O‘rta Osiyo qadimgi davr aholisining yozma manbalardagi talqini
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu. O\'zbekiston tarixi fanidan (1)
O‘rta Osiyo qadimgi davr aholisining yozma manbalardagi talqini Ko‘chmanchi qabilalar va geografik joylashuvi Qadimgi davr aholisining yashash tarzi va mashg‘uloti. Сaгдуллaев A. Қaдимги Ўзбекистoн илк ёзма мaнбaлaрдa. Тoшкент. 1996. 15-22- betlar Сулaймoнoвa Ф. Шaрқ вa Ғaрб. Т oшкент. 1997 20-25-betlar Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. –Т., 2008. 8-30-betlar Шониёзов Қ. Қанғ давлати ва қанғлилар. Т.,1990. 15-32-betlar O‘rta Osiyo хalqlari tarixi juda qadimiy tarixga ega. U qadimgi tosh davrining ashel bosqichiga (bundan 1million -200 ming yil oraligi) borib taqaladi. Bu davrga tegishli arxeologik obidalar O‘zbekiston hududlarida Selung‘ur va Ko‘lbuloq yodgorliklari misolida o‘rganilgan. Sel-Ung‘urda hatto ilk ajdodlarimizning mehnat qurollari bilan birga odam suyak qoldiqlari ham topilgan. U tarixda Fergantrop nomi bilan ma’lum. О‘rta Osiyo xududida yashagan aholi haqida ma’lumot saqlangan eng qadimgi manba bu Avesto hisoblanadi. Uning “Videvdat” kitobida O‘rta Osiyoning qadimgi viloyatlari va xalqlarining nomlari tilga olinadi. Ahomaniy podsholarining qoyatoshlarga bitilgan bitiklarida ham tegishli ma’lumotlar uchraydi. O‘rta Osiyo xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, kiyim-kechagi va ko‘p qirrali hayoti haqida qiziqarli materiallar yunon mualliflari va Xitoy yozma manbalarida ko‘proq uchraydi Baqtriya nomi turli yozma manbalarda turlicha ifodalangan bo‘lsada, ular bir-biriga yaqin ma’noni ifodalaydi: “Avesto”da “Baxdi”, yunon mualliflarida “Baqtriana”, Eron yozma manbalarida “Baqtrish”, Xitoy manbalarida “Daxya”, hind manbalarida “Balhika” tarzida berilgan. Маҳаллий манбаларда «бохтарий» Ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtra nomini Amudaryoning irmog‘i bo‘lgan Balxob daryosi nomi bilan bog‘laydilar Ktesiy asarida Ossuriya podshosi Nin va Semiramida bilan bog‘liq afsona keltirilgan. Knidlik Ktesiy qadimgi yunon tarixchisi mil.avv. V asrning ikkinchi yarmi va IV asrning boshlarida yashagan. U Аrtakserks II saroiyda tabib boʼlib ishlagan. Sitsiliyalik Diodor xabariga koʼra, Ktesiy Eronda 17 yil asrlikda boʼlgan. Shu davrida u saroyda xizmat qilgan. Mil.avv. 397-yilda ona shahri Knidga qaytib kelib, bir necha tarixiy asarlar - “Persika”, “Eron haqida kitob”, “Eron tarixi” kabi asarlar yozgan. Bu asarlar Fotiy va Diodor asarlarida saqlanib qolgan. Ninning butun Osiyoni Taniasdan Nilgacha bo‘lgan hududlarni egallashga ishtiyoqi kuchli edi. Shu sabab, u Midiyaga o‘z do‘stlaridan birini satrap qilib tayinlab, o‘n yetti yil davomida hindlar va baqtriyaliklardan tashqari, butun Osiyo qabilalarini bo‘ysundirdi. Nin Baqtriyaga ikki marta yurish uyushtirgan. Birinchi yurishida mag‘lubiyatga uchragan. U Ossuriyada o‘ziga mustahkam shahar qurdirib, jangga alohida tayyorgarlik ko‘rgach, ikkinchi marta hujum qiladi. Bu jangning tafsilotini Diodor yozib qoldirgan: “Nin o‘ziga qaram bo‘lgan barcha xalqlardan armiya to‘pladi. Ktesiyning ko‘rsatishicha, bir million yetti yuz ming piyoda askar, ikki yuz ming otliq, o‘n ming jang aravalari bilan yurish qildi. Bu misli ko‘rilmagan armiya edi.” Diodor Baqtriya satrapi Oksiart jang qilishga yaroqli bo‘lgan barcha aholini to‘plaganda, faqat to‘rt yuz ming jangchini yig‘a olganligi haqida ma’lumot bergan. Ulkan armiyaga ega bo‘lgan Nin Baqtriyaning ko‘pgina shaharlarini bosib olishga muvaffaq bo‘ladi, lekin poytaxt shahar Baqtrani egallay olmagan. Semiramidaning qo‘llagan taktikasi natijasida Baqtra shahri egallangan. Jangda Baqtriya satrapi Oksiart halok bo‘ladi. Nin Baqtriyaning juda boy oltin va kumushdan iborat xazinasini egallagan Tadqiqotchilar Ossuriyada Nin ismli podsho hukmronlik qilmagan, bu bir afsona deb baholashsada, Ossuriya hududida Nin va Nineveya shaharlari mavjud bo‘lgan. Shuningdek, Semiramida Ossuriya malikasi Shammuramatning yunon tilidagi atalishi hisoblanadi. Nin nomi ham Ossuriya podshosining yunon tilidagi nomlanishi bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Ossuriya tarixida mil.avv. 823-811- yillarda hukmronlik qilgan Shamshiadad V ni afsonada berilgan Nin podshosi bilan qiyoslashadi. Shamshiadad V otasi Salmanasar IIIning harbiy yurishlarini davom ettirgan. Urartu, Midiya va Parsuani egallagan. Shamshiadad Vning Shammuramat (Semiramida) ismli malikasi bo‘lgan. U Shamshiadad V vafotidan so‘ng 5 yil mamlakatni mustaqil boshqargan. Ossuriya shohlari arxivida Ossuriya shohidan ayg‘oqchining yordam so‘rab yozgan nomalari saqlanib qolgan. Unda "... lekin men lazuritni olib ketganimdan so‘ng, mamlakatda (Baqtriyada) bunga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi, shundan so‘ng katta harbiy kuch yuborishni iltimos qildim". Bu ma’lumot ham qadimgi davrda Baqtriya siyosiy maydonda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lganligini va Ossuriyaning Baqtriyani egallashga intilganligini bilish mumkin Ktesiy va Diodorning qoldirgan bu ma’lumoti ham qadimgi davrlarda, ya’ni mil.avv. VIII-VII asrlarda qadimgi Baqtriya davlatining qudratini aks ettiradi Kvint Kursiy Ruf o‘z asarida baqtriyaliklarga quyidagicha ta’rif beradi: “Baqtriyaliklar bu qabilalar orasida eng jangovar va jiddiy, odatlari bo‘yicha forslarga o‘xshamaydi; ular urushqoq skif qabilasi uzoq bo‘lmagan joyda yashashadi.” Bu ma’lumot orqali biz baqtriyaliklarning o‘ziga xos xarakterga ega ekanligining guvohi bo‘lamiz. Sug‘d “Avesto”da “Gava Sug‘uda”, yunon va rim manbalarida “Sogdiana” tarzda berilgan. “Sug‘d” so‘zining etimologiyasi hozirgacha aniq o‘z ifodasini topmagan. V.Tomashek uni “Olov bilan poklangan”, “muqaddas” tarzda bersa, boshqa tadqiqotchilar, qadimgi eroniy tildagi “suxta” so‘zidan olingan va “yonmoq” degan ma’noni beradi deb tahlil qiladilar. Persepol saroyining bo‘rtma tasvirlarida Sug‘ddan kelganlar 8qatorda aks ettirilgan. Ular yetti kishidan iborat bo‘lib, shohga kumush idishlar, ipak matolar, noma’lum hayvon terisi (Sher bo‘lsa kerak) va ikki qo‘yni yetaklab kelayotgani tasvirlangan. Naqshi Rustam darasidagi Doro I maqbarasida ham unga bo‘ysungan xalqlarning tasvirlari bo‘rtma tarzda ifodalangan. Unda sug‘dliklar va baqtriyaliklar deyarli bir xil tarzda kiyim kiyganlar: belbog‘li ko‘ylak, boshlarida do‘ppiga o‘xshash bosh kiyim. Sug‘dliklar uzun tor ishton, baqtriyaliklar baland qo‘njli uchi yuqoriga ko‘tarilgan etik kiyib, cholvorni unga tiqib qo‘yganlar. Tasvirda O‘rta Osiyodagi qabilalarning barchasi soqolli va belida akinak bilan aks ettirilgan. Sug‘dliklar va baqtriyaliklarning soqoli boshqalarga nisbatan uzunroq qilib tasvirlangan. Sug‘dliklarning ozodlikni qadrlashi va o‘z mustaqilliklarini har narsadan ustun qo‘yishlarini Kvint Kursiy Rufning quyidagi xabari ham tasdiqlaydi: “Sug‘dliklardan asirga tushgan 30ta baquvvat, sog‘lom zodagonlarni podsho oldiga olib kelishdi; ular tarjimonlar orqali podsho buyrug‘i bilan o‘limga hukm qilinganliklari haqida bilib olishdi, shunda ular quvnoq qo‘shiq va ajabtovur harakatli o‘yinlari bilan o‘zlarining ruhan juda kuchli ekanliklarini ko‘rsatdilar. Podsho, ularning o‘limni kutib olishdagi mardonavor turishi va ularning mardligidan hayron qoldi, ularni qaytarishga farmon berdi. Ulardan nima uchun o‘limdan oldin bunchalik xursandligini so‘radi. Ular javob berdi, agar ularni boshqa odam o‘limga hukm qilganda qayg‘urishar ekan, lekin barcha qabilalarni o‘ziga bo‘ysundirgan buyuk podsho tomonidan ajdodlarining oldiga yuborilishi ular uchun faxrli o‘lim hisoblangan, shuning uchun ular qadrdon quvnoq qo‘shiq kuylaganlar va xursandchilikda faxrli o‘limni bayram qilganlar, bu barcha mardlarning istagi ekanligini ham aytishgan. Shunda podsho so‘radi: “Yana yashashni sizlar xohlaysizlarmi, agar men sizlarga uni sovg‘a qilsam, lekin mening dushmanim sifatida emas?”. Ular javob berdilar, ular hech qachon uning dushmani bo‘lmagan, lekin urushga tortilganliklari uchun dushmanga aylanganlar. Agar kimki ularning ishonchini sinab ko‘rmoqchi bo‘lsa, adolatsizlik bilan emas, ular o‘zlarining sodiqligi bo‘yicha hech kimdan qolishmas ekanlar. Ularning sodiqligiga nima kafolat bo‘ladi degan savolga, ular javob berdilar: Aleksandr tomonidan berilgan hayot va ular uni qachon u (Aleksandr) xohlasa qaytaradilar. Va ular o‘z so‘zlarida turdilar. Uylariga qaytganlari xalqni itoatda saqladilar, podshoning tana soqchisi bo‘lgan 4tasi, sodiqlikda makedonlardan hech ham qolishmagan”1. Bundan biz sug‘dliklarning adolatsizlikni toqat qila olmaydigan, bir so‘zli, mard insonlar bo‘lganliklari haqida xulosa berishimiz mumkin. Bu voqealar mil.avv. 329-yilda bo‘lib o‘tgan edi. n berdi. “Xorazm” so‘zi qadimgi Eron tilida “Xvarazmi” ((H)uvārazmi), yunon manbalarida “Xorasmiya” va Ktesiy asarida “Xoramniy” tarzda berilgan. “Avesto”ning “Mixr-yasht-X” “Xvarizam” sifatida tilga olingan. I. M. Dyakonov va V. Geyger “Xorazm” so‘zi etimologiyasini talqin qilib, “Xvarizem” – “xvara” – ovqat, ya’ni hosildor yer yoki “xvar” – “quyosh” bo‘lishi ham mumkin degan xulosani beradilar. S.P.Tolstov o‘z tadqiqotida bu so‘zning ma’nosini xurrit qabilalari bilan bog‘laydi. Lekin keyingi davrlardagi tadqiqotlarda “Quyoshli o‘lka” degan ma’nosi ko‘p e’tirof etilmoqda. Persepol saroyining bo‘rtma tasvirlarida Xorazmliklar o‘n yettinchi qatorda tasvirlangan bo‘lib, ularning qo‘llarida xanjar, jangovar harbiy bolta, bilaguzuk va ot bilan aks ettirilgan1. Xorazmliklar va saklarning kiyimi bir xil tasvirlangan: egnilarida yoqasiz uzun chakmon, uzun, tor ishton va ko‘ylagining etagiga jiyak taqilgan. Boshlariga iyagi ostidan tang‘ib qo‘yilgan quloqchinga o‘xshagan bosh kiyim kiyishgan. Belida uzun xanjar va barchasi soqol bilan tasvirlangan Strabon “Geografiya” asarida xorasmiylarni massaget qabilalaridan biri deb ko‘rsatadi. Strabon bu ma’lumotni Eratosfendan olgan: “Massagetlar va saklar tarkibiga atasiy va xorasmiylar ham kiradi.... Eratosfen so‘zlariga qaraganda, araxotlar va massagetlar baqtriyaliklardan keyin Oks daryosining g‘arb tomonida yashaydi” Xorasmiylarning massaget, sak qabilalaridan biri ekanligini Persepol saroyining bo‘rtma tasvirlarida xorasmiylarning kiyimlari saklarnikiga o‘xshash qilib tasvirlanganligi ham asoslaydi. Demak, bu ma’lumotlar orqali quyi Amudaryo bo‘yilarida yashagan xorazmliklarda ikki xil xo‘jalik turi, ya’ni chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar iste’qomat qilganligi bilan izohlash mumkin. Vizantiyalik Stepan asarning boshqa joyida yana quyidagicha ma’lumot bor: “Xoramniylar, eron xalqining yovvoyi odamlari – Ktesiy “Eron tarixi”ning X kitobida yozadi, yovvoyi odam shu qadar chaqqonki, u bug‘uni ham ta’qib qilib tutib oladi”. Bu masalani tadqiq qilgan I.V.Pyankov “yovvoyi odam” tushunchasining xoramniy (xorasmiylarga) aloqasi yo‘q deb beradi. Bu odamlarni hind tog‘larida yashaydigan odamlar bilan bog‘laydi. Bu faqat anglashilmovchilik bo‘lishi mumkin, balki Vizantiyalik Stepanga ham Ktesiy ma’lumoti to‘liq holda yetib kelmagandir deb izoh beradi olim. Aleksandr Makedonskiyning bosqini davriga oid Xorazm haqidagi ma’lumotlar Arrian va Kvint Kursiy Ruf asarlarida saqlanib qolgan. Yunon tarixchisi Arrianning “Aleksandrning yurishlari” asarida quyidagicha ma’lumotlar berilgan: “... Shu paytda Aleksandr oldiga xorasmiylar shohi Farasman bir yarim ming otliq bilan keldi. Farasman kolxlar va amazonka qabilalari bilan qo‘shni bo‘lib yashashini aytdi va bir yo‘la Evksin dengizi (Qora dengiz) bo‘yida yashovchi qabilalarni ham bo‘ysundirishni xohlasa, unga yo‘lboshchi bo‘lishi va jangchilar uchun zarur narsalarni tayyorlashini bildirdi. ... Farasmanga u (Aleksandr) tashakkur bildirib, u bilan do‘stlik ittifoqini tuzdi, lekin u Pontudlyaga borish vaqti emasligini bildirdi. U Farasmanni Baqtriya boshqaruvchisi fors Artabazga topshirib, ularni vataniga kuzatib qo‘yishni topshirdi Bu voqea rimlik tarixchi Kvint Kursiy Ruf asarida boshqacha talqin qilingan. Uning “Buyuk Aleksandr tarixi” nomli asarining sakkizinchi kitobda quyidagi ma’lumotni bergan: “Fratafern, xorasmiylar hukmdori, qo‘shnilari massagetlar va daxlar bilan birlashib, o‘zining bo‘ysunganligiga ishontirish uchun podsho (Aleksandrga) oldiga odamlarini yubordi Са́ки ( др.-перс. Sakā, др.-греч. Σάκαι [2] , лат. Sacae) — собирательное название группы кочевых и полукочевых племён I тыс. до н. э. — первых веков н. э. в античных источниках. этимология спорна: от др.-иран.*spaka или *śván – «собака», С. – «со- баки, сторожевые собаки (скота)»; сопоставимо с осет. sag – «олень», вероятно, тотем С. (В. И. Абаев ); от иран. sak – «могущественный, сильный, умелый» (в Ригведе: su-śáka – «мужи»); и др. И древними авторами, и современными исследователями саки, наряду с массагетами , считаются восточными ветвями скифских народов [16] . Первоначально саки, видимо, тождественны авестийским турам ; в пехлевийских источниках под турами понимаются уже тюркские племена. В ахеменидских надписях «саками» называются все скифы. Саки считаются потомками носителей древностей срубной и алакульского варианта андроновской культур [18] . Именно на основе андроновского антропологического типа формируется сакское население Средней Азии. Таким образом, антропологические данные подтверждают заключение о преемственности культуры ираноязычных саков и савроматов с андроновской, полученное ретроспективным методом [19] . С.-тиграхауда (с острыми шапками или шлемами; греч. ор- токорибантии; возможно, они же – массагеты ортокарибанты), С.-хаумаварга (почитающие напиток хаома; греч. амюргии); С.-парасугдам (за Согдианой ), С.-парадрайя (за морем или рекой; возможно, скифы ). Ско- рее всего, С. в широком значении персы называли всех сев. кочевников. Вероятно, С. идентичны туранцы (Tŭra в Аве- сте ), эпич. враги оседлых иранцев. Археологич. памятники, соотносимые с С., входят в сако-массагетского круга культу- ры . Massagetlar ittifoqi mil.avv. 7 -5 asrlarda tashkil topgan. Unga bir necha sak qabilalari kirgan. Massagetlar ma’nosi- maza-geta, ulug‘ getlar (Dax qabilari g‘arbida shu nomdagi qabilalar yashagan. ) Boshqacha taxmin ham bor – mas- saka-ta katta saklar to‘dasi . Xorazmiylar –Amudaryoning quyi oqimidan Sultonuizdag tog‘larigacha Sug‘diylar –Zarafshon havzasida Parikaniylar-Farg‘ona xududlarida (Sirdaryoning yuqori oqimi) Baqtrlar bohtariylar O‘zbekistonning janubi Apasiaklar (pasiki, abiya, skiflar, saka-tiay-tara-darayya)- Sariqamish va Jonidaryo xududlarda yashagan O‘rta Osiyoning janubida saka-xaumavarka, skif-amyurgiya Derbeklar-Chorjo‘y va Buxoro xududlarida Toharlar (daglar, dahlar, dailar) Atrek daryosi havzasidagi Quvondaryo bo‘ylarida yashagan. Keyin Dehistonga ko‘chganlar Asiylar (yatiy, asian, yaksartlar) Sirdaryoning o‘rta oqimi qisman Yettisuvda yashaganlar Augasiylar (augallar, attasiylar) Sirdaryoning quyi oqimida yashagan. . Persepol saroyidagi bo’rtma rasmlarda Ahamoniylar podshosiga o’lpon olib kelayotgan turli satrapliklarning vakillari (28 turli xalq) tasvirlangan. Baktriyaliklar idishlar va ikki o’rkachli tuyalar bilan tasvirlangan, saklar otlar va qandaydir buyumlar olib ke- lishmokda, so’g’diyonaliklar ikkita ikki o’rkachli tuya yetaklab, ko’llarida jom ko’tarib olishgan, xorazmliklar esa qilichlar, bilaguzuklar va otlar bilan kelishmokda. Naqshi Rustam darasidagi Doro I maqbarasida ham unga bo‘ysungan xalqlarning tasvirlari bo‘rtma tarzda ifodalangan. Unda sug‘dliklar va baqtriyaliklar deyarli bir xil tarzda kiyim kiyganlar: tanasiga yopishib turgan belbog‘li ko‘ylak, boshlarida do‘ppiga o‘xshash bosh kiyim. Sug‘dliklar uzun tor ishton, baqtriyaliklar baland qo‘njli uchi yuqoriga ko‘tarilgan etik kiyib, cholvorni unga tiqib qo‘yganlar. Tasvirda O‘rta Osiyodagi qabilalarning barchasi soqolli va belida akinak bilan aks ettirilgan. Sug‘dliklar va baqtriyaliklarning soqoli boshqalarga nisbatan uzunroq qilib tasvirlangan. Axamoniylar hukumronligi davrida O’rta Osiyo xududida katta ijtimoiy- iqtisodiy o’zgarishlar sodir bo’lgan. Yagona davlat tarkibida yagona pul, soliq sistemasi shakllangan. Oromiy tili davlat tili bo’lgan. Umumiy davlat qonunchiligi joriy etilgan. Lekin har bir halqning o’z qonunlari amalda bo’lgan. Miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalarida O‘rta Osiyo aholisining hayotida tub ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiy hayotda hunarmandchilik yuksak rivoj topdi va dehqonchilik xo‘jaligidan ajralib chiqdi. hunarmandchilik savdo bilan birgalikda shahar hayotining iqtisodiy asosini tashkil etdi. hunarmandchilikning barcha jabhalarida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Kulolchilik mahsuloti o‘z mohiyati bilan tovar xarakterini oldi. Hunarmandchilikning boshqa sohalari-zargarlik, to‘qimachilik, metall bilan ishlash, uy-joy va ijtimoiy-diniy xarakterdagi me’morchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa mudofaa inshoatlari qurilishiga e’tibor kuchaydi. O‘rta Osiyoda dehqonchilik madaniyatini sun’iy sug‘orishsiz tasavvur etish mumkin emas. Shu boisdan sug‘orish inshoatlari qurilishiga, birinchi navbatda, katta miqyosdagi magistral kanallar qurish ishga katta e’tibor berildi. Bu davr ijtimoiy hayotida erkin jamoa-xo‘jaligi jamiyat taraqqiyotida asosiy bug‘inga aylandi. Ibtidoiy jamoa mulkiy tengsizlik jamoa a’zolari orasida sinfiy tabaqalanish jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda edi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling