O’rta osiyo ekologik muammolar


Download 1.98 Mb.
bet1/4
Sana24.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1394601
  1   2   3   4
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI FANIDAN SLAYD

O’rta osiyo ekologik muammolar

Bajardi : Mutalova Munira

Qabul qildi: Dadayeva G

Orol muammosi


Inson o‘ziga kerakli hamma narsani tabiatdan oladi. Ishlatib bo‘lgan, keraksiz chiqindilarni esa tabiatga chiqarib tashlaydi. Shuning uchun ham tabiat bilan inson o‘rtasida o‘zaro ta’sir to‘xtovsiz davom etadi. Inson hayotining farovonligi, odamlarning sog‘lig‘i, ishlab chiqarishning rivojlanishi tabiiy sharoitga, tabiat boyliklariga, ayniqsa, inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning qanday ekanligiga, ya’ni inson tabiat va uning boyliklaridan qanday foydalanayotganiga, tabiatni qanday muhofaza qilayotganiga bog‘liq.
O‘rta Osiyo — juda katta Yevrosiyo materigining deyarli o‘rta qismida joylashgan, suvlari tashqariga chiqib ketmaydigan berk tabiiy geografik o‘lka. Shu bilan birga sharq va janub tomonlardan baland tog‘lar bilan o‘ralganligi sababli havoga chiqarilgan ifloslovchi moddalar ham tashqariga chiqib keta olmaydi. Binobarin, O‘rta Osiyo ekologik jihatdan ham noqulay, berk o‘lka hisoblanadi.

O‘rta Osiyoda suv tanqisligi ham mavjud. Ayniqsa, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘istonda bu muammo keskin tus olgan. Shuning uchun suvni ifloslanishdan muhofaza qilish, undan tejab foydalanish eng muhim vazifalardan biridir. Suvdan unumli foydalanish uchun daryolarga suv omborlari qurilgan, sug‘orish kanallari qazilgan.

O‘rta Osiyo o‘lkasi uchun Orol dengizining qurib bora- yotgani bir fojia bo‘ldi. Amudaryo va Sirdaryo suvi yangi yerlarni sug‘orishga ko‘plab olinganligi sababli XX asrning 70-yillaridan boshlab Orol sathi pasaydi, maydoni kichraydi. 2010-yilga kelib, dengiz 3 ta kichik ko‘lga aylanib qoldi. Suvi qurigan yerlar sho‘rxok va qumli cho‘l yerlarga aylandi. Bu yerdan shamol sho‘r, chang va qumlarni uchirib, yuzlab km masofadagi yerlarga olib boradigan bo‘ldi. Hozirgi vaqtda Orol va Orolbo‘yini, u yerlardagi aholining ekologik sharoitini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.


O‘rta Osiyo tabiiy geografik va ekologik jihatidan bir butun tabiiy o‘lka bo‘lganligi bu hududdagi davlatlarning tabiatdan o‘zaro kelishib, hamkorlikda foydalanishlarini, tabiatni, ekologik muhitni muhofaza qilishlarini talab qiladi.
O‘rta Osiyoda XIX asr oxiri hamda XX asrning birinchi yarmida hayvonlar rejasiz va shafqatsiz ov qilinishi natijasida ularning bir qancha turlari yo‘qolib ketishi xavfi tug‘ildi. Cho‘llardagi saksovul, yulg‘un o‘tin qilib yoqilishi natijasida bu o‘simliklar kamayib, to‘zima qumlar ko‘paydi. Tog‘lar yonbag‘ridagi archa va boshqa daraxtlar ko‘plab kesilib, bu yerlarda tuproq yuvilishi kuchaydi.
O‘rta Osiyoda tabiatni, uning boyliklarini, noyob tabiat obyektlarini, o‘simlik hamda hayvonlarning yo‘qolib borayotgan turlarini saqlab qolish maqsadida XX asrning 2-yarmidan boshlab qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalar tashkil etildi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling