2. Oraliq miya va miyacha fiziologiyasi. Bosh miya yarim sharlar po`slog`ining fiziologiyasi


Download 36.53 Kb.
bet4/4
Sana07.02.2023
Hajmi36.53 Kb.
#1173234
1   2   3   4
Bog'liq
BOSH MIYA TURLI BO

Yarimsharlaming bazal yadrolari
Oldingi miyaning asosiga yaqin joyidagi oq rang moddasi qavatida joylashgan bir guruh yadrolar - bazal gangliyalar deb nomlanadi. Sut emizuvchi hayvonlaming bazal gangliyalariga uzunasiga kuchli cho‘zilgan va egilgan dumli yadro va yo‘l-yo‘l tana, oqimtir shar va subtalamik yadro kiradi. Hozirgi vaqtda bazal yadroga o‘rta miyaning qora substansiyasi ham kiritiladi.
Dumli va qobiq anatomik jihatdan o‘xshash bo‘lib, ularda oq va kulrang modda almashinib keladi. Bazal yadroning vazifasi harakatlar dasturini aniqlashdir. Yana ba’zi taxminlarga ko‘ra, axborot bosh miya po‘stlog‘ining assotsiativ zonalaridan bir vaqtda miyacha va bazal hujayralarga keladi, ulardan esa talamus orqali harakatlantiruvchi po‘stloqqa keladi. Bu yerda aniqlik kiritilgan dastur orqa miyaning motoneyronlariga uzatiladi. 
Bazal gangliylaming alohida strukturalari o‘rtasidagi bog‘liqlik hali yaxshi o‘rganilmagan. Lekin taxminlarga ko‘ra, fxkr tug‘iladigan assotsiativ po‘stloqdan axborot yo‘l-yo‘1 tanaga keladi, bu yerdan 2 yo‘l bilan tarqaladi, ya’ni:
1) qora substansiyaning neyronlariga va qayta yo4-yo‘l tanalarga, hamda talamusga;
2) rangsiz sharga, so‘ngra pastga tushuvchi (ekstrapiramidali) boshqaruvchi tizimning o‘zak markazlariga, hamda talamusga va uyog‘iga bosh miyaning harakatlantiruvchi po‘stlog‘iga tarqaladi.
Bazal yadrolar shartli reflekslarni hosil qilish va murakkab shartsiz reflekslarni bajarishda qatnashadi. Ular jismoniy ish bajargan vaqtda tanani kerakli holatda ushlab turish va avtomatik harakatlami bajarilishini ta'minlaydi. Bunda asosiy motor vazifasini rangsiz shar bajaradi, yo‘l-yo‘l tana esa uning faolligini boshqaradi. Bazal gangliylar kuch, amplituda, tezlik va yo‘nalish kabi harakat parametrlarini nazorat qiladi. Hozirgi vaqtda dumli yadroning murakkab ruhiy jarayonlar - diqqat, xotira, xatolarni topish jarayonlarini nazorat qilishi aniqlangan










Download 36.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling