O`rta osiyo XVIII-XIX asrlar tarixshunosligi


Download 375.48 Kb.
bet3/4
Sana02.05.2023
Hajmi375.48 Kb.
#1421689
1   2   3   4
Bog'liq
SHAMSIDDINOV R. O`rta osiyo XVIII-XIX asrlar tarixshunosligi

Tanqidiy matn tuzgan, so'zboshi yozgan, 1967 yili Toshkentda «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asarini nashr ettirgan tadqiqotchi A.M. Akramovning fikricha esa, kitob muallifi Muhammad Solihdir3. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi. «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asari dunyo miqyosida ikki nusxada topilgan. Birinchi qo'lyozma mamlakatimiz FA Sharqshunoslik ilmgohining Leningrad bo'limida (V — 745: 147 1) va ikkinchi qo'lyozma Britaniya muzeyida (OR. 32226; 148 1.) saqlan-adoqda. Qo'lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz ahvolda — mazmunda chalkashliklar, xatolar bor. A. Akramov o'z asarida bu kamchiliklarni tuzatishga urinsada, hanuz, ba'zi vdraqlar o'rni chalkashgan, ba'zi voqealarning qaytarilishi uchraydi.

Shayboniylar sulolasidan, Xiva xoni (1645-1663) va yirik tarixchi. olim, tabib. Habash sulton va Ilbors sultonlar otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal'iga kamadilar. Otasining tarafdorlari bo'lgan Isfandiyor Eronga Abulg'ozi sulton esa Buxoroga Imomqulixon (1611-1642) huzurida qochdi. 1623 yilda Isfandiyorxon bilan o'rtalarida nizo qichib, 1627 yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochib bordi, so'ng ikki yil Toshkent hokimn Tursuvxon huzurida bo'ldi. Ko'p o'tmay, xivalik turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Isfandiyor uni Xiva hoknmi etib tayinlashga majbur bo'ldi. 1629 yilda Xiva turkmanlari Eronga tobe bo'lgan Niso va Durunta bosqin qildilar.

Isfayadiyorxon Xivaning Eron bilan munosabatlarining buzilib ketishidan cho'chib aybni butunlay Abulg'ozi sultonga to'nkadi va uni 1630 yilning qishida Eron podshosi shoh Safi I (1629—1642) huzuriga garov tariqasida jo'natdi. Abulg'ozi sulton shu tariqa o'n yil Eronda, Isfahon yaqinida joylashgan Taborak qal'asida qamoqda yashadi. 1639 yilning yozida u tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo'ldi. 1641 yilning o'rtalarigacha Abulxon va Mingqishloqda istiqomat qildi. 1643 yilda orollik o'zbeklar uni xon qilib ko'tardilar. Oradan ikki yil o'tgach, Abulg'ozi sulton Xiva taxtiga o'tirdi.


Isfayadiyorxon
1910 - 1918 yillari xiva xoni. Xiva xonligining o'zbek qo'ng'irot qavmidan o'n ikkinchi xukumdori.

Download 375.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling