O‘rta miya, oraliq miya va miyachaning tuzilishi va fiziologiyasi


Download 48.63 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi48.63 Kb.
#1400724
Bog'liq
Refarat


O‘rta miya, oraliq miya va miyachaning tuzilishi va fiziologiyasi.
Reja:
1.O’rta miya tuzilishi va fiziologiyasi
2.Oraliq miya tuzilishi va fiziologiyasi
3. Miyachaning tuzilishi va fiziologiyasi.
O’rta miya uzunchoq miyaning oldida joylashgandir. O’rta miyada nerv hujayralarining kattagina topplami bor. Nerv hujayralari shu yerda yadrolarni yoki markazlarni hosil qiiadi. Bu yadrolar sezuvchi va harakatlantiruvchi (effektor) yadrolarga bo’linadi.
Harakatlantiruvchi yoki effektor yadrolar muskullar tonusiga, binobarin, odam yoki hayvonning hamma harakatlariga bevosita ta’sir etadi. Keyingi miyaning funksiyalarini Ko’zdan kechirganimizda, keyjngi miyani o’rta miyadan ajratib qopyish tufayli muskullar tonusining o’zgarishi bilan tanishgan edik. Bunday operasiyada yozuvchi muskullar tonusi oshib ketadi, hayvonning oldingi va keyingi oyoqlari taranglashib yoziladi. boshi orqasiga qayriladi. Agar shunday hayvon yonboshi bilan yotqizib qopyilsa, shu holda yotaveradi.
Uzunchoq miya o’rta miyadan ajratib qopyilmaganda butunlay boshqacha manzara kuzatiladi. O’rta miyadan kopra yuqoriroqdan kesilganda, yozuvchi muskullar tonusi oshmaydi, yuqorida tasvir etilgan holda muskullar tarang bo’lgan bo’lsa, endi unchalik taranglashmaydi.
Ularga shuningdek hujayra tuzilmasining bir qismini (hujayra membranasini) tashkil etgan xolesterin kiradi, u gormonning ajdod moddasi hisoblanadi. Va nihoyat, yog’lar erituvchilar bo’lib, ular yog’da eruvchan vitaminlarning (masalan, Vitamin A, vitamin YE) oshqozon-ichak tizimidan to’liq o’zlashishiga imkon beradi.
Triglitseridlar ovqatlanish me`yoriga kiruvchi yog’larning asosiy qismini tashkil etadi. Bu neytral yog’lar bo’lib, ularning har biri glitserinning uch valentli spirtiga birikkan uchta yog’li kislotadan iborat. Eng ko’p uchraydigan yog’li kislotalar ichida palmitin, stearin, olein va linol kislotalaridir. Hayvon yog’larida asosan to’yingan yog’li kislotalar bo’ladi (dengiz suvdagi baliklar bundan istisno), o’simlik moylarida to’yinmagan yog’li kislotalarning miqdori ko’proq bo’ladi.
Bundan tashqari. tonusni idora etish qobiliyati ham bir qadar saqlanadi. Yonboshlatib qo’yilgan bunday it o’zicha oprnidan turadi. Agar boshining vaziyati o’zgartirilsa, u boshini gorizontal holda tutishga intiladi. Binobarin, o’rta miya tonusni idora etadi va uni tegishlicha taqsimlaydi. Bu, uygpun harakatlar qilish uchun zarur shartdir.
Muskullar tonusiga taalluqli reflekslarning yoylari quloqdagi vestibulyar apparatida. shuningdek muskullarda boshlanib. u yerdan impulslar markazga intiluvchi tolalar orqali uzunchoq miyaga boradi. Yuqorida ko’rsatilgan yopl orqali kelgan qo’zg’alish uzunchoq miya bilan orqa miyaga o’tib , muskullar tonusini o’zgartiradi.
Sezuvchi nerv yadrolariga kelganda, ularning faoliyati kopruv va eshituv funksiyalari bilan bog’langandir. Bosh miyasi o’rta miya yuqorisidan olib tashlangan hayvon yorugplik va tovushni sezadi. Agar shunday hayvonga ravshan yorugplik tushirilsa, u yorugp tushgan tomonga boshini buradi, Unda qorachiq refleksi ham saqlanib qoladi. Bunday hayvon tovush chiqqan tomonga ham boshini buradi. Bu reflekslar oriyentirovka (chamalash) reaksiyalaridan iboratdir.
O’rta miya (tezepserpakt) — bosh miyaning oraliq miya bilan Varoliy ko’prigi o’rtasida joylashgan bo’lagi. Miya oyoqchalari, to’rt tepalik plastinkasi va oyoqchalar orasida joylashgan miya suv yo’lidan iborat. O’rta miyaning ko’ndalang kesimida 3 qism tafovut qilinadi.
1) tom plastinkasi — to’rt tepalikni o’z ichiga olgan miya suv yo’ligacha bo’lgan qism;
2) tomcha — miya suv yo’li bilan qoramtir moddagacha bo’lgan qism, bu yerda dumaloq shaklli qizil yadro joylashgan;
3) miya oyoqchalarining asosi, u asosan, oq moddadan iborat bo’lib, bosh miyaning po’stlog’idan boshlanuvchi efferent o’tkazuvchi yo’llardan tashkil topgan.
Oyoqchalarining miya suv yo’li atrofida III va IV juft bosh miya nervlarining somatik va parasimpatik yadrolari joylashgan. O’rta miya muskullar tonusini tartibga solib, odam muvozanatini saqlash va yurishda faol qatnashadi. O’rta miya jarohatlanganida yoki kasallanganda muskullar kuchli qisqarib, oyoq-qo’llar bukilmay qoladi.
To’rt tepalikning ustki do’mboqcha yadrolari ko’zning to’r pardasidan impulslar qabul qilib, kerakli javob yuboradi, ya’ni yorug’lik tomonga boshni burishda qatnashadi. Ko’zga kelayotgan nur yo’nalishiga qarab ko’z qorachig’ining kengayishi yoki torayishini, ko’z gavharining holatini atrof-muhitni aniq ko’rishga (akkomodatsiya) moslashtiradi. To’rt tepalikning pastki do’mboqchalarida joylashgan yadrolar quloqni tovushga nisbatan moslash, boshni tovush tomonga burish kabi holatlarni idora etadi.
Bosh miya tirik organizm bajaradigan vazifalarining asosiy regulyatori hisoblanadi. U MAT elementlaridan biri hisobjanadi. Bosh miya - ketingi miya, o‘rta miya, miyacha, oraliq miya, katta yarimsharlar po‘stlog‘i, limbik tizim va bazal gangliylardan iboratdir.
Odam miyasi 25 mlrd neyronlardan iborat. Aynan ana shu hujayralar kulrang moddadir. Miya 3 qavat bilan o'ralgan: qattiq; yumshoq; to‘rsimon (uning kanallarida likvor, ya’ni orqa miya suyuqiigi sirkulyatsiyalanadi). Likvor bosh miyani urib olganda himoya vazifasini bajaradigan amortizator hisoblanadi. Ayol va erkaklarda miya bir xil rivojlanganligiga qaramay, og‘irligi turlicha bo'ladi, erkaklarda 1375 g, ayollarda esa 1245 g. U tana og‘iriigining 2% ini tashkil qiladi. Odamning aqliy rivojlanishi uning og‘irligiga bog‘liq emasligi aniqlangan. U bosh miyada tuzilgan aloqalaming soniga bog‘liq.
Odam hayvonlardan ikkita miya yarimsharlari borligi bilan farqlanadi. Odam miyasi analiz va sintez qila oladi. Miyaning asab uchlari tashqi-qo‘zg‘atuvchilarni qayta ishlaydi va tegishli javob reaksiyasini qaytaradi. Miya hujayralari - impulslami generatsiyalaydigajp va uzatadigan neyronlar va qo‘shimcha vazifalami bajaradigan gliyalardir. Bosh miyaning turli bo‘limlaridan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi. Bu nervlar, asosan, boshda joylashgan sezgi organlari, mushaklar va bezlarni nerv bilan ta’minlaydi. Bosh miyaning vazifalari turlicha bo‘lib, ularga organizm faoliyati to‘liq bog’liq bo‘ladi.
Uzunchoq miya. Uzunchoq miya orqa miyaning bevosita davomi hisoblanadi, uzunligi 25 mm atrofida, shakli uchi kesilgan konusga o‘xshaydi. Uzunchoq miyaning oldingi yuzasida oldingi, o‘rta, oraliq qismi ajratiladi, uning yonlarida piramida joylashgan. Piramidalar piramidali o‘tkazuvchi yo‘llaming asab tolalarining tutamidan tashkil topgan. Piramida yo‘lining tolalari bosh miya po‘stlog‘ini bosh suyak asablarining yadrolari va orqa miyaning kulrang moddasi bilan bog‘laydi. 
Piramidaning ikkala tomonidan oliva joylashgan.Uzunchoq miya, orqa miya singari, ikkita vazifa - reflektor va о‘tkazuvchi vazifani bajaradi. U orqa miya singari oq va kulrang moddadan tuzilgan, periferiya bilan bevosita sezuvchan va harakatlantiruvchi aloqaga ega. Sezuvchan tolalar orqali uzunchoq miya bosh terisi, ko‘z, burun, og‘izning shilliq pardasi, eshitish a’zolari, vestibulyar apparat, hiqildoq, traxeya. o‘pka retseptorlaridan, hamda yurak-tomir tizimi va hazm tizimining interoretseptorlaridan axborotlami qabul qiladi. Uzunchoq miyaning kulrang moddasi IX, X, XI, XII juft bosh suyagi asablarining yadrolari, oliva va retikulyar formatsiyasidir.
Miyacha.Katta yarimsharlar po‘stlog‘i ko‘prik yadrolari orqali miyaning yirik o‘simtasi - miyachaga ta’sir qiladi. Miyachaning vazifasi asosan mushak tonusini boshqarish, harakatlami muvofiqlashtirish, tana holati va muvozanatini ushlab turish va harakatlami muvofiqlashtirishdan iborat. Miyachaning yurak faoliyatiga ta’sir qilishi, ya’ni arterial bosim va qon oqimining jadalligini o‘zgartirishi, nafas olish chuqurligi va chastotasi, hazm traktining motor, sekretor va so‘ruvchi funksiyalarini ta’minlashda, o‘t hosil bo‘lish jarayonida, siydik pufagining mushak tonusini ushlab turishda, reproduktiv vazifani ta’minlashda, moddalar va energiya almashinuvida, termoregulyatsiya va qon hosil bo‘lishida, shartli reflekslami shakllanishida ishtirok etishi aniqlangan.
Oraliq miya .Oraliq miya topografik va funksional jihatdan epitalamus, talamus va gipotalamus kabi qismlarga bo‘linadi.Oraliq miya qadoqli tana va svod ostida yotadi, yon tomonlari bilan oxirgi miya yarimsharlari bilan qo‘shilib turadi, oldingi miyaning funksiyasi va rivojlanishi to‘g‘risida yuqorida aytilganlarga mos ravishda oraliq miyada ikkita asosiy qismlar farqlanadi:
1) dorsal (filogenetik jihatdan ancha yosh) - afferent yo‘11ar markazi;
2) ventral (filogenetik jihatdan ancha qari) - gipotalamus - yuksak vegetativ markaz. Uning bo‘shlig‘i III me’dacha hisoblanadi.
Talamik miya uch qismdan iborat: talamus, epitalamus - talamus usti soha va metatalamus - talamus orti soha.
Talamus - yirik liosila bo‘lib, unga barcha afferent yoilardan va bosh miyaning turli tuzilmalaridan (miyacha, katta yarimsharlar po‘stlog‘i, targ‘il tana) impulslar keladi. Talamusning yadrolarida ushbu inipulslarning qayta taqsimlanishi va yaqindan o‘zaro hamkorligi, po‘stloqosti darajasida integratsiyasi sodir bo‘ladi. Bu signallarni katta yarimsharlar po‘stlog‘i darajasida yakuniy tahlili va sintezlanishi katta ahamiyatga ega. Evolyutsion rivojlanish jarayonida talamusning dorsal qismi boshqa sohalar bilan taqqoslaganda ancha rivojlanishga uchraydi.
Yuksak hayvonlaming talamusi ko‘p sonli yadrolardan tarkib topgan bo‘lib, ulaming bir qismini kelib chiqishi qadimiy va rivojlanishning turli darajalarida turgan hayvonlarda deyarli bir xildir. Talamusning ayrim yadrolari evolyutsiya davrida progressiv ko‘paygan, tuban hayvonlarda o‘z analoglariga ega emas va shundan kelib chiqqan holda, periferik retseptorli hosilalar va bosh miya tuzilmalarini murakkablashuvi natijasida rivojlangan talamik strukturalar hisoblanadi. Talamus asab hujayralari 40 ga yaqin yadrolarga gumhlanib, topografik jihatdan oldingi, o’rta, orqa, medial va lateral guruhlarga bo’linadi. Funksional jihatdan spetsifik, nospetsifik, assotsiativ va motor talamus yadrolarini ajratish mumkin.
Spetsifik (yoki proeksion) yadrolarda, sensorli axborotni, ko’tariluvchi afferent yo’llarning aksonlaridan, o’simtalari katta yarim sharlarning mos ravishdagi sensorli proeksion qismlariga keladigan keyingi, oxiri neyronlarga o’tkazilib ulanadi. Spetsifik (o’ziga xos) yadrolarning shikastlanishi sezuvchanlikning alohida turlarini qaytmas yo’qolishiga olib keladi. Bunday tajribalar, spetsifik yadrolar, periferik resteptorlardan katta yarim sharlarga boradigan afferent impulslarning yo’lida uzatuvchi stansiya hisoblanadi. Spetsifik yadrolardagi neyronlar faqat bir turdagi resteptorlardan keladigan impulslargagina javob beradi.
Lateral tizzasimon tana ko’ruv tizimining sensor yadrosi bo’lib xizmat qiladi. Bu yadro yorug’lik darajasini aniqlashda va rangini sezishda ishtrok qiladi. Lateral tizzasimon yadro to’rt tepalikning oldingi do’mboqlaridan tolalar oladi, undan chiqqan tolalar bosh miya po’stlog’ining ko’ruv sohasida tugaydi.
Keyingi dumboqlar bilan afferent tolalar yordamida bog’langaivmedial tizzasimon yadro eshituvchi tizimining spetsifik talamik yad^i hisoblanadi. Bu yadrodagi neyronlarning har bir guruhi ma’lum chastotadagi tovushlami qabul qilishga moslashgan. Medial tizzasimon yadro akustik axborotni tahlil qiladi va po’stloqni eshituv markazga o’tkazadi.
Talamusning keyingi guruh yadrolari assotsiativ yadrolar bo’lib, spetsifik yadrolardan farqi shundaki, ular qaysidir bitta sensor tizimga taaluqli bo’lmaydi va afferent impulslami spetsifik proeksion yadrolardan oladi. Ushbu guruh yadrolarning uchtasi po’stloqning asosiy assotsiativ qismlari bilan aloqasi bor: yostiq yadro bosh miyani tepa va chakka po’stlog’ining assotsiativ zonasi bilan; orqa lateral yadro - tepa bo’lim po’stlog’i bilan; medial dorsal yadro - peshona bo’limi bilan bog’liq. To’rtinchi - oldingi yadro, katta yarim sharlaming limbik po’stlog’i bilan aloqasi bor. Assotsiativ yadrolar yuqori integrativ jarayonlarda qatnashishi mumkin, lekin ularning funksiyasi yetarli o’rganilmagan.
Talamusning motor yadrolariga ventrolateral yadro kiradi. Unga miyacha va bazal tugunlardan tolalar kirgan, chiquvchi tolalar esa yadroni miya po’stlog’idagi motor soha bilan bog’lab turadi. Ventro-medial yadro harakatiami boshqaruvchi tizimning bir qismi hisoblanadi.
Shunday qilib, talamus deyarh barcha turdagi sezuvchanlikning po'stloqosti markazi hisoblanadi. Bu yerdan, sezuvchi qatlamning bir qismi po‘stloqosti yadrolarga boradi (buning oqibatida talamus ekstrapiramida tizimning sezuvchan markazi hisoblanadi), bir qismi esa bevosita po‘stloqqa boradi.
Miyacha (lot. cerebellum – kichik miya) umurtqalilar bosh miyasining bir qismi. Odatda miya yarimsharlaridan kichik, lekin ba’zi baliqlarda undan katta boʻlishi ham mumkin. Odamlarda miyacha harakat boshqariluvida katta rol oʻynaydi. U shuningdek ba’zi bir kognitiv funksiyalarda, masalan diqqat va til, shuningdek qoʻrquv va qoniqish kabi hissiy boshqaruvlarda ham ishtirok etadi, ammo asosiy ta’siri harakatga bogʻliq funksiyalarda. Odam miyachasi harakatni chaqirmaydi, lekin harakatdagi koordinatsiya, tartib va aniq davomiylikni ta’minlaydi: u orqa miya va miyaning boshqa qismlaridan sezuvchi impulslarni qabul qiladi va ular asosida harakatning oʻta aniq chiqishini ta’minlaydi. Miyachaning jarohatlanishi odamlarda nozik harakatlar, tana holati boshqariluvi va yangi harakatlar oʻrganilishi buzilishiga olib keladi.
Anatomik jihatdan, odam miyachasi bosh miyaning pastki qismi tegib turuvchi alohida tuzilma boʻlib, miya katta yarimsharlari pastida yopishib turadi. Uning poʻstlogʻi tartibsiz burmalarga ega yarimsharlar poʻstlogʻidan farq qilib, parallel egatlardan iborat. Bu parallel egatlar miyacha poʻstlogʻi aslida akkordion holatiga keltirilgan davomli yupqa toʻqima ekanligini koʻrsatadi. Bu yupqa qatlamda bir qancha neyron turlari oʻzaro tartib bilan joylashgan. Eng muhimlari Purkinye hujayralari va donador hujayralarder. Bu kompleks tuzilma katta miqdordagi signallar bilan ishlash imkoniyatini beradi, lekin miyacha poʻstlogʻidan chiquvchi deyarli barcha ma’lumot miyacha ichidagi oq moddada joylashgan kichik chuqur yadrolar tizimi orqali oʻtadi.
Miyacha harkat boshqaruvidagi asosiy rolidan tashqari, harakatni oʻrganishning bir qancha turlarida muhim, sezgi-harakat (sensorimotor) munosabatlari oʻzgarishlarida yangi harakat oʻrganishdagi ishtiroki sezilarli. Sezgi-harakat kalibratsiyasini miyachadagi [sinaptik plastiklikka bogʻliqligini koʻrsatuvchi bir qancha nazariy modellar ishlab chiqilgan. David Marr va James Albus tomonidan ilgari surilgan modellar har bir miyacha Purkinye hujayralari umuman farqli 2 xil signalni qabul qilishini oʻrganish asosida yaratilgan: biri donador hujayralarning parallel tolalaridan keluvchi minglab kuchsiz signallar; boshqasi yagona koʻtariluvchi toladan keluvchi juda kuchli signallarni qabul qilish.[6] Marr–Albus nazariyasining asosiy ma’nosi koʻtariluvchi tolalar “oʻrgatuvchi signal”larni tashiydi va parallel tolalardagi signal kuchini uzoq davom etuvchi oʻzgarishini chaqiradi. Parallel tolalardagi uzoq muddat depressiyalarini oʻrganish shu turdagi nazariyalarni rivojlantirdi, lekin ularning ishonchliligi baxsli masala.
Umumiy anatomiyaga koʻra, miyacha zich poʻstloq, uning ostidagi oq modda va asosidagi suyuqlik bilan toʻlgan qorinchadan iborat. Toʻrtta miyacha chuqur yadrolari oq modda ichida joylashgan. Poʻstloqning har bir qismi yuqori geometrik stereotip bilan joylashgan kichik neyronal element tuzilmalaridan iborat. Miyacha va uning yordamchi tuzilmalari bir necha yuzlab yoki minglab mustaqil ishlovchi, “mikrozona” yoki “mikroqismlar” deb ataluvchi modullarga boʻlinishi mumkin. Miyacha kalla suyagining orqa chuqurchasi da joylashgan. Toʻrtinchi qorincha, miya koʻprigi va uzunchoq miya miyachaning oldingi tomonida joylashgan. U yuqorida yotuvchi bosh miyadan dagʻal qattiq parda bilan ajralib turadi; Uning miyaning boshqa qismlari bilan qolgan barcha aloqalari koʻprik orqali oʻtadi.
Anatomlar miyachani metencephalonning bir qismi deb tasniflaydilar, unga koʻprik ham kiradi; metencephalon rombencephalonning yuqori qismi hisoblanadi. Bosh miya poʻstlogʻiga oʻxshab, miyacha ham ikki miyacha yarimsharlariga boʻlinadi; unda yana tor oʻrta zona chuvalchangsimon qism (vermis) ham bor. Katta burmalar tizimi, kelishuvga koʻra umumiy strukturani 10 ta kichikroq “boʻlakchalar”ga boʻladi. Undagi koʻplab mitti donador hujayralar hisobiga miyacha miyaning qolgan barcha qismlari umumlashtirilganidan koʻra koʻproq neyronlar tutadi, lekin u butun miya hajmining 10% inigina egallaydi. Miyachadagi neyronlar soni neokorteksdagi neyronlar soniga bogʻliq. Miyachada neokorteksdagidan 3,6 marta koʻp neyronlar bor va bu nisbat turli xil sutemizuvchilarda bir xilligi kuzatilgan.
Miyachaning noodatiy yuzasi uning asosiy hajmi zich taxlangan kulrang modda qavati: miyacha poʻstlogʻidan iboratligini yashirib turadi. Bu qavatdagi har bir pushta folium deb ataladi. Hisoblanishicha, odam miyachasi poʻstlogʻi toʻliq yozib tekislansa, 1 metr uzunlik va 5 santimetr kenglikda, umumiy 500 sm kvadrat maydonni egallaydi, hajmiy birliklarga qoʻysak 6 sm × 5 sm × 10 sm boʻladi. Poʻstloqning kulrang moddasi ostida oq modda yotadi. U poʻstloqqa boruvchi va undan ketuvchi koʻplab miyelinlangan nerv tolalaridan iborat. Oq modda ichida toʻrtta miyacha chuqur yadrolari joylashgan. Ular koʻndalang kesmada daraxt shoxlarini eslatgani uchun arbor vitae (hayot daraxti) deb ataladi.
Miyacha nerv sistemasining turli qismlari bilan miyacha oyoqchalari (lot.pedunculi cerebellaris) orqali bogʻlangan. Bular yuqori (pedunculi cerebellaris superior), oʻrta (pedunculi cerebellaris medius) va pastki (pedunculi cerebellaris inferior) miyacha oyoqchalari boʻlib, chuvalchangsimon qismga nisbatan joylashuvi boʻyicha nomlangan. Yuqorigi miyacha oyoqchalari thalamus yadrolari orqali yarimsharlar poʻstlogʻidagi yuqorigi motor neyronlarga boruvchi efferent tolalar tutadi. Tolalar miyacha chuqur yadrolaridan chiqadi. Oʻrta miyacha oyoqchalari koʻprik bilan bogʻlangan va barcha impulslarni koʻprikdan, asosan nucleus pontineusdan oladi. Yarimsharlar poʻstlogʻidan koʻprikka oʻtgan impulslar ushbu yadro va uning tolalari orqali miyachaga oʻtkaziladi. Oʻrta oyoqcha oyoqchalar ichida eng yirigi boʻlib, miyachaning turli qismlariga boruvchi uchta tutamlarga ajratiladi. Pastki miyacha oyoqchalari vestibulyar yadrolar, orqa miya va koʻprik tomi (lot. tegmentum) dan impulslar qabul qiladi. Pastki oyoqchadan chiquvchi impulslar efferent tolalar orqali vestibulyar yadrolar va retikulyar formatsiyaga boradi. Butun miyacha boshqaruvchi impulslarni pastki miyacha oyoqchalari orqali pastki oliva yadrosi (lot. nucleus olivaris inferior)dan oladi.
Yuzasiga koʻra miyacha uch boʻlakka boʻlinishi mumkin: miyachaning oldingi (lot. lobus cerebelli anterior) (birlamchi egat ustida), orqa (lot. lobus cerebelli posterior) (birlamchi egat ostida) va boʻlakcha-tuguncha (lot. lobus flocculonodularis) boʻlaklariga. Bu boʻlaklar miyachani rostral va kaudal (odamlarda yuqorigi va pastki) qismlarga boʻladi. Funksiyasi jihatidan medialdan-lateralga shaklida boʻlish muhim.
Flocculonodular boʻlakdan tashqari (uning oʻz bogʻlanishlari va funksiyalari bor) miyachani funksional jihatdan spinocerebellum deb ataluvchi medial sektor va cerebrocerebellum deb ataluvchi lateral sektorga boʻlish mumkin. Oʻrta chiziqdan chiqib turuvchi uzun va tor boʻlak miyachaning chuvalchangsimon qismi deb ataladi.
Eng kichik soha, flocculonodular boʻlak, odatda vestibulocerebellum deb ataladi. U evolyutsion jihatdan eng qari (archicerebellum) qism va asosan muvozanat va makon oriyentatsiyasida ishtirok etadi; uning asosiy aloqalari vestibulyar yadrolar bilan, shuningdek vizual va boshqa sezgi impulslarini ham qabul qiladi. Bu sohaning zararlanishi qadam tashlash va muvozanat buzilishiga sabab boʻladi.
Oldingi va orqa boʻlaklarning medial zonalari spinocerebellum, shuningdek paeocerebellum deb ham ataladi, tashkil qiladi. Miyachaning bu sektori tananing va qoʻl-oyoqlarning nozik harakatlarida ishtirok etadi. U orqa miyaning orqa ustunlaridan spinocerebellar tract bilan birga proprioseptiv impulslarni va bosh miya nervlaridan uch shoxli nerv, shuningdek vizual va eshitish sistemalaridan ham impulslar qabul qiladi. U miyacha chuqur yadrolariga tolalar joʻnatadi, oʻz navbatida, yarimsharlar poʻstlogʻi va miya ustuniga proyeksiyalanishi orqali tushuvchi harakat sistemalari modulyatsiyasini ta’minlaydi.
Lateral zona odamlarda eng katta qism boʻlib, cerebrocerebellumni tashkil qiladi, shuningdek neocerebellum deb ham ataladi. U yarimsharlar poʻstlogʻidan, xususan chakka boʻlakdan nucleus pontineus orqali (cortico-ponto-cerebellar yoʻllarni hosil qilib) impulslarni qabul qiladi va oldingi lateral talamusga (oʻz navbatida yarimsharlar poʻstlogʻining premotor va birlamchi harakat sohasiga) va qizil yadroga impuls yuboradi. Lateral miyachaning funksiyalarini ta’riflashda kelishmovchiliklar mavjud: u bajariladigan harakatni rejalashtirishda, harakat uchun sensor axborotlarni baholashda, va bir qancha kognitiv funksiyalarda, masalan qaysi fe’l ma’lum bir otga eng mos kelishi (masalan, "oʻtirish" "stul" uchun)ni aniqlashda ishtirok etadi deb hisoblanadi.
Miyachada ikki neyron turi asosiy rol oʻynaydi: Purkinye hujayralari va donador hujayralar. Uch turdagi aksonlar ham muhim rol oʻynaydi: moxsimon tolalar, koʻtariluvchi tolalar (miyachaga tashqaridan kiradi) va parallel tolalar (donador hujayralarning aksonlari). Miyacha ichida ikkita asosiy yoʻl boʻlib, moxsimon va koʻtariluvchi tolalardan hosil boʻlgan va ikkovi ham miyacha chuqur yadrolariga boradi.
Moxsimon tolalar toʻgʻridan-toʻgʻri chuqur yadrolarga boradi, lekin quyidagi yoʻnalish orqali ham yuradi: moxsimon tolalar → donador hujayralar → parallel tolalar → Purkinye hujayralari → chuqur yadrolar. Koʻtariluvchi tolalar Purkinye hujayralariga boradi, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri chuqur yadrolarga ham kollaterallar beradi. Moxsimon va koʻtariluvchi tolalar har biri maxsus axborotlarni tashiydi;
Miyacha shuningdek dofaminergik, noradrenergik, serotoninergik va 
xolinergik impulslarni ham qabul qiladi va global modulatsiyani ta’minlaydi.
Miyacha poʻstlogʻi uch qavatga boʻlingan. Eng pastda qalin donador qavat, zich joylashgan donador hujayralar, shuningdek interneyronlar, asosan Golji hujayralari shuningdek Lugaro hujayralari va unipolyar choʻtkasimon hujayralardan tashkil topgan.
Oʻrtada Purkinye qavati yotadi. U Purkinye hujayralari va Bergmann glial hujayralaridan iborat ingichka qavat. Eng yuqorida molekulyar qavat yotadi va Purkinye hujayralarining tekislangan dendritik daraxtlari, shuningdek Purkinye hujayralari dendritik daraxtlariga toʻgʻri burchak ostida kirgan bir qator yirik parallel tolalardan tashkil topgan. Miyachaning bu eng tashqi qavatida shuningdek ikki turdagi ingibitsiyalovchi interneyronlar boʻladi: yulduzsimon hujayralar va savatsimon hujayralar.
Purkinye hujayralari miyadagi eng farqlanuvchi neyronlardan boʻlib, eng erta aniqlanganlaridandir – ular birinchi marta chex anatomi Jan Evangelista Purkyně tomonidan 1837-yilda tasvirlab berilgan. Ular oʻzlarining dendritic daraxtlari shakliga koʻra aniqlanadi: dendtritlar juda kuchli tarmoqlangan, lekin miyacha pushtalariga nisbatan qat’iy perpendikulyar tekislanib joylashgan. Shunday qilib Purkinye hujayralari dendritlari zich planar tarmoq hosil qiladi va ular orasidan parallel tolalar toʻgʻri burchak ostida oʻtadi. Dendritlar dendrit oʻsiqchalari bilan qoplangan va ularning har biri parallel tolalardan sinaptik impuls qabul qiladi. Purkinye hujayralari miyadagi boshqa har qanday turdagi hujayradan koʻra koʻproq sinaptik boglanishga ega – odamning bitta Purkinye hujayrasida taxminan 200 000 atrofida oʻsiqchalar boʻladi.
Purkinye hujayralarining katta, sferik tanalari miyacha poʻstlogʻidagi bir hujayra qalinligidagi tor qavatga joylashtirilgan va “Purkinye qavati” deb ataladi. Ularning aksonlari poʻstloqning yaqin sohalariga kollaterallar bergach, miyacha chuqur yadrolariga boradi va bu yerda bir qancha turdagi yadro hujayralari bilan 1000 atrofida bogʻlanishlar (hammasi bilan kichik domenlarda) hosil qiladi. Purkinye hujayralari neyromediator sifatida GAMKni ishlatadi va shuning uchun nishonlariga ingibirlovchi ta’sir koʻrsatadi.
Purkinye hujayralari miyacha yoʻllarining yuragini tashkil qiladi. Ular oʻlchamining kattaligi va oʻziga xos faoliyati tufayli hayvonlarda ekstrasellulyar yozib olib usullari bilan oʻrganishda qulayliklar yaratadi. Purkinye hujayralari normada hech qanday sinaptik impuls kelmasa ham katta chastotada harakat potensiallari tarqatib turadi. Uygʻoq hayvonlarda taxminan 40 Hz atrofida. Harakat potensiallarining chizmalari oddiy va murakkab spayk (ingl. spike)lar aralashmasidan iboratligini koʻrsatadi. Oddiy spayk bitta harakat potensiali va undan keyin kelgan taxminan 10 ms davom etuvchi refraktorlik davridan iborat; murakkab spayk juda qisqa spayklararo intervallar va pasayib boruvchi amplitudali harakat potensiallarining bir xil zanjiridan iborat.
Fiziologik oʻrganishlar shuni koʻrsatadiki, murakkab spayklar (bazal (ing. baseline) chastotalari 1 Hz atrofida va hech qachon 10 Hzdan oshmaydi) koʻtariluvchi tolalar aktivlashishiga bogʻliq. Oddiy spayklar boʻlsa bazal aktivlik va parallel tollalardan keluvchi impulslar kombinatsiyasidan hosil boʻladi. Murakkab spayklar odatda oddiy spaklar faoliyati susaygan bir necha yuz millisekundlarda keladi.
Purkinye neyronlarining maxsus, oʻziga xos xususiyati kalbindin ekspressiyasidir. bir tomonlama oʻtirgʻich nervining surunkali jarohati boʻlgan kalamush miyasini kalbindinli boʻyash shuni koʻratdiki, voyaga yetgan miyada Purkinye hujayralari yangidan hosil boʻlishi va miyachada yangi boʻlakchalar hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin
Miyacha donador hujayralari, Purkinye hujayralaridan farqli miyadagi eng kichik neyronlarga kiradi. Ular shuningdek miyadagi eng soni koʻp neyronlardir: odamlarda umumiy soni taxminan 50 mlrd, bu miyadagi neyronlarning ¾ qismi miyacha donador hujayralari degani. Ularning hujayra tanalari miyacha poʻstlogʻi pastki qismidagi qalin qavatda joylashgan. Donador hujayra toʻrt yoki beshtagina dendritga ega, ularning har biri “dendrit changali” deb ataluvchi kengaymada tugaydi. Bu kengaymalar moxsimon tolalardan keluvchi qoʻzgʻatuvchi impulslar va Golji hujayralaridan keluvchi ingibirlovchi impulslarni qabul qiladi
Donador hujayralning nozik, miyelinlanmagan aksonlari poʻstloqning yuqori (molekulyar) qavatiga vertical koʻtariladi, shu yerda ikkiga boʻlinadi va har biri gorizontal yoʻnalib parallel tolani hosil qiladi; vertikal shoxning ikki gorizontal tarmoqqa boʻlinishi ajralib turuvchi “T” shaklini beradi. Odam parallel tolasi boʻlinishdan keyin har bir tomonga oʻrtacha 3 mm, umumiy 6 mm (poʻstloq qavatning 1/10 qismi) tarqaladi. Parallel tolalar oʻz yoʻlida Purkinye hujayralarining dendrit daraxtlarini kesib oʻtadi va har 3-5 tadan bittasi bilan bogʻlanib, Purkinye hujayralari denrit oʻsiqchalari bilan umumiy 80-100 ta sinaptik bogʻlanishlar hosil qiladi. Donador hujayralar neyromediator sifatida glutamat kislotasini ishlatadi va shuning uchun nishonlariga qoʻzgʻatuvchi ta’sir qiladi.
Donador hujayralar impulsni moxsimon tolalardan qabul qiladi, lekin son jihatdan ulardan ancha koʻp: 200 taga 1 ta (odamlarda). Shunday qilib donador hujayralar populyatsiyasi faollik holati moxsimon tolalardagi axborot bilan bir xil, lekin anchagina qimmat usulda koʻchiriladi. Donador hujayralar juda kichik va zich joylashgani uchun ularning spayk faolligini tajrivadagi hayvonlarda yozib olish qiyin, shuning uchun nazariyalarga asos sifatida foydalanish uchun ma’lumotlar kam.
Ularning funksiyasi boʻyicha eng mashhur gʻoya 1969-yili David Marr tomonidan ilgari surilgan: ular moxsimon tolalardan kelgan impulslar kombinatsiyalarini shifrlaydilar. Bu, har bir donador hujayra 4-5 tagina moxsimon toladan impuls oladi va faqatgina biitasidan impuls kelganida javob bermaydi, balki bittadan koʻpidan kelganda javob beradi, degan fikrga asoslangan. Kombinatsiyalangan shifrlash sxemasi miyachaga, unga keladigan impulslarni faqatgina moxsimon tolalar olib keladiganga nisbatan nozikroq farqlash imkonini beradi.
Moxsimon tolalar donador qavatga ularning hosil boʻlish nuqtalaridan kiradi, koʻpchiligi nucleus pontineusdan koʻtariladi, qolgan qismi orqa miya, vestibulyar yadrolar va boshqalardan keladi. Odam miyachasida moxsimon tolalarning umumiy soni taxminan 200 millionta. Bu tolalar donador hujayralar va miyachaning chuqur yadrolari bilan qoʻzgʻatuvchi sinapslar hosil qiladi. Donador qavat ichida moxsimon tolalar “rozetkalar” deb ataluvchi kengaymalar hosil qiladi. Moxsimon tolalar va donador hujayra dendritlari orasidagi kontakt glomerula deb ataluvchi strukturalar ichida kechadi. Har bir glomerulada markazdagi moxsimon tola rozetkasi va unga bogʻlangan 20 tagacha donador hujayra dendrit changallari bor. 
Golji hujayralari terminallari strukturani infiltratlaydi va donador hujayra dendritlarida ingibirlovchi sinapslar hosil qiladi. Butun assembleya glial hujayralar gʻilofi bilan oʻralgan. Har bir moxsimon tola bir qancha miyacha foliylariga kollateral tarmoqlar beradi va umumiy 20-30 ta rozetkalar hosil qiladi; shunday qilib bitta moxsimon tola taxminan 400-600 ta donador hujayralar bilan kontakt hosil qiladi
Download 48.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling