus o‘zining "Qobusnoma" asarida shunday hikoyatni keltiradi: Bir kun xalifa Xorun ar Rashid tush ko‘radi, tushida uning barcha tishlari to‘kilib ketgan emish. Xalifa tongda tushni ta’bir qiluvchidan tushini ta’bir qilishni so‘raydi. Tushni ta’bir qiluvchi shunday deydi: Ey, amiralmuminin, sening oldingda barcha yaqinlaring, qarindosh-urug‘laring vafot etadi. Sen ularga qaraganda uzoq umr ko‘rasan. Sendan boshqa hech kim qolmaydi. Bu so‘zni eshitgan Xorun ar Rashid: Menga bunday qayg‘uli so‘zni qanday aytding. Mening barcha qarindoshlarim o‘lsa, men qanday yashayman, qanday ishlayman, - deb darg‘azab bo‘ldi va uni yuz tayoq urishni buyurdi. Keyin boshqa tush ta’bir aytuvchini chaqirib, undan tushining ma’nosini so‘raydi. Tush ta’bir etuvchi shunday javob beradi: "Ey, amiralmuminin, muborak bo‘lsin, sening umring boshqa barcha qarindoshlaringga qaraganda ko‘p bo‘ladi, uzoq umr ko‘rasan", -deydi. SHunday Xorun ar Rashid deydi: Barcha aqlning yo`li birdir va ikkovining ta’birining negizi bir erga borib taqaladi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag‘oyat ko‘pdir. Bu ibratli hikoyatda tilning nechog‘li nozik va murakkab qudrat ekanligi, lisoniy ifodalarni ziyraklik bilan tanlay bilishning muhimligi ta’kidlangan. Nutqda yoki nutq parchalarida axloq-odob, so‘zlashish rasm-rusumlari, nutqning muayyan ehtiyojlari, so‘zlovchi va tinglovchining yosh, saviya, madaniylik darajasi kabilar o‘z aksini topadi va bularning barchasi nutqning ta’sirchanligi uchun ahamiyatlidir. Mana shu masalalar sotsiolingvistikaning tadqiq manbaidir. SHu bois sotsiolingvistika fani bir tomondan tilshunoslik, ikkinchi tomondan axloq-odob va ma’naviyat bilan uzviy aloqadadir. Tilshunoslik fani tilning ichki qurilishi, lisoniy birliklar, ularning o‘zaro munosabatlari, tilning ichki rivojlanish qonuniyatlari kabi masalalar bilan shug‘ullanib, nolisoniy omillarni ko‘p hollarda ekstralingvistik omillar sifatida tadqiqot jarayonidan chetlashtirsa, sotsiolingvistika nutq uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha qirralarni birgalikda olib qarashga intiladi. SHu sababli hozirgi sotsiolingvistik tadqiqotlar tilshunoslar nazarida mutlaqo tilshunoslikka aloqador emasdek tuyuladi. Xolbuki, o‘z milliy tilining bilimdoni bo‘lgan har bir shaxs shu tilda go‘zal nutq ifoda qila olishi bilan bir qatorda, xalqning muomala odobidan ham xabardor bo‘lmog‘i lozim. Darhaqiqat, til – millat ko‘zgusidir. Dono xalqimiz bekorga "YAxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar", - deb aytmagan. Bundan ko‘rinadiki, tilimiz nojo‘ya so‘zlarni so‘zlamasligi, eng avvalo, dilimiz pok bo‘lishi kerak. Zero, dilni, siyratni poklamay turib, tilni ham poklab bo‘lmaydi. YUqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, qanday qilsak, yuksak ma’naviyatli kishilar bo‘lib, qalbimiz nurga, tanimiz kuchga to‘ladi? Oldimizdagi vazifalarni qay darajada bajaramiz? Komil inson bo‘lib etishish uchun nimalarga aramiyat berishimiz kerak, degan savollarga javobni bizga sotsiolingvistika fani beradi. SHu ma’noda kurs talabalarga ma’naviy tarbiya berishning muhim yo`llaridan biridir. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon iqtisodiy-madaniy hamjamiyatida shaxdam qadamlar bilan kirib borayotgan bir paytda mamlakatlararo muloqotlarning o‘rnatilishida ham sotsiolingvistikaning o‘rni beqiyosdir. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling