2. Oraliq miya va miyacha fiziologiyasi. Bosh miya yarim sharlar po`slog`ining fiziologiyasi
Download 36.53 Kb.
|
BOSH MIYA TURLI BO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta yarimsharlar po‘stlog‘i hujayralarining tuzilishi.
Epitalamus. Embriogenez jarayonida oldingi miya orqa tomonining to‘plamidan (epitalamusdan) epifiz (shishsimon bez) rivojlangan. Tuban umurtqalilarda, masalan minogada, ikkita analogik struktura rivojlanishi mumkin. Miyaning o‘ng tomonida joylashgan bittasining nomi pineal, chap tomondagi ikkinchisiniki
parapineal bez deyiladi. Pineal bez barcha umurtqalilarda mavjud (timsohlar va ayrirn sutemizuvchilardan tashqari). Voyaga yetgan struktura ko‘rinishidagi parapineal bez ayrim guruh umurtqalilarda (minoga, kaltakesak, baqalarda) mavjud. Pineal va parapineal bezlar yorug‘likni qabul qiluvchi a’zo yoki “uchinchi ko‘z” sifatida funksiya qilgan joyda ular ko‘rayotgan obrazlarni emas, balki faqat turli darajadagi yorug‘likni farqlash qobiliyatiga ega. Bunday a’zo sifatida, ular xulq-atvoming ayrim shakllarini aniqlashi mumkin, masalan, kun va tunning almashishi bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur suv qatlamida yashaydigan baliqlaming vertikal migratsiyasini. Suvda va quruqlikda yashovchilarda pineal bez sekretor funksiyani bajaradi. U melatonin gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon, melanoforalarda (pigmetli hujayralarda) pigmentlar egallab turgan maydqnni kamaytirib, ushbu hayvonning terisini oqartiradi. Melatonin qushlar va sutemizuvchilarda ham topilgan bo‘lib, u tormozlovchi samara, xususan, gipofiz gonnonlari sekretsiyasini pasaytiradi, deb hisoblanadi. Bundan tashqari, asab impulslariga gormonlar ishlab chiqarish bilan javob beradigan neyroendokrin qayta o‘zgartiruvchi rolini o‘ynaydi. Metatalamus. Talamusning orqasida ikkita uncha katta bo‘lmagan do‘ngliklar - tizzasimon tanalar mavjud. Hajmi kichkina, lekin ancha aniq ifodalangan medial tizzasimon tana talamus yostiqchasining tagida (undan aniq ko‘rinadigan pushta bilan ajralgan holda) pastki do‘ngchaning qo‘lchasini oldida yotadi. Unda, eshituv sitrmog‘ining tolalari tugaydi, buning oqibatida, u o’rta miya tomonining pastki do‘ngchalari bilan birgalikda eshituv markazi hisoblanadi. Lateral tizzasimon tana kattaroq. Yassi do‘ngcha ko‘rinishida bo‘lib, yostiqchaning pastki lateral tomonida joylashadi. Unda ko‘ruv traktining lateral qismini ko‘proq qismi tugaydi. Shu tufayli, lateral tizzasimon tana yostiqcha va o‘rta miya tomonining yuqorigi do‘ngchalari bilan birgalikda po‘stloqosti ko‘ruy markazi hisoblanadi. Ikkala tizzasimon.tananing yadrolari markaziy yo‘llar orqali mos ravishdagi analizatorlarning po'stloq oxirlari bilan bog‘langan Gipotalamus - oraliq miyaning frlogenetik eski bo’limi hisoblanadi. Gipotalamus miyaning uchinchi qorinchasi tubida va yonlarida joylashgan bo’lib, vegetativ, endokrin va somatik faoliyatlami birlashtirish hamda ichki muhit barqarorligini ta’minlashda juda muhim rol o’ynaydi. Gipotalamusdagi kulrang modda best&guruh yadrolarga bo’linadi. Yadrolaming preoptik guruhi paraventrikulyar, medial va lateral preoptik yadrolardan iborat. Oldingi gumhga kiruvchi supraxizmatik, supraoptik va paraventrikulyar yadrolardagi neyronlaming o’simtalari gipofizning orqa bo’lagiga tushadi. Vetromedial va dorsomedial yadrolar o’rta gumhni tashkil qiladi. Tashqi guruh tarkibida lateral gipotalamik yadro, kulrang do’mboq yadro, orqa gumhni orqa gipotalamik yadrosi, perifronikal yadro va bir necha mamillyar yadrolar kiradi. Bu yadro laming ko’pchiligida (supraoptik va, paraventrikulyar yadrolardan tashqari) aniq chegarasi bo’lmaydi va ular shu tufayli, muayyan faoliyatni boshqaradigan markaz hisoblanmaydi. Shuning uchun ham, gipotalamus ma’lum faoliyatga dahldor sohalarga bo’linadi. Masalan, perioptik va oldingi gurahdagi ba’zi yadro lami gipofiziotrop sohaga birlashtiriladi. Bu sohadagi neyronlar liberin va statinlar ishlab chiqarishadi va adenogipofiz faoliyatni boshqarishda muhim rol o’ynaydi. Yadrolaming medial gipotalamus tarkibiga kimvchi turlarida, ichki muhit o’zgarishini sezuvchi neyronlar bo’lib, ular qonning haroratini, elektrolit tarkibini, garmonlar miqdori o’zgarishini sezib, asl holiga qaytaradigan mexanizmlami ishga soladi. Bu soha, asab va gumoral mexanizmlar yordamida gipofiz faoliyatini boshqaradi. Gipotalamusning lateral sohasida yadrolar bo’lmaydi va bu soha asosan miya stvoliga o’tuvchi tolalardan iborat. XJmuman olganda, gipotalamus miyaning deyarli hamma sohalari bilan bog’langan. Demak gipotalamik sohaga quyidagilar kiradi: ko‘ruv asablarining kesishgan xochlari, gipofiz boshlanadigan voronka, kulrang do‘ngcha va kaudal joylashgan yelinsimon tanalar. Kulrang do 'ngcha III me’dacha pastki devorining toq tola o‘simtasi ko‘rinishida bo‘lib, kulrang moddaning yupqa plastinkasidan iborat. Do‘ngchaningustki qismi ingichka ichi bo‘sh voronkasimon cho’zilgan bo‘lib, uning yakunlangan uchida turkiy egarning chuqurida yotgan gipofiz joylashgan. Kulrang do‘ngchada kulrang moddaning yadrolari joylashgan bo'lib, ular yuksak vegetativ markazlar hisoblanadi va xususan moddalar almashinuvi hamda issiqlikni boshqarishga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘ruv xochi kulrang do‘ngchaning oldida yotadi, ko‘ruv asablarining kesishgan joyida hosil bo'ladi. Yelinsimon tana - ikkita, uchta katta bo‘lmagan, oq rangdagi, noto'g‘ri shar shaklidagi do‘ngchalar bo'lib, o‘rta miyaning yon tomonlarida simmetrik ravishda yotadi. Oq modda qatlami yuzasining tagida har bir tananing ichida ikkita kulrang yadro joylashgan. yelinsimon tana barcha funksiyasi bo‘yicha po‘stloqosti hid bilish markazlariga mansub. Ketmgi gipotalamik soha — miya moddasining uncha katta bo‘lmagan uchastkasi bo‘lib, talamus tagida joylashgan. Unda, qora substansiyadan lateralroq, oraliq miyaga mansub bo‘lgan oval tana yotadi. U ekstrapiramidali tizimning bo‘g‘inIaridan biri bo‘lib, vegetativ funksiyalami ham bajaradi deb hisoblanadi. Gipotalamus alohida sohalarining funksional mohiyati turlichadir (32-rasm). Gipotalamus yadrolari shikastlangan yoki qo‘zg‘algan paytda o‘ta har xil samaralar yuzaga keladi, lekin ulaming barchasi, u yoki bu darajada organizmning vegetativ sohasi bilan bog‘liq. Ko‘rinib turibdiki, gipotalamusda vegetativ funksiyalami integratsiyalovchi yuksak markaz joylashgan bo‘lib, bu funksiyalar keyinchalik, vegetativ asab tizimining parasimpatik va simpatik bo‘limlari tomonidan boshqariladi. Tana haroratini boshqarish mexanizmlari gipotalamik yadrolariga bo‘ysunadi, bunda ulaming ba’zilari issiqlik ajratish jarayonini, ikkinchilari esa issiqlik ishlab chiqarish jarayonini boshqaradi. Gipotalamik neyronlarni ularga oqib keladigan qonning haroratiga sezuvchanligi muhim omil hisoblanadi. Harorat o‘zgargan paytda ushbu neyronlaming fonli faoliyati ham o‘zgaradi. Katta yarimsharlar po‘stlog‘i hujayralarining tuzilishi. Katta yarimsharlar bosh miyaning 80% ini tashkil qiladi. Katta yarimsharlar po‘stlog‘i 5 mm gacha qalinlikdagi kulrang modda qatlamidan tashkil topgan. Neyronlar po‘stloqning hamma yerida ham tekis taqsimlanmaganligi uchun ham po‘stloq sitoarxitektonikasi ajratiladi. Birmuncha bir xil tuzilishga ega bo‘lgan neyronlar alohida qatlam ko‘rinishida joylashadi. Qadimiy, eski va yangi po‘stloq qismlarga bo‘linadi. Qadimiy po‘stloqqa hidlov miya, eski po‘stloqqa - gippokamp, yangi po'stloqqa esa qolgan hamma sohalar kiradi. Neyronlaming tanasi 6 qavatdan iborat. Qavatlaming qalinligi, ulaming chegaralanishi, yangi po‘stloqning turli bo‘limlarida hujayralaming kattaligi, miqdori o‘zgarib turadi. Download 36.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling