O’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim kafedrasi tilshunoslikning dozarb muammolari fanidan
Download 1.19 Mb.
|
Tilshunoslik
GLOSSARIYA
Lingvopoetika – tilshunoslikning adabiyotshunoslik bilan munosabatidan hosil bo`lgan yo`nalishi. Pragmatika – Tilshunoslikning til birliklarining amaliy tomonlarini o`rganuvchi yangi yo`nalishi. Sosiolingvistika – tilshunoslikning jamiyatshunoslik bilan munosabatidan paydo bo`lgan yangi yo`nalishi. Neyrolingvistika – nevrologiya va tilshunoslik orasidagi yangi yo`nalish. Paralingvistika – noverbal vositalarni o`rgnuvchi tilshunoslik yo`nalishi. Sistemaviy tilshunoslik – tilni belgilar sistemasi sifatida o`rganuvchi tilshunoslik yo`nalishi. Paradigmatika – til birliklarining qiyosiy munosabatlarini sistemaviy asosda o`rganish usuli. Sintagmatika – til birliklarining nutq jarayonidagi ketma-ket munosabati asosida shakllanishi. Tahlil metodikasi – til birliklarini muayyan tamoyilga asoslanib o`rganish usuli. Invariant – variantlilik – til birliklari va ularning nutqda turli ko`rinishda voqelanishi. Til-nutq dixotomiyasi – nutqiy jarayonning bo`linishi. Til inson ongida imkoniyat sifatida turuvchi hodisa. Nutq esa, mana shu imkoniyatning voqelanishi. Fonema – eng kichik til birligi, bevosita kuzatishda berilgan tovushlarning lingvistik umumlashmasi, abstraksiyasi. Kogerensiya – tovushlarning o`zaro yoki birining ikkinchisiga kombinasion tobeligi. Divergensiya – kombinasion tobelik munosabati natijasida hosil bo`lgan kombinasion o`zgarish. Morfema – eng kichik ma'noli birlik, u nutqiy jarayonda variantlar orqali voqelanadi. Derivasion morfemalar – yangi leksema yasovchilar, so`z yasovchi affiksal mofemalar. Relyasion morfemalar – yangi so`z shaklini yasovchilar, shakl yasovchi affiksal morfemalar. Leksema – semema va nomemalarning o`zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik, uning mazmuniy mundarijasi atash, ifoda va vazifaviy semalar munosabatidan iborat. Nomema – leksemaning shakliy tomoni, sonema. Semema – leksemaning mazmun tomoni. Verbosentrik nazariya - (lotincha verbum-«fe'l», «so`z» demakdir) so`zni tilning asosiy birligi deb e'tirof etuvchi nazariya. Morfosentrik nazariya - (lotincha morfe-«shakl» demakdir) tilning birlamchi ma'no birligi sifatida morfemaning e'tirof etuvchi nazariya. Sosial differensiasiya – ijtimoiy holatiga ko`ra so`zlovchi nutqining farqlanishi. Propozisiya – gap (so`z) orqali anglashiladigan hukm. Presuppozisiya – yashirin hukm (propozisiyaga zidlanadi). Propozitiv struktura – biror bir hukmni ifodalash uchun xizmat qiluvchi struktura. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling