Illyustratsiya


Download 14.76 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi14.76 Kb.
#1195842
Bog'liq
ILLYUSTRATSIYA


ILLYUSTRATSIYA (lot. illustratio — yoritish, koʻrgazmali tasvirlash) — tasviriy sanʼatning adabiy asar (kitob, jur., gaz.) ning obrazli talqini b-n bogʻliq sohasi. Matnga qoʻshimcha tarzda uning mazmunini obrazli yoritishga, toʻldirishga xizmat qiladi. Ilk qoʻlyozma kitoblar paydo boʻlgan davrlarda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻlyozmalar mi-niatyuralar bilan bezatilgan, kitob nashr etish va ksilografiyaning yuzaga kelishi Illyustratsiyani grafshapshnt yetakchi sohasiga aylantirdi. Xitoyda 6—7a. larda dastlabki ksilografiyaga oid Illyustratsiya, 16-a. oxirida rangli gravyura yuzaga kelgan. Yaponiyada kitob grafikasi 17-a. boshlarida paydo boʻlgan, gullab yashnagan davri 18 — 19-a. boshlariga toʻgʻri keladi. Yevropada (15-a.) I. miniatyura sanʼati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan, diniy, didaktik, keyinchalik insonparvar gʻoyalarni tarqatuvchi vositaga aylangan. 16-a. oxiriga kelib Illyustratsiya mustaqil kompozitsiya ga aylandi, alohida varaqqa ishlanib, matnga yopishtirilgan. 18-a. da Illyustratsiya bilan kitobning aloqasi mustahkamlandi, rang-barangligi ortdi, usul va uslublari kengaydi, turkum bezaklar yaratish qoidalari rivojlandi. 18—19a. lar chegarasida tasviriy vosita — koʻndalang, kesmali gravyura va litografiya yuzaga keldi; 19-a. uchun tugallangan Illyustratsiya — alohida varaqlardagi kompozitsiyalar hamda matndagi yengil chizgilar xos boʻldi. 20-a. ga kelib rassomlar bir adabiy matnga turlicha yondoshib, uni turlicha talqin eta boshladilar.
20-a. 20-y. laridan Illyustratsiya gʻoyaviy va estetik tarbiya vositalaridan biri sifatida muhim rol oʻynadi, texnik imkoniyatlari kengaydi; ksilografiya, rasm taraqqiy etdi, fotomontaj yuzaga keldi, plakatchilik xususiyatlari na-moyon boʻldi, kitob va Illyustratsiya birligi kuchaydi, bolalar kitobi Illyustratsiyasi rivojlandi. Koʻpvaraqli turkumlarni yaratilishi Illyustratsiyani dastgohli grafika bilan yaqinlashtirdi.
Sharqda, jumladan oʻzbek sanʼatida Illyustratsiya ishlash qadimdan mavjud boʻlgan. Oʻrta ayerlarda klassik shoirlarning asarlariga Illyustratsiya ishlash keng tarqalgan. Ka-moliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Murod Samarqandiy va b. mohir rassomlar shu sohada samarali ijod qilib, Alisher Navoiy, Bobur va b. klassik shoirlarning asarlarini nafis miniatyuralar bilan bezagan. Biroq oʻzbek Illyustratsiya sining haqiqiy rivoji 20-a. ga toʻgʻri keladi. Bu davrda oʻzbek Illyustratsiyasi uslub va usul jihatidan boyidi, tur va janrlari kengaydi. Usto Moʻmin (A. Nikolayev), ʼ. Kaydalov, L. Abdullayev, V. Kedrin, Ch. Ahmarov, I. Ikromov, Q. Basharov va b. rassomlar shu sohada samarali ijod qildi. Oʻzbekistonlik rassomlar badiiy, siyosiy va bolalar adabiyoti asarlarining zamonaviy va goʻzal be-zalishiga samarali hissa qoʻshmoqda.
Ilmiynazariy matn (makala, kitob va risola) larning mazmunini obrazli yoritadigan, maʼruzalarda fikrni tasavvur qilishga yordam beradigan koʻrgazmali tasvirlar (reproduksiya, fotosuratlar, turli chizmalar) ham Illyustratsiya deb ataladi.
Download 14.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling