O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

1. Shaxs. U kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va 
obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni 
amalga oshiruvchisidir.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni 
intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama 
barkamol shaxs — fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. 
Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan 
3
Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to’plami “Sharq”, Toshkent, 2001.


112
biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual 
jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi 
ro‘yobga chiqariladi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, 
shuningdek, ta’lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning 
shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, 
zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqi 
va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.
2. Davlat va jamiyat. Ular kadrlar tayyorlash tizimi 
amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali 
raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim 
muassasalari faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi.
Davlat va jamiyat:
— 
fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini 
oshirish huquqlari ro‘yobga chiqarilishiga;
— 
majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey 
yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi 
asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga;
— 
davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy 
ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga;
— 
davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
— 
ta’lim oluvchilarni o‘qishi, ularning turmush va dam olish 
shart-sharoitlarini yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida 
jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
— 
ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlashga;
— sog‘lig‘i va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning 
ta’lim olishiga kafolat beriladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling