O’rta Osiyoda keng tarqalgan so’fiylik maktablari
Tasavvuf, ya'ni so`fiylik
Download 1.17 Mb.
|
O’rta Osiyoda keng tarqalgan so’fiylik maktablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAQIQAT
Tasavvuf, ya'ni so`fiylik islom dini asosida shakllangan diniy-fajsafiy oqim bo`lib, poklangan, zohid, taqvodorlik ma'nosini anglatadi. Uning asosida bu dunyo lazzatlarida voz kechish orqali Ollohga yetish, uni bilish, u bilan birlashish yo’lini qidirish yotadi. Sufiylik, Qur’on va shariat talablarini albatta so`zsiz bajarish, o`zini Xudoning quli deb bilish kabilar, o’z xohishi bilan poklanib, Ollohga, ruhiy ma'naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi. Tasavvuf ta'limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi.Tasavvufda ruhni kamolotga, uning so`nggi maqsadi Ollohga erishuv yo`llari to`rt bosqichdan iborat: birinchi bosqich-SHARIAT deb ataladi, unda avvalambor, shariatning barcha talablarini bajarish va unga bo`ysunish talab etiladi. Ikkinchi bosqich-TARIQAT deb ataladi. Unda murid o`z shaxsi istaklaridan voz kechib, o`zini pir ixtiyoriga topshirishi kerak. Uchinchi bosqich-MA'RIFAT bo`lib, unda so`fiylar koinotning birhgi Xudoda mujassam bo`lishini, yaxshilik va yomonlikning nisbatini aql bilan emas, qalb orqali anglab olishlari kerak bo`ladi. To`rtinchi bosqich HAQIQATdir.O`rta Osiyo hududida birinchi vujudga kelgan so`fiylik oqimi YassaviylikdirBu oqimga 1 105 yilda Yassa (Turkiston) shahrida tug`ilgan Ahmad Yassaviy asos solgan. Ahmad Yassaviy Buxoroda Yusuf Hamadoniydan ta'lim olgach, yana Ona shahri Turkistonga qaytib keladi va shogirdlar tarbiyasi masalasi bilan shug`ullanadi. Madrasa va xonaqolar qurdiradi. Yassaviy ta’limotining asoslari turkiy tilda yozilgan "Devoni Hikmat" asarida bayon etilgan. U O`troq va ko`chmanchi turkiy xalqlar orasida o`ufiylik ta’limotini targ`ib qilishda muhim ahamiyat kasb etgan. Yassaviy tariqatining boshqa tariqatlarda bо`lganidek, o`ziga xos qoidalari bor. Ular: 1.Murid hech kimsani o`z shayxidan afzal ko`rmasligi, unga mutlaqo taslimiyat izhor etmog`i lozim. 2.Murid shunchalik zukko va idrokli bo`lishi kerakki, to o`z shayxining barcha ramz va ishoralarini mukammal anglay olsin.Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling