O'rta Osiyo mutafakkirlarining jahon madaniyatiga qo'shgan ulishi Reja
Download 0.92 Mb.
|
1 2
Bog'liqSardorbek Tursunboyev
XI-XII asrlarda ijtimoiy fanlar ham anchagina taraqqiy etdi. Masalan, shoir Abu Abdullo Rudakiyning prozaik asarlari, Abulqosim Firdavsiyning “Shoxnoma”si, G’ardiziyning “Zaynulaxbor” (“Go’zal xabarlar”) asari, Majiddin Admoning “Tarixi mulki Turkiston” (Turkiston tarixi) “Nizomulmulkning” “Siyosatnoma”si, “Yusuf xos Xojibning” “Kutadg’u bilik” asarlari shu davrga oid bo’lib, undan tashqari shu davrlarda Zamaxshariy, Maxmud Koshg’ariy, Amak Buxoriy, So’zani Samarqandiy kabilar ham ijod etdilar.Bu davr O’rta Osiyo me'morchilik san'ati ham gurkirab rivojlandi. Buxoroda Dehgoron, Masjidi imom Namozgoh, Mag’ohi Attoriy masjidlari, Surxondaryodagi Jarqo’rg’on minorasi, ko’hna Urganch Faxriddin Roziy maqbarasi Marvdagi Sulton Sahjar maqbarasi, Palxojanbobo masjidi va boshqa yodgorliklar me'morchilik san'atining yorqin namunalari hisoblanadi. XIII asrning boshlariga kelib (1206-1215) Mo’sulistonda Chingizxon hukmronligida ko’chmanchi mo’g’ullarning ulkan davlati paydo bo’ldi. Bu davrda O’rta Osiyo hududlarida Xorazmshohlar davlati mavjud bo’lib, o’zaro urushlar va boshbodoqlik oqibatida bu qudratli saltanati inqirozga yuz tuta boshlagan davr edi. Asrlar davomida moddiy va ma'naviy madaniyati rivojlanib kelgan O’rta Osiyodagi ko’pgina shaharlar Buxoro, Samarqand, Xo’jand, Termiz, O’tror, O’zgand, Urganch kabilar vayronaga aylantirildi. Dehqonchilik vohalari xarobazorga aylandi. Mo’g’ul bosqinchilari mahalliy aholiga ham ularning madaniyatiga ham hech bir shavqat qilmadilar Chingizxon bilan Muhammad Xorazmshoh o’rtasida qisqa muddat (1215-1218) elchilik munosabatlari davom etgan bo’lishiga qaramay bu munosabatlar oxir oqibat fojiali tugadi. Mo’gul bosqini davrida inqirozga yuz tutgan fan-adabiyot, ma'rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshladi. XIII asrda Buxoroda , “Mas'udiya va Xoniya” madrasalari qurildi. Jaloliddin Rumiy, Sa'diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy kabilar adabiyot sohasida ijod etdilar. Undan tashqari Abu Umar Mirxojiddin Juzjoniyning “Tabaqoti Nosiriy”, Alouddin Otamalik Juvayniyning “Tarixchi jahon gushay”, (“Jahon fotixiy tarixi”) Fazlulloh Rashididdinning “Jome at-tavorix” (“Tarixlar to’plami”) kabi asarlari yaratiladi. XIV asrning 50-60 yillarida O’rta Osiyoda feodal tarqoqlik g’oyatda kuchayib va ular sonli urushga aylandi. Amir Bayon Qunduz Samarqandda, Amir Xoji Barlos, Keshda, Amir Bayazid Jaloir Xo’jandda, Uljoytu Yulduz Balxda, Muhammad Xo’ja Yazdiy Shibirqonda o’zlarini mustaqil hisoblaganliklari sababli ular o’rtasida doimiy nizolar bo’lib turdi. Natijada davlatni boshqaruv ishlari va xo’jalik hayoti butunlay izdan chiqqan edi. Amir Temur xokimiyati tepasiga kelganidan keyin (1370 yil) u va uning avlodlari davri mamlakatimiz tarixida turli tarixiy ijtimoiy va madaniy jarayonlarga boy davr bo’ldi. Bu davrda O’rta Osiyoda uzoq muddat davom etgan mo’sullar istibdodiga barham berildi. Xususan bu davrda ilmiy-modaniy hayotning gurkirab rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin. Amir Temur tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot tilshunoslik, diniy ilmlarga katta e'tibor berdi. Uning saroyida Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshiy, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Bahriddin Ahmad, Alouddin Koshiy kabi allomalar faoliyat ko’rsatishgan. Amir Temur harbiy yurishlar, davlatni boshqarish ishlaridan bilan birga juda ko’pgina me'moriy obidalar surish ishlarini ham olib bordi. Bu davrda adabiyot sohasida ham samarali ishlar qilindi. Bu jarayonda shoir va davlat arbobi bo’lgan Alisher Navoiyning xizmatlari katta bo’ldi.Undan tashqari Jomiy. Lutfiy, Sakkoniy kabilar o’lmas asarlar yaratdi. Kamoliddin Behzodning rassomlik faoliyati rivojlandi. XIV-XV asrlar O’rta Osiyoda musiqa san'ati taraqqiyotida ham yangi mahsuldor bosqich bo’ldi. Mahoratli sozandalar, bastakorlar, xofizlar orasidan Abdusodir Nayiy, Qulmuhammad Shayxiy, Qosim Rabboniy, Darvish Ahmad Konuniy va boshqalar yetishib chiqdilar.Umuman olganda Temuriylar davridagi madaniy taraqqiyot “Temuriylar uyg’onishi (repessansi)” atamasiga muvofiq keladi. Mavzuga oid adabiyotlar: 1. I.A. Karimov. “Vatan sajdagoh kabi musaddasdir”. Toshkent: O’zbekiston, 1996. 2. I.A. Karimov “O’zbekiston buyuk kelajak sari”. Toshkent :O’zbekiston, 1998. 3. Abdunabiyev A. Vklad v mirovuyu sivilizasiyu. Tashkent: O’zbekiston, 1998. 4. Buyuk siymolar, allomalar (1,2 kitob). Toshkent:“Meros”, 1995-1996. 5. Nizomulmulk. Siyosatnoma. Toshkent: “Adolat”.1997. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling