2. Oraliq miya va miyacha fiziologiyasi. Bosh miya yarim sharlar po`slog`ining fiziologiyasi
Download 36.53 Kb.
|
BOSH MIYA TURLI BO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Yarimsharlaming bazal yadrolari.
BOSH MIYA TURLI BO`LIMLARI FAOLIYATINI O`RGANISH Reja: 1. Bosh miyaning tuzilishi va vazifalari. 2. Oraliq miya va miyacha fiziologiyasi. 3. Bosh miya yarim sharlar po`slog`ining fiziologiyasi. 4. Yarimsharlaming bazal yadrolari. Bosh miya tirik organizm bajaradigan vazifalarining asosiy regulyatori hisoblanadi. U MAT elementlaridan biri hisobjanadi. Bosh miya - ketingi miya, o‘rta miya, miyacha, oraliq miya, katta yarimsharlar po‘stlog‘i, limbik tizim va bazal gangliylardan iboratdir (2.3-раем). Odam miyasi 25 mlrd neyronlardan iborat. Aynan ana shu hujayralar kulrang moddadir. Miya 3 qavat bilan o'ralgan: qattiq; yumshoq; to‘rsimon (uning kanallarida likvor, ya’ni orqa miya suyuqiigi sirkulyatsiyalanadi). Likvor bosh miyani urib olganda himoya vazifasini bajaradigan amortizator hisoblanadi. Ayol va erkaklarda miya bir xil rivojlanganligiga qaramay, og‘irligi turlicha bo'ladi, erkaklarda 1375 g, ayollarda esa 1245 g. U tana og‘iriigining 2% ini tashkil qiladi. Odamning aqliy rivojlanishi uning og‘irligiga bog‘liq emasligi aniqlangan. U bosh miyada tuzilgan aloqalaming soniga bog‘liq. Odam hayvonlardan ikkita miya yarimsharlari borligi bilan farqlanadi. Odam miyasi analiz va sintez qila oladi. Miyaning asab uchlari tashqi-qo‘zg‘atuvchilarni qayta ishlaydi va tegishli javob reaksiyasini qaytaradi. Miya hujayralari - impulslami generatsiyalaydigajp va uzatadigan neyronlar va qo‘shimcha vazifalami bajara&igan gliyalardir. Bosh miyaning turli bo‘limlaridan 12 juft bosh miya nervlari (24-rasm) chiqadi. Bu nervlar, asosan, boshda joylashgan sezgi organlari, mushaklar va bezlarni nerv bilan ta’minlaydi. Bosh miyaning vazifalari turlicha bo‘lib, ularga organizm faoliyati to‘liq bog;liq bo‘ladi. Uzunchoq miya Uzunchoq miya orqa miyaning bevosita davomi hisoblanadi, uzunligi 25 mm atrofida, shakli uchi kesilgan konusga o‘xshaydi (24-rasm). Uzunchoq miyaning oldingi yuzasida oldingi, o‘rta, oraliq qismi ajratiladi, uning yonlarida piramida joylashgan. Piramidalar piramidali o‘tkazuvchi yo‘llaming asab tolalarining tutamidan tashkil topgan. Piramida yo‘lining tolalari bosh miya po‘stlog‘ini bosh suyak asablarining yadrolari va orqa miyaning kulrang moddasi bilan bog‘laydi. Piramidaning ikkala tomonidan oliva joylashgan. Uzunchoq miya, orqa miya singari, ikkita vazifa - reflektor va о‘tkazuvchi vazifani bajaradi. U orqa miya singari oq va kulrang moddadan tuzilgan, periferiya bilan bevosita sezuvchan va harakatlantiruvchi aloqaga ega. Sezuvchan tolalar orqali uzunchoq miya bosh terisi, ko‘z, burun, og‘izning shilliq pardasi, eshitish a’zolari, vestibulyar apparat, hiqildoq, traxeya. o‘pka retseptorlaridan, hamda yurak-tomir tizimi va hazm tizimining interoretseptorlaridan axborotlami qabul qiladi. Uzunchoq miyaning kulrang moddasi IX, X, XI, XII juft bosh suyagi asablarining yadrolari, oliva va retikulyar formatsiyasidir. -til-halqum asabi og‘iz bo‘shlig‘i va halqum mushaklarini innervatsiyalaydigan harakatlantiruvchi tolalar va til va halqum shilliq pardasining sezuvchan tolalaridan tashkil topgan, vegetativ tolalar so‘lak bezlarini innervatsiyalaydigan parasimpatik gangliylarga boradi. - vagus yoki adashgan asab ham aralash hisoblanadi. Uning parasimpatik tolalari halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak, hazm bezlariga boradi, harakatlantiruvchi tolalar nafas olganda tomoq va halqumni ketma-ket qisqarishini reflektor boshqaradi. - qo‘shimcha asab — ovoz, bo‘yin, ko‘krak-o‘mrov va trapetsiyasimon mushaklami innervatsiyalaydi. juft - tilosti asabi - til va tilni yuqoriga, pastga va oldinga harakatlantiradigan mushaklarni innervatsiyalaydi. Miyacha Katta yarimsharlar po‘stlog‘i ko‘prik yadrolari orqali miyaning yirik o‘simtasi - miyachaga ta’sir qiladi. Miyachaning vazifasi asosan mushak tonusini boshqarish, harakatlami muvofiqlashtirish, tana holati va muvozanatini ushlab turish va harakatlami muvofiqlashtirishdan iborat. Miyachaning yurak faoliyatiga ta’sir qilishi, ya’ni arterial bosim va qon oqimining jadalligini o‘zgartirishi, nafas olish chuqurligi va chastotasi, hazm traktining motor, sekretor va so‘ruvchi funksiyalarini ta’minlashda, o‘t hosil bo‘lish jarayonida, siydik pufagining mushak tonusini ushlab turishda, reproduktiv vazifani ta’minlashda, moddalar va energiya almashinuvida, termoregulyatsiya va qon hosil bo‘lishida, shartli reflekslami shakllanishida ishtirok etishi aniqlangan. Oraliq miya Oraliq miya topografik va funksional jihatdan epitalamus, talamus va gipotalamus kabi qismlarga bo‘linadi. Oraliq miya qadoqli tana va svod ostida yotadi, yon tomonlari bilan oxirgi miya yarimsharlari bilan qo‘shilib turadi, oldingi miyaning funksiyasi va rivojlanishi to‘g‘risida yuqorida aytilganlarga mos ravishda oraliq miyada ikkita asosiy qismlar farqlanadi: 1) dorsal (filogenetik jihatdan ancha yosh) - afferent yo‘11ar markazi; 2) ventral (filogenetik jihatdan ancha qari) - gipotalamus - yuksak vegetativ markaz. Uning bo‘shlig‘i III me’dacha hisoblanadi. Talamik miya uch qismdan iborat: talamus, epitalamus - talamus usti soha va metatalamus - talamus orti soha. Talamus - yirik liosila bo‘lib, unga barcha afferent yoilardan va bosh miyaning turli tuzilmalaridan (miyacha, katta yarimsharlar po‘stlog‘i, targ‘il tana) impulslar keladi. Talamusning yadrolarida ushbu inipulslarning qayta taqsimlanishi va yaqindan o‘zaro hamkorligi, po‘stloqosti darajasida integratsiyasi sodir bo‘ladi. Bu signallarni katta yarimsharlar po‘stlog‘i darajasida yakuniy tahlili va sintezlanishi katta ahamiyatga ega. Evolyutsion rivojlanish jarayonida talamusning dorsal qismi boshqa sohalar bilan taqqoslaganda ancha rivojlanishga uchraydi. Yuksak hayvonlaming talamusi ko‘p sonli yadrolardan tarkib topgan bo‘lib, ulaming bir qismini kelib chiqishi qadimiy va rivojlanishning turli darajalarida turgan hayvonlarda deyarli bir xildir. Talamusning ayrim yadrolari evolyutsiya davrida progressiv ko‘paygan, tuban hayvonlarda o‘z analoglariga ega emas va shundan kelib chiqqan holda, periferik retseptorli hosilalar va bosh miya tuzilmalarini murakkablashuvi natijasida rivojlangan talamik strukturalar hisoblanadi. Talamus asab hujayralari 40 ga yaqin yadrolarga gumhlanib, topografik jihatdan oldingi, o’rta, orqa, medial va lateral guruhlarga bo’linadi. Funksional jihatdan spetsifik, nospetsifik, assotsiativ va motor talamus yadrolarini ajratish mumkin. Spetsifik (yoki proeksion) yadrolarda, sensorli axborotni, ko’tariluvchi afferent yo’llarning aksonlaridan, o’simtalari katta yarim sharlarning mos ravishdagi sensorli proeksion qismlariga keladigan keyingi, oxiri neyronlarga o’tkazilib ulanadi. Spetsifik (o’ziga xos) yadrolarning shikastlanishi sezuvchanlikning alohida turlarini qaytmas yo’qolishiga olib keladi. Bunday tajribalar, spetsifik yadrolar, periferik resteptorlardan katta yarim sharlarga boradigan afferent impulslarning yo’lida uzatuvchi stansiya hisoblanadi. Spetsifik yadrolardagi neyronlar faqat bir turdagi resteptorlardan keladigan impulslargagina javob beradi. Lateral tizzasimon tana ko’ruv tizimining sensor yadrosi bo’lib xizmat qiladi. Bu yadro yorug’lik darajasini aniqlashda va rangini sezishda ishtrok qiladi. Lateral tizzasimon yadro to’rt tepalikning oldingi do’mboqlaridan tolalar oladi, undan chiqqan tolalar bosh miya po’stlog’ining ko’ruv sohasida tugaydi. Keyingi dumboqlar bilan afferent tolalar yordamida bog’langaivmedial tizzasimon yadro eshituvchi tizimining spetsifik talamik yad^i hisoblanadi. Bu yadrodagi neyronlarning har bir guruhi ma’lum chastotadagi tovushlami qabul qilishga moslashgan. Medial tizzasimon yadro akustik axborotni tahlil qiladi va po’stloqni eshituv markazga o’tkazadi. Talamusning keyingi guruh yadrolari assotsiativ yadrolar bo’lib, spetsifik yadrolardan farqi shundaki, ular qaysidir bitta sensor tizimga taaluqli bo’lmaydi va afferent impulslami spetsifik proeksion yadrolardan oladi. Ushbu guruh yadrolarning uchtasi po’stloqning asosiy assotsiativ qismlari bilan aloqasi bor: yostiq yadro bosh miyani tepa va chakka po’stlog’ining assotsiativ zonasi bilan; orqa lateral yadro - tepa bo’lim po’stlog’i bilan; medial dorsal yadro - peshona bo’limi bilan bog’liq. To’rtinchi - oldingi yadro, katta yarim sharlaming limbik po’stlog’i bilan aloqasi bor. Assotsiativ yadrolar yuqori integrativ jarayonlarda qatnashishi mumkin, lekin ularning funksiyasi yetarli o’rganilmagan. Talamusning motor yadrolariga ventrolateral yadro kiradi. Unga miyacha va bazal tugunlardan tolalar kirgan, chiquvchi tolalar esa yadroni miya po’stlog’idagi motor soha bilan bog’lab turadi. Ventro-medial yadro harakatiami boshqaruvchi tizimning bir qismi hisoblanadi. Shunday qilib, talamus deyarh barcha turdagi sezuvchanlikning po'stloqosti markazi hisoblanadi. Bu yerdan, sezuvchi yoTlaming bir qismi po‘stloqosti yadrolarga boradi (buning oqibatida talamus ekstrapiramida tizimning sezuvchan markazi hisoblanadi), bir qismi esa bevosita po‘stloqqa boradi. Download 36.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling