O’rta Osiyoda milliy chegaralanish va uning oqibatlari Reja: Kirish Milliy siyosatning olib borilishi 2
Milliy-hududiy chegaralanishning oqibatlar
Download 59.43 Kb.
|
O’rta Osiyoda milliy chegaralanish va uning oqibatlari- tugrisi
Milliy-hududiy chegaralanishning oqibatlar
Ma’lumki, O‘rta Osiyo hududida qadim-qadimdan tili, dini, tarixi, madaniyati, an’analari bir-biriga juda yaqin va mushtarak qardosh va qondosh xalqlar yashab kelganlar. Bu yerda istiqomat qilgan o‘zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlarning xo‘jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o‘xshash bo‘lib, shu muqaddas ona zaminni o‘zlarining asl Vatanlari deb bilganlar. «Biz ildizi, tomirlari bir xil xalqmiz», degan g‘oya azaldan avloddan avlodga o‘tib keladi. Bu g‘oya doimo hudud yaxlitligi, birligiga xavf tug‘ulganda kuchli, yengilmas tushunchaga aylangan, xalqlarning bir-biridan ajralib, uzoqlashib ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Ular hamisha bir-birlariga og‘a-ini, quda-anda bo‘lganlar. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Bizning otabobolarimiz ham, momolarimiz ham bir». Biroq, afsuslar bo‘lsinki, pixini yorgan sovet hokimiyati arboblari qondosh va jondosh, tarixan bir yagon hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ularning birlashib davlat tuzishlariga izn bermaslik uchun butun choralarni ishga solib borganlar. Bundan kuzatilgan bosh maqsad — o‘lka xalqlarining birlashuviga, o‘z istiqlolini va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu asosda Markazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsadda Turkistonni milliy o‘ziga xoslik, til birligi asosida bo‘lib tashlash g‘oyasi ilgari surildi. Markazning hukmronlik irodasini bajarishga da’vat etilgan Turkiston ishlari bo‘yicha maxsus komissiya — Turkkomissiya zimmasiga o‘lkada milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish va shu asosda bu hududda bir qator sovet respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklangan edi. RKP(b) Markazqo‘mi kotibi Y.E. Rudzutak bu sohaga bosh mutasaddi etib belgilangan edi. Markaz mo‘ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo‘lgan Turkistonning ilg‘or ziyolilari uzoqni ko‘ra bilgan donishmand arboblari o‘lka birligi, yaxlitligini, uning qardosh xalqlari jipsligini zo‘r berib himoya qilishga urindilar. Biroq o‘lka jilovini qo‘lda mahkam tutgan bolshevik mutasaddilar ularning haqqoniy fikrlarini hisobga olmadilar. Bugina emas, yagona va mustaqil Turkiston g‘oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar millatchilikda, turkparastlikda, islomparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda ayblandilar va qoralandilar. Shunday qilib, O‘rta Osiyoni milliy-hududiy jihatdan alohida respublikalarga bo‘lib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida, ularning Kompartiyalari plenumlarida, shuningdek, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi organ — RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosi plenumlarida muhokama etilib mahalliy xalqqa ta’sir va tazyiqlar o‘tkazib borildi. Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924-yil 5-aprelda RKP(b) MQ Siyosiy byurosida, 11-mayda RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosi komissiyasida ko‘rib chiqildi. Unda O‘rta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining 1924-yil 2-iyundagi yig‘ilishida muhokama etilib, asosan ma’qullandi. Bundan norozi bo‘lgan mahalliy aholi vakillari, xususan, Xorazm respublikasining bir guruh mas’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinayev, ichki ishlar noziri Abdusalomov, Yoqubov, Turkiston va Buxoro vakillari: Sultonbek Xo‘janov, Sanjar Asfandiyorov va boshqalar yagona Turkistonni bo‘lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdilar. Ular Turkiston xalqlari birligini saqlab qolishga qaratilgan «O‘rta Osiyo federatsiyasini tuzish to‘g‘risida» taklif kiritdilar. Shuningdek, 1924-yil 8-mayda RKP(b) Markaziy Qo‘mitasiga «Xorazmda milliy masalani hal etish to‘g‘risida xat» kelib tushadi. Bu xatda ham Xorazm respublikasini bo‘lib yuborish maqsadga muvofiq emas, deyilgan edi. Biroq mahalliy xalqlarning talab va takliflari inobatga olinmadi. Aksincha, 1924-yil 12-iyunda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi «O‘rta Osiyo respublikalarini milliy chegaralash to‘g‘risida»gi masalaga yana qaytib, uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Munozaralar tobora qizib borganligi sababli vaqtincha Xorazm respublikasida milliy-hududiy chegaralanishni to‘xtatib turishga qaror qilindi. Bu borada Xorazm Kompartiyasi va hukumati rahbarlariga har tomonlama ta’sir o‘tkazib borildi. Ularning ko‘pchiligi vazifasidan olinadi, qolganlari partiya qaroriga qo‘shilishga majbur bo‘- ladi. Oqibatda 1924-yil 26-iyunda Xorazm respublikasi rahbarlari Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning zarurligini «e’tirof» etadilar. Shundan so‘ng, 1924-yil 15-iyulda O‘rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish loyihasini tayyorlash va 1924-yil oktabr oyida uni o‘tkazish zarur, degan qat’iy xulosaga keldi. Shu maqsadda maxsus Markaziy hududiy komissiya tuzilib, joylarda tashviqot-targ‘ibot ishlari kuchaytirib yuboriladi. Komissiya 1924-yil sentabr oyi boshlarida o‘z ishini asosan tugallaydi. 1924-yil 25-sentabrda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi, 9- va 11-oktabrda RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi bu masalani ko‘rib chiqib, milliy chegaralanishni rasmiylashtirishni maqsadga muvofiq deb topadi. Bu qaror 14-oktabrda SSSR BMIQ tomonidan ham ma’qullanadi. Shu tariqa, sovet hukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920—1924-yillar davomida O‘rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg‘on va’dalar berishni ko‘zda tutgan «Lenincha milliy siyosat»ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi. Buning orqasida o‘lkaning tarixan tarkib topgan o‘ziga xos milliy xususiyatlari, hududiy yaxlitligi zavol topdi. Uning hududlarini kichik-kichik milliy bo‘laklarga bo‘lish ishlari yakuniga 1924-yil 24-oktabrda RKP(b) MQ plenumi so‘nggi nuqta qo‘ydi. Nihoyat, 1924-yilning 27- oktabrida bo‘lib o‘tgan SSSR BMIQ II sessiyasi O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazish tadbirlarini to‘la ma’qulladi. Shunday qilib, hukmron Markaz zo‘ravonlarining bir necha yillik sa’y-harakatlari orqasida O‘rta Osiyoning siyosiy jo‘g‘rofiyasi sun’iy ravishda o‘zgartirildi. Bu hududdagi ko‘p asrlik milliy davlatchilik tarixi an’analariga chek qo‘yildi. Buning yorqin ifodasi xususan Buxoro va Xorazm davlatlarining zo‘ravonlik yo‘li bilan tugatilganligida namoyon bo‘ldi. O‘rta Osiyo hududida shu davrga qadar hukm surib kelgan uch davlat: Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida endilikda O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, shuningdek, O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg‘izlar yashagan hududlar Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) muxtor viloyatiga birlashtirilib RSFSR tarkibiga, Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari Qozog‘iston ASSR ixtiyoriga berildi. Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qoraqalpoq muxtor viloyatiga birlashtirilib Qozog‘iston ASSR tarkibiga kiritildi. O‘lkada beshta milliy davlat birlashmalari tashkil etildi. Xulosa XX asrning 20-yillarida amalga oshirilgan milliy-hududiy chegaralanish O`rta Osiyo xalqlari hayotida muhim voqea bo`ldi. Shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda azaldan yashab kelayotgan xalqlar:o`zbeklar, qozoqlar, qirg`izlar, tojiklar, turmanlar, qoraqalpoqlar sovet tuzumi doirasida cheklangan bo`lsa ham o`z milliy davlatlariga ega bo`ldilar. Biroq sovetlarning bundan asosiy maqsadlari O`rta Osiyoni o`zlariga to`la bo`ysundirish bo`lgan. Shuning uchun ham yangi tashkil topgan davlatlarning har biri “o`z ixtiyori bilan” SSSR tarkibiga kiritilgan. Bolsheviklar bu ishni Turkistonni bosib olgan davrlaridan boshlab, ya`ni 1918-yildanoq amalga oshirmoqchi bo`lishgan. O`sha davrdayoq ilg`or ziyolilar sovetlarning olib borayotgan milliy siyosatlariga nisbatan o`z noroziliklarini bildirishgan. Grigoriy Safarov, Ahmad Zakiy Validiy To`g`on singari ziyolilar bu milliy siyosatning tub mohiyatini tushunib, sovet ma`muriyatini chor Rossiyasi olib borgan soyosatni davom ettirayotganligini k`orsatib o`tishgan. Milliy-hududiy chegaralash amalga oshirilayotgan vaqtda ham O`rta Osiyolik davlat arboblari Turkistonni yagona hudud ekanligini, bu ishni amalga oshirishda shu narsani e`tiborga olish lozimligini ta`kidlab o`tganlar. Bularga misol qilib biz Fayzulla Xo`jayev, Turor Risqulov kabi davlat arboblarini aytib o`tishimiz mumkin. Ularning qarshiligiga qaramasdan, milliy-hududiy chegaralanish amalga oshirildi va O`rta Osiyoda sovet respublikalari qaror topdi. Milliy chegaralanish o`tkazilgandan so`ng XX asrning 30-yillariga kelib O`rta Osiyoda sovetlar hukmronligi to`la qaroq topdi. Shu davrdan boshlab bu masalaga bo`lgan e`tibor o`zgardi va endi uning faqat ijobiy tomonlari yoritildi. Ikkinchi jahon urushi keyingi davrda yaratilgan asarlarda ham xuddi shunday ruh ustuvor bo`ldi. Masalan, Habib Tursunovning “O`zbekiston SSRning barpo etilishi” asarida, “O`rta Osiyo kommunistik tashkilotlari tarixi” kitobida yoki “O`zbekiston SSR tarixi”ning uchinchi jildida O`rta Osiyoda o`tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish bu yerda yashovchi xalqlarni o`z milliy davlatiga birlashtirgan hodisa ekanligi bayon etilgan. Download 59.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling