O’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim kafedrasi tilshunoslikning dozarb masalalari fanidan


Download 1.54 Mb.
bet51/61
Sana04.02.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1165158
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
Bog'liq
Tilshunoslikning Majmua yangi

GLOSSARIYA
 Lingvopoetika – tilshunoslikning adabiyotshunoslik bilan munosabatidan
hosil bo`lgan yo`nalishi.
 Pragmatika – Tilshunoslikning til birliklarining amaliy tomonlarini
o`rganuvchi yangi yo`nalishi.
 Sosiolingvistika – tilshunoslikning jamiyatshunoslik bilan munosabatidan
paydo bo`lgan yangi yo`nalishi.
 Neyrolingvistika – nevrologiya va tilshunoslik orasidagi yangi yo`nalish.
 Paralingvistika – noverbal vositalarni o`rgnuvchi tilshunoslik yo`nalishi.
 Sistemaviy tilshunoslik – tilni belgilar sistemasi sifatida o`rganuvchi
tilshunoslik yo`nalishi.
 Paradigmatika – til birliklarining qiyosiy munosabatlarini sistemaviy asosda
o`rganish usuli.
 Sintagmatika – til birliklarining nutq jarayonidagi ketma-ket munosabati
asosida shakllanishi.
 Tahlil metodikasi – til birliklarini muayyan tamoyilga asoslanib o`rganish
usuli.
 Invariant – variantlilik – til birliklari va ularning nutqda turli ko`rinishda
voqelanishi.
 Til-nutq dixotomiyasi – nutqiy jarayonning bo`linishi. Til inson ongida
imkoniyat sifatida turuvchi hodisa. Nutq esa, mana shu imkoniyatning
voqelanishi.
 Fonema – eng kichik til birligi, bevosita kuzatishda berilgan tovushlarning
lingvistik umumlashmasi, abstraksiyasi.
 Kogerensiya – tovushlarning o`zaro yoki birining ikkinchisiga kombinasion
tobeligi.
 Divergensiya – kombinasion tobelik munosabati natijasida hosil bo`lgan
kombinasion o`zgarish.
 Morfema – eng kichik ma'noli birlik, u nutqiy jarayonda variantlar orqali
voqelanadi.
 Derivasion morfemalar – yangi leksema yasovchilar, so`z yasovchi affiksal
mofemalar.
 Relyasion morfemalar – yangi so`z shaklini yasovchilar, shakl yasovchi
affiksal morfemalar.
 Leksema – semema va nomemalarning o`zaro munosabatidan tashkil topgan
butunlik, uning mazmuniy mundarijasi atash, ifoda va vazifaviy semalar
munosabatidan iborat.
 Nomema – leksemaning shakliy tomoni, sonema.
 Semema – leksemaning mazmun tomoni.
 Verbosentrik nazariya - (lotincha verbum-«fe'l», «so`z» demakdir) so`zni
tilning asosiy birligi deb e'tirof etuvchi nazariya.
 Morfosentrik nazariya - (lotincha morfe-«shakl» demakdir) tilning birlamchi
ma'no birligi sifatida morfemaning e'tirof etuvchi nazariya.
 Sosial differensiasiya – ijtimoiy holatiga ko`ra so`zlovchi nutqining
farqlanishi.
 Propozisiya – gap (so`z) orqali anglashiladigan hukm.
 Presuppozisiya – yashirin hukm (propozisiyaga zidlanadi).
 Propozitiv struktura – biror bir hukmni ifodalash uchun xizmat qiluvchi
struktura.


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling