O‘rta Osiyoda arxivlar va arxiv ishining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixidan Reja


Download 36.35 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi36.35 Kb.
#1458548
1   2   3
Bog'liq
‘rta Osiyoda arxivlar va arxiv ishining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixidan

Muammоli savоl: Mustamlaka Turkistоnda arхiv ishida qanday nuqsоnlar mavjud edi?

Turkiston o‘lkasidagi boshqa muassasalarning arxivlari bundan ham yomon ahvolda bo’lgan. Masalan, 1907-yilda Sirdaryo viloyat arxivi joylashgan xona yaroqsiz va buzishga loyiq, deb topildi. Bu arxivdagi 2 mingdan ortiq hujjatning aksariyat qismi amaldorlar hamda hujjatlarni saralash va yo‘qotish uchun tuzilgan maxsus komissiya a’zolari tomonidan yo’q qilindi.
Qolgan viloyatlarda ham arxiv ishi shunga o'xshash holatda bo’lgan. Viloyat mahkamalarida, garchi materiallar soni va salmog‘i ancha bo‘lsa-da, arxivlar uchun maxsus odamlar ajratilmagan edi. Faqat, 1881-yilda Kaufmanning “ojizona hisobot loyiha”sida viloyat boshqarmalarida "jurnalist” (“arxivarius" va ekzekutor) lavozimini ta’sis etish masalasi qo‘yiladi.
Graf K.Palen 1908-1909-yillarda Turkiston o‘lkasini taftish qilib, o‘z hisobotida uyezd idoralarida ham arxiv ishlari yomon ahvolda ekanligini qayd etadi. Jumladan, Andijon uyezd boshqarmasida arxiv hujjatlari tomi loysuvoq, pastqam, zax qaznoqda saqlanar edi. Binoning omonatligi bois 1902-yilning dekabrida sodir bo‘lgan zilzila paytida uning tomi ag‘anab tushib, hujjatlar loy va tuproqqa qorishib ketadi. Natijada ularni yo‘q qilib yuborishdan boshqa chora qolmaydi.
Taftish bo‘yicha hisobotda ayrim hujjatlar, hatto ba’zi uyezd mahkamalarida butun-butun yig‘majildlar yo‘qolayotganligi aytiladi. Taftishchilar Samarqand, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda ko‘pgina volost idoralari mirzolari mahkamaviy tartib haqida hech qanday tasavvurga ega emas, degan xulosaga keldilar. Jumladan, kelgan va ketgan xatlar ro‘yxat qilib borilmagan, tugallangan yig’majildlarga qayd-yozuvlar qo‘yilmagan edi. Mahalliy amaldorlar – qozilar, biylar, oqsoqollarning hujjatlari joylarda 1917-yilga qadar saqlandi, lekin keyingi voqealar, ya’ni inqilob va istiqlolchilik harakati davrida ularning ko‘pi yo‘q bo‘lib ketdi.
Shunday qilib, Rossiyasi imperiyasi mustamlakachiligi davrida arxiv hujjatlarini saqlash yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan edi. Lekin bundan qat’i nazar, bizgacha yetib kelgan hujjatli materiallarda Turkiston general-gubernatorligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini qamrab olgan talay ma’lumotlar mavjud. Bu haqda O‘zbekiston Milliy arxivining inqilobdan oldingi fondlari guvohlik beradi. Ular XIX asrning ikkinchi yarmidan to 1917-yilgacha bo‘lgan davr tarixini o‘rganishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur fondlar o‘lkaning o‘sha davrdagi ma’muriy tuzilishi, Rossiyaning Afg‘oniston, Eron, Buxoro va Xiva bilan diplomatik va iqtisodiy munosabatlari, o‘lkada tog‘-qazilma boyliklari va paxtani qayta ishlash sanoatining vujudga kelishi va xalq maorifining ahvolini teran o‘rganish imkoniyatini beradi. Arxivdagi O‘rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik kurashi, ilg‘or rus olimlarining Turkistondagi faoliyati haqidagi materiallar, shuningdek, general-gubernatorlik fondidagi ko‘plab boshqa hujjatlar ilmiy-tarixiy jihatdan g’oyat qimmatlidir.



Download 36.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling