O’rta Osiyoda keng tarqalgan so’fiylik maktablari
Download 1.17 Mb.
|
O’rta Osiyoda keng tarqalgan so’fiylik maktablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’fiylik ta’limoti
O’rta Osiyoda keng tarqalgan so’fiylik maktablari23-31 GURUH TALABASI ATAJANOV AZAMATREJA:
So’fiylik ta’limotiSo’fiylik ta’limotiSo’fiylik ta’limoti VIII asr oxiri va IX asr boshlarida paydo bo’lib, butun musulmon mamlakatlari, shu jumladan, Movarounnahrda ham keng tarqalgan. So’fiylik butun SHarq ma’naviy hayotida inson kamoloti xususidagi g’oyalarning shakllanishida muhim rol o’ynaydi.So’fiylik musulmon sharqi xalqlarining ko’p asrlik ma’naviy hayotining g’oyaviy asosini belgilab bergan ta’limot bo’lib maydonga chiqdi. U ilohiy poklik va insoniy go’zallikni idrok etish yo’li, haq va haqiqatni himoya qilish vositasi bo’lib xizmat qildi. So’fiylik ko’p qirrali oqim bo’lib, “sof”, “yagona” so’fiylik hech qachon bo’lmagan. U turli ko’rinishlar, oqimlar tarzida namoyon bo’lgan. Ammo har biri ham inson takomili muammosiga turlicha yondoshib, uni o’ziga xos yo’l, qarash asosida talqin etgan. So’fiylik ta’limoti g’oyalariga e’tiqod va amal qiluvchi kishilar so’fiylar deb nomlanadi.Tasavvuf, ya'ni so`fiylik islom dini asosida shakllangan diniy-fajsafiy oqim bo`lib, poklangan, zohid, taqvodorlik ma'nosini anglatadi. Uning asosida bu dunyo lazzatlarida voz kechish orqali Ollohga yetish, uni bilish, u bilan birlashish yo’lini qidirish yotadi. Sufiylik, Qur’on va shariat talablarini albatta so`zsiz bajarish, o`zini Xudoning quli deb bilish kabilar, o’z xohishi bilan poklanib, Ollohga, ruhiy ma'naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi. Tasavvuf ta'limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi.Tasavvufda ruhni kamolotga, uning so`nggi maqsadi Ollohga erishuv yo`llari to`rt bosqichdan iborat: birinchi bosqich-SHARIAT deb ataladi, unda avvalambor, shariatning barcha talablarini bajarish va unga bo`ysunish talab etiladi. Ikkinchi bosqich-TARIQAT deb ataladi. Unda murid o`z shaxsi istaklaridan voz kechib, o`zini pir ixtiyoriga topshirishi kerak. Uchinchi bosqich-MA'RIFAT bo`lib, unda so`fiylar koinotning birhgi Xudoda mujassam bo`lishini, yaxshilik va yomonlikning nisbatini aql bilan emas, qalb orqali anglab olishlari kerak bo`ladi. To`rtinchi bosqich HAQIQATdir.Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling