Oʻrta osiyodagi mezolit davri yodgorliklari
Download 7.7 Kb.
|
1 2
Bog'liqOʻRTA OSIYODAGI MEZOLIT DAVRI YODGORLIKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilk paleolitda dastlabki odamlar Shimoliy Afrika, Evropa va Osiyo hududlarida yashagan. Miloddan avvalgi 600-400 ming yilliklarga kelib, ular Markaziy Osiyo, Kavkazorti hududlariga ham o`rnashadi.
Ilk paleolit davrida insoniyat tarixida tabiat katta ahamiyatga ega bo`lgan. Inson va uni o`rab turgan tabiat o`rtasidagi doimiy munosabatlar uzluksiz jarayon shaklini olgan.
Ilk paleolitda biologik jihatdan – tabiiy saralanish va jinsiy tanlanish, mehnat jarayonida arxantroplar (dastlabki odamlar) o`tmishdoshlaridan juda uzoqlashib ketadilar. Mehnat qurollarini yasash, qo`lning mehnat faoliyati uchun bo`shashi, uni alohida vazifalar bajarishi, go`shtli ovqatning iste`mol qilinishi va boshqa ijtimoiy va tabiiy omillar tufayli odamzod rivojlanib borgan. Ilk paleolitning dastlabki davrida Janubiy va O`rta Evropada iqlim subtropik, Janubiy Osiyo va Afrikada esa tropik bo`lib, issiqsevar hayvonlar keng tarqalgan. Masalan, Evropada fillar, begemotlar, primitiv (Stenon otlar) otlar; Osiyoda esa ibtidoiy xo`kizlar, karkidonlar, zebra paydo bulgan. O`simliklar esa hamisha yashil rangda bo`lgan. Janubiy va Markaziy Evropa hududlarida-shamshod, dafna, anjir; Evropaning boshqa hududlarida esa qalin, keng bargli daraxtlardan tashkil topgan o`rmonlar tarqalgan. Osiyo va Afrika hududlarida ham issiqsevar o`simliklar keng tarqalgan. Ilk paleolitda dastlabki odamlar Shimoliy Afrika, Evropa va Osiyo hududlarida yashagan. Miloddan avvalgi 600-400 ming yilliklarga kelib, ular Markaziy Osiyo, Kavkazorti hududlariga ham o`rnashadi.
Shuni ta`kidlash kerakki, ashel` davri xronologik jihatdan shell` davridan katta farq qilmasada, ashel` qurollari shell` qurollariga nisbatan hiyla taraqqiy etgan. Ashel` qurollarida tosh uzoqdan uchrindilar olingan joy ma`lum shaklga ega bo`lgan. Ya`ni bu davrda odamlar tosh qurollarni qulayroq shaklga keltira olgan. Uchburchak shakldagi, uzunchoq, dumaloq... va boshqa shakldagi qurollar hosil qilingan. Ashel` davrida ayrim qurollarning shakli uni ishlatish xususiyatiga bog`liq bo`lgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 7.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling