Mashg’ulot turi: Badiiy adabiyot. Mavzu: Amir Temurning Jayxundan shoshilinch o’tishi. Maqsad
Download 214.89 Kb.
|
A,Temur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyatning borishi: Tarbiyachi
- Tarbiyachi
Mashg’ulot turi: Badiiy adabiyot. Mavzu: Amir Temurning Jayxundan shoshilinch o’tishi. Maqsad: Bolalarning buyuk siymolar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Buyuk siymolardan A.Temur haqida tushunchalar berish. Badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Salom Bolajonlar bugun sizlar bilan buyuk sarkarda, davlat arbobi. A. Temur bobomiz haqida suxbatlashamiz. A. Temur bobomiz buyuk sarkarda hamda odil hukumdor bo’lgan. Ul zot Qashqadaryo viloyatining Xo’ja ilg’or nomli qishlog’ida tug’ilgan, Otasining ismi Amir Tarag’ay Bahodir, Onasining ismi esa Tegina begim edi. Amir Temur bobomiz hukumronlik davrida Ilim – fan, madaniyat, savdo-sotiq, hunarmabndchilik va hunarmandchilik va dehqonchilik nihoyatda revojlanadi. Amir Temur o’z yurti Turkistonda ayniqsa, unung poytaxti Samarqandda shaxrisabiz va Buxoroda go’zal va mustahkam qasirlar, masjit, madrasalar qurdiribdi, Bog’lar bunyot etti. Amir Temur sotqinlik qilishni, yolg’on gapirishni juda yomon ko’rardi. Bolajonlarim Temur bobomiz haqida juda ko’p kitoblar yozilgan sizlar maktabga borib o’qishni, yozishni o’rganib olsangizdan keyin, bu kitoblarni albatta, o’qib chiqasizlar. Temur bobomiz haqidagi kitoblarni teatr tomosholarni ko’rasizlar shunda siz ulug’ bobomiz. A, Temurning qanday odam bo’lganini, nima ishlar qilganini mukammal bilib olasizlar. Bugun sizlarga ,, Amir Temurning Jayxundan shoshilinch o’tishi’’ deb nomlangan asarni o’qib bermoqchiman. Diqqat qiling. Ilgari zamonda Amudaryoni jayxun deb atashgan kunlardan bir kuni Temurning o’z askarlari bilan anashu daryogan o’tishga to’g’ri kelibdi. Daryo to’lib toshib, pishqirib,, hayqirib, oqayotgan ekan. Sekin immilab harakat qilishga fursat yo’q. chunki orqadan dushman quvlab kelayotgan edi. Yigitlar daryo qirg’og’ida nima qilishlarini bilmay, hayron bo’lib, to’xtab qolishibdi. Shunda A,Temur ularga qarab: - Qutulishning bitta yo’li bor hammangiz o’z otingizning yuganini tutib yoliga osilingda, suvga tushing - deb buyruq beribdi. Hamma daryoning hargi qirg’og’ida ko’rinib turgan ulkan daraxt yonida to’planishga vadalashibdi. Otning yolini mahkam ushlab olgan A, Temur: - Imillamanglar – debdi – yu, hayqirib pishqirib, to’lib – toshib, shiddat bilan oqayotgan daryoga birinchi bo’lib tishibdi. Uning orqasidan askarlar ham daryoga hech bir ikkilanmasdan otlanini yolidan ushlagancha tushibdi. Shiddatli suv otlarni uzoq uzoqlarga oqizib ketibdi. Askarlar bir birlarining holidan xabar ololmay qolishibdi. Lekin ularning hammasi daryoning u qirg’og’iga eson – omon o’tishibdi. Kelishilganiday, qirg’oqdagi azim daraxt yoniga asta – sekin to’planibdi. Askarlar o’z sarkardalarining qaliga, tadbirkorligiga qoyli qolishibdi, dushmanning qo’lida o’lishdan, asir tushushdan qutilganliklari uchun quvonishibdi. A,Temur esa yigitlarning qo’rqmas, sabotli, irodali ekanliklaridan ko’p mamnun bo’libdi.
2 – Qo’rqmas va kuchli bo’lishni o’rgandik. Tarbiyachi: Keling bolajonlar sizlar bilan endi o’yin o’ynaymiz.(askar quroli). Jangovor. Men sizlarga qurollar ko’rsataman siz ularni o’tgan qaysi zamonga mansub ekanligini topasizlar. Download 214.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling