Gazeta tilida punktuatsion me’yor muammolari
Tinish belgilarining o‘z o‘rnida ishlatilishi jumla-ning mazmuni, ravonligi, aniqligiga katta ta’sir qiladi. Ularni noo‘rin tushirish yoki qo‘llash uslubiy noaniqlik va g‘alizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Gazetalarda tinish belgilarini qo‘llash bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar uchraydi. Bunday holatlar, fikrimizcha, juz’iy nuqsonlar emas.
Gazeta tilida punktuatsion me’yorga rioya qilmaslik hollari quyidagi o‘rinlarda yuz bergan: 1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda zidlovchi va qiyoslash munosabatini bildiruvchi bog‘lovchilardan so‘ng vergul qo‘yish (qoida bo‘yicha ushbu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi). 2. Uyushiq bo‘laklar va bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarda vergul ishlatmaslik. 3. Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarini noto‘g‘ri qo‘llash. 4. Undov gaplarda tireni tushirib qoldirish, tire o‘rnida defis ishlatish. 5. So‘roq, buyruq va undov gaplar oxirida zarur tinish belgisini tushirib qoldirish (mas., sarlavhalarda tinish belgisi qo‘yilmagan). 6. Iboralarda qo‘shtirnoqni noto‘g‘ri qo‘llash. Misollarni ko‘zdan kechiraylik.
1. Gazetalarda modal so‘zlar va bog‘lovchilar bilan bog‘liq holda tinish belgilarini ishlatish qoidalari buzilayapti. M.: Obuna davri shubhasiz oson kechmadi (XS.,25.10.01), Ahvol ayniqsa Osiyo davlatlarida jiddiy bo‘ladi. Avvalo shu narsani ta’kidlab o‘tish lozimki bizning universitet Samarqand hududida magistraturaga eng ko‘p talaba qabul qiladigan oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Bunda albatta, har yili Toshkentda o‘tkaziladigan xalqaro yarmarkalarning ham o‘rni bor. O‘ylaymanki kelajakda bu muammolar o‘z echimini topib izga tushib ketadi. (Z., 20.11.01). Ushbu misollarda, ajratilgan o‘rinlarda, vergul qo‘yish lozimligi to‘g‘risida imlo qoidsi mavjud. Lekin bu qoidaga deyarli barcha gazetalarda rioya etilmayapti.
CHunki, butun dunyoda e’tirof etilgan me’yorlar asnosi-da o‘tadigan saylov demokratiyaning asosiy talablaridan biridir (O‘O., 23.12.99), ya’ni, bu balo-qazo tag-tomiri bilan yo‘qotilishi lozim (XS.,25.10.01). Bog‘lovchilardan keyin qo‘yilgan vergul ortiqcha.
2. Ushbu misolda tire emas, vergul qo‘yish lozim: Uy qushlari sayrashmasa - sovuq uzoq davom etadi (Z., 20.11.01). Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
3. Iborada qo‘shtirnoq noto‘g‘ri ishlatilgan: Tabiiyki, Buba Diop hozircha o‘zini «taroziga» solmoqda. Hozir esa ularning o‘yinlarini «jilovlaydigan» terma jamoa topilmayapti (XS.,18.06.02).
Do'stlaringiz bilan baham: |