O’rta ta’lim maktabi davlat va huquq asoslari fani o’qituvchisi Shukurova Manzura Rahimovnaning Inson huquqlari kuniga bag’ishlangan


Download 195.21 Kb.
bet2/2
Sana29.10.2020
Hajmi195.21 Kb.
#138359
1   2
Bog'liq
Tasdiqlayman


Sinf 8- “G”

Mavzu:

Inson huquqlari - oliy qadriyat

Maqsad va vazifalar

a) talimiy : O’quvchilarga Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilinshi va uning tarixiy ahamiyati , inson huquqlari oily qadriyat ekanligi, konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklarinining ta’minlanganligi hamda inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquqiy me’yorlarni aks ettirishi, bugungi kunda davlatimiz tomonidan inson huquqlarini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida bilimlar berish

b) tarbiyaviy:O’quvchilarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, o’quvchilarni inson huquqlarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash.

d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarda mustaqil fikrlash, hamkorlikda ishlash ko’nikmasini , tayanch va fanga oid kompitensiyalarini rivojlantirish.

Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash, milliy va umummadaniy, huquqiy savodxonlik , huquqiy madaniyatli bo’lish.

O’quv jarayonining mazmuni

O’quvchilarga Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilinshi va uning tarixiy ahamiyati , O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unda aks etgan inson huquq va erkinliklarinining ta’minlanganligi hamda inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquqiy me’yorlarni aks ettirishi, bugungi kunda davlatimiz tomonidan inson huquqlarini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida bilimlar beriladi. O’quvchilarning olgan bilimlari interfaol uslublar yordamida mustahkamlanadi

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars uslubi: og’zaki, ko’rgazmali, interfaol.

Dars jihozi: darslik, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya mavzuga oid slaydlar, kompyuter, internet.

Dars turi: Yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi, loyiha darsi .

Dasr shakli:Guruhlarda ishlash, musobaqa.

Kutiladigan natijalar

O’quvchilar Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilinshi va uning tarixiy ahamiyati , O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unda aks etgan inson huquq va erkinliklarinining ta’minlanganligi hamda inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquqiy me’yorlarni aks ettirishi, bugungi kunda davlatimiz tomonidan inson huquqlarini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida bilimlarga ega bo’ladilar. Huquqiy savodxon va huquqiy madaniyatli bo’lish , axborot bilan ishlash, milliy va umummadaniy kompetensiyalari egallaydilar

Kelgusi rejalar.

O’quvchilar dars jarayonida egallagan bilimlarini, konikma va malakalarini amalda tadbiq etadilar. O’z hatti - harakatlarini huquqiy jihatdan baholay boshlaydilar.



Darsning borishi:

T|r

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Yangi mavzuga kirish

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzunu mustahkamlash

15daqiqa

5

Baholash

2 daqiqa

6

Uyga vazifa

1 daqiqa


I.Tashkiliy qism

  • Navbatchi o’quvchidan davomat aniqlanadi.

  • O’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

  • O’quvchilarni guruhlarga bo’lish, dars tartibini tushuntirish. Guruhlarda musobaqa o’tkazilib, ballari hisoblanib, g’olib guruh va “Eng zukko o’quvchi”, “Eng topqir o’quvchi” , “Eng hozirjavob o’quvchi” hamda bugungi darsimizning eng yuqori nominatsiyasi “Huquq bilimdoni” aniqlanadi .


II. Yangi mavzuga kirish

O’qituvchi: O’quvchilar dekabr oyida qanday muhim sanalarni nishonlaymiz?

O’quvchi:

1- dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni.

3- dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

8- dekabr - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

10- dekabr- O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun.

10- dekabr-Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan kun.

Ushbu sanalar haqida suhbat o’tkaziladi

III.Yangi mavzu bayoni:

O’qituvchi:O’quvchilar bugungi darsimizda “Inson huquqlari - oliy qadriyat” mavzusida siz bilan suhbatlashamiz.

BMTning Inson huquqlari Umumjahon deklarasiyasi 1948 -yilning 10 -dekabr kunida qabul qilingan. Shundan beri mazkur sana butun dunyo bo`ylab Inson huquqlari kuni sifatida nishonlanib kelmoqda. Mazkur kunda Inson huquqlari Umumjahon deklarasiyasi “dunyoning barcha xalqlari” uchun eng yuksak andoza bo`lib xizmat qilishi lozimligi g`oyasi ilgari suriladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 -yilda qabul qilingan deklarasiyasi preambula va 30 ta moddadan iborat bo`lib, unda butun dunyoda yashovchi barcha erkak va ayollar haqli bo`lgan keng ko`lamdagi inson huquqlari va erkinliklari belgilab berilgan.

Mazkur deklarasiya dunyoning barcha mintaqalari va huquqiy an'analarga rioya etuvchi guruhlarning vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Vaqt o`tishi bilan u mamlakat hukumatlari va fuqarolar o`rtasida tuzilgan shartnoma deb hisoblanadigan bo`lib qoldi. Dunyoning deyarli barcha davlatlari mazkur deklarasiyani qabul etgan. Deklarasiya asosida barcha mamlakatlarda inson huquqlarini himoyalash, ayniqsa nogironlar, mahalliy xalq va ishchi migrantlar kabi aholining zaif guruhlarning inson huquqlarini himoyalash tizimlarini kengaytirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.



Ushbu sana nimaga muhim?

- inson qadr-qimmati, teng huquqlilik – umumbashariy qadriyat bo`lib, jahondagi ozodlik, adolat va tinchlik tushunchalarining asosida yotadi

- inson huquqlariga hurmatsizlik, ushbu huquqlarning oyoq osti bo`lishi oqibatida inson vijdoniga sig`maydigan mudhish jinoyatlar sodir etililishi mumkin

- barcha xalqlar o`rtasida do`stona munosabatlarni rivojlantirish butun insoniyatning nihoyatda muhim vazifalardan biridir



Mazkur sanani BMT qay tarzda nishonlaydi?

Mazkur kun butun dunyo, mintaqa va alohida mamlakatlar miqyosida nishonlanadi. Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad inson huquqlarini himoyalash borasidagi yutuqlar, mavjud bo`lgan muammolarga jamoatchilikning, mazkur sohada tegishli qaror qabul qiluvchi mansabdor shaxslarning e'tiborini jalb etishdir.

Inson huquqlariga taalluqli bo`lgan muayyan masalalarga alohida e'tibor qaratish maqsadida mazkur sana har yili ma'lum bir shior ostida nishonlanadi. Masalan, 2014 yilning shiori “Inson huquqlari 365” bo`lib, uning ma'nosi har kuni Inson huquqlari kuni bo`lishi lozimligini anglatadi.

Bundan tashqari, har yili inson huquqlarini himoyalash sohasiga o`z hissasini qo`shgan, inson huquqlari yo`lida sa'y-harakat qilib kelayotgan shaxslarga BMTning maxsus Inson huquqlari sohasidagi sovrini taqdim etiladi. Mazkur sovrin shaxsan BMT Bosh kotibi tomonidan Bosh Assambleya yig`ilishida topshiriladi.Ushbu sovrinni taqdim etish orqali BMT inson huquqlarini himoya qilish yo`lida harakat qilib yurgan faollarni taqdirlab, inson huquqlarini yanada kengroq ko`lamda ilgari surilishiga kuchli turtki beradi. Qolaversa, mazkur sovrinning yana bir ramziy ma'nosi har kuni boshqa insonlarning huquqini himoyalash yo`lida o`zini xavf ostiga qo`yib, kerak bo`lsa butun hayotini qurbon qilishga tayyor bo`lgan, ba'zan hattoki ismlari hech kimga ma'lum bo`lmagan faollarni qo`llash, ilhomlantirish va shu yo`lda jon bergan insonlarning ruhini shod etishdan iboratdir.



Inson huquqlari sohasidagi eng muhim hujjatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • Inson huquqlari umumdeklaratsiyasi;

  • Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;

  • Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;

  • Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi;

  • Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya;

  • Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya;

  • Tahqirlash va boshqa shafqatsizlik, g‘ayriinsoniylik yoki qadr-qimmat- ni tushirish ko‘rinishidagi munosabat va jazolashga qarshi Konvensiya;

  • Nogironlar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya;

  • Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya;

  • Barcha mehnatkash-migrantlar va ulaming oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya;

  • Zo‘rlik bilan yo‘q qilinishdan barcha shaxslami himoya qilish to‘g‘risida Xalqaro konvensiya.

O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha BMTning 70 dan ortiq xalqaro hujjati, shuningdek, 6 ta asosiy bitimining ittifoqchisi hisob­lanadi. Ayni paytda xalqaro majburiyatlami izchil bajargan holda ushbu sohadagi o‘z siyosatini takomillashtirib boradi.

Mazkur hujjatlar sayyoramizda yashab turgan barcha insonlaming huquqlarini mustahkamlab qo‘yadi. Xalqaro hujjatlar butun jahondagi davlatlarga o‘z hududida yashab turgan har bir insonning huquqlariga rioya qilishni tavsiya etadi.

Bugun sizga uyga vazifa qilib , konstitutsiyamizda belgilangan inson huquqlari o’rganish topshirilgan edi. Marhamat guruhlar taqdimotini eshitamiz.


  1. Guruh Shaxsiy huquq va erkinliklar

Inson huquqlariga 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bo‘- limi bag‘ishlangan bo‘lib, bu bo‘lim “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanadi (18-52-moddalar).

Davlat fuqarolarning Asosiy qonunda ko‘rsatilgan huquq va erkinlikla­rini kafolatlashi to‘g‘risidagi qoida Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan.

Fuqarolarning barcha huquq va erkinliklari 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-46-moddalarida mustahkamlab qo‘yilgan va ular shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy, guruhlarga bo‘linadi.

Shaxsiy huquq va erkinliklar (O‘zbekiston Respublikasi Konsti­tutsiyasining 24-31-moddalari):

-Yashash


  • erkinlik, sudda himoya qilish va shaxsiy daxlsizlik;

  • sha’ni va obro‘siga tajovuz qilinishidan, shaxsiy hayotiga aralashish- dan himoyalanish va turarjoyi daxlsizligi huquqi;

  • bir joy dan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joy ini tanlab olish erkinligi;

  • fuqaroning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish;

  • fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi;

  • vijdon va diniy e’tiqod erkinligi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga muvofiq va insonning umumjahon tomonidan tan olingan yashash huquqi prinsiplari, normalari hamda 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, jinoiy javobgarlikni libe- rallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlami amalga oshirish maqsadida: 2008-yil 1-yanvardan О‘zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida о‘limjazosi bekor qilinsin va uning о‘rniga umrbod qamoq yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi kiritildi

  • 2008-yil 1-yanvardan 0‘zbekiston Respublikasida jinoyat sodir etganligi uchun jazo sifatida o‘lim jazosi bekor qilindi.

ERKINLIK VA SHAXSIY DAXLSIZLIK HUQUQI

Bu insonning har bir vaziyatda o‘z ixtiyoriga ko‘ra ish tutish huquqidir. Bunda davlat organlari va jismoniy shaxslar tomonidan uning huquqlarini qonunga xilof ravishda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, faqat sudya-ning sanksiyasi (ruxsatnomasi) qamoqqa olish va hibsda saqlash uchun asos bo‘lishi mumkin.

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ко‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 26-modda

Shaxsiy hayot deyilganda istisno tariqasida ayni shu kishiga taal- luqli hamda qonunga xilof ravishda oshkora etilgan taqdirda insonga ma’naviy ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, telegraf vositasidagi va boshqa xil bildirishlar, tibbiyot tavsifidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar tushuniladi.

Shaxs qadr-qimmati huquqi davlat inson uchun uning qadr-qimmatini va or-nomusini kamsitmaydigan sharoitlar yaratib berishini taqozo etadi. Hech kim qiynoqlarga solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki qadr-qim- matni tahqirlovchi muomalaga duchor etilmasligi shart.

TURARJOY DAXLSIZLIGI HUQUQI



Turarjoy daxlsizligi huquqi - inson uchun muhim va u ko‘plab xalqaro huquqiy aktlarda mustahkamlangan. 1948-yildagi Inson huquqlari umumdeklaratsiyasining 12-moddasiga muvofiq “hech kimning turarjoy daxlsizligiga o‘zboshimchalik bilan aralashishi mumkin emas”.

Turarjoy daxlsizligi - insonning konstitutsiyaviy shaxsiy huqu­qidir: hech kim istiqomat qiluvchining xohish-irodasiga qarshi xonadoniga kirishga haqli emas. Turarjoy tintuvi faqat prokuroming sanksiyasi (mxsatnomasi) yoki sud qarori asosidagina o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, О‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chi- qib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir

So‘z erkinlig - bu nafaqat o‘z g‘oyalari va qarashlarini og‘zaki tarzda, qolaversa, matbuotda, tasviriy san’at asarlarida, badiiy adabiyotda va shunga o‘xshash boshqa narsalarda ifodalash imkoniyatidir
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 29-modda.

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlami majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-modda

2-guruh. Siyosiy huquqlar (0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32- 35-moddalari):

  • jamoat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;

  • faolligini 0‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq mitinglar, tinchlik yig‘ilishlari va namoyishlarida namoyish etish huquqi;

  • davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi;

  • kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik birlash- malariga birlashish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi;

  • davlat organlari, muassasalari yoki xalq vakilligiga arizalar, shikoyat- lar va takliflar bilan murojaat qilish huquqi.

Mamlakatni boshqarishda ishtirok etish huquqi bevosita yoki saylanadigan vakillar orqali amalga oshiriladi. Bu huquq fuqarolar har qanday saylab qo‘yiladigan organlami saylash va saylanish huquqiga ega ekanligi bilan kafolatlangan. Fuqaro shu tariqa hokimiyatga va qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir o‘tkazadi

Ushbu huquq konstitutsiyamizning 32- moddasida musthkamlab qo’yilgan.

YIG‘ILISHLAR ERKINLIGI HUQUQI

Yig‘ilishlar, mitinglar va namoyishlar erkinligi insonga o‘z fikrlari va o‘z qarashlarini ifodalash imkoniyatini beradi. Bu huquq mamlakat rahbariyatiga xalqning fikri haqida axborot yetkazib turish uchun ham zarur. Bu narsa o‘ta muhim va rahbarlarga fuqarolami tashvishlantirayotgan muammolarga chuqurroq kirib borish imkoniyatini beradi.
Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtayi nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 33-modda

Jamoatchilik birlashmalarini tashkil etish huquqi fuqarolarga ulaming manfaatlari va mayllariga mos keluvchi faoliyat bilan shug‘ullanish imkoni­yatini beradi. Masalan, jamoatchilik tashkilotlarining a’zolari inson huquq va erkinliklari masalalari bilan shug‘ullanadi, xayriya tashkilotlari esa eng ehtiyojmand kishilarga moddiy yordam uyushtiradilar.

  1. guruh.Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar (O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya­sining 36-42-moddalari):

  • xususiy mulkdor bo‘lish huquqi;

  • mehnat qilish sharoitiga ega bo‘lish va ishsizlikdan himoyalanganlik huquqi, faoliyat va kasb tanlash erkinligi;

  • yoshiga ko‘ra (pensiya), mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish huquqi;

  • qonun bilan taqiqlanmagan iqtisodiy faoliyat huquqi;

  • to‘lanadigan dam olish huquqi;

  • onalik va bolalik muhofazasidan foydalanish huquqi;

  • malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqi.

  • ta’lim olish huquqi;

  • ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi huquqi;

  • madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi.

0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida har bir odam mulkdor bo‘lish huquqiga ega ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Bu narsa, basharti, inson mol-mulkka egalik qilsa, unda hech kim bu mol- mulkni tortib olishi mumkin emasligini anglatadi va bu insonga o‘ziga ishonch hamda mustaqillik hissini baxsh etadi. Mulkdorda o‘z mulkini qandaydir bir ishga sarflab ko‘paytirish, ya’ni o‘ziga tanish faoliyat so- hasida serg‘ayratlik namoyish etish imkoniyati bo‘ladi

Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi davlatimiz zimmasiga ishsizlik darajasi iloji boricha past bo‘lishi, ishsiz qolgan inson esa nafaqa olishi va shu davrda o‘ziga ish qidirib topishi uchun barcha vositalarni ishga solish majburiyatlarini yuklaydi.

Konstitutsiyada majburiy mehnat, ya’ni xizmat burchi doirasiga kirmaydigan ishlami bajarishga majburlash taqiqlanishi alohida qayd etilgan
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoya­lanish huquqiga egadir.

Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-modda.

Ijtimoiy ta’minot huquqi



0‘zbekistonda munosib turmush darajasini saqlab turish uchun ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga, yolg‘iz onalarga va boshqa yolg‘iz kishilarga, shu jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda, nafaqalar va qarilik pensiyalarining miqdori muntazam oshirib borilmoqda.

Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori ras- man belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 39-modda.

Malakali tibbiy xizmatdan foydala­nish huquqi har bir odamga havola etil­gan
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 40-modda.

Bilim olish huquqi

O‘zbekiston Respublikasida har bir odam bilim olish huquqiga egadir. Oilaning daromadidan qat’i nazar har qaysi bolada bepul bilim olish imkoniyati mavjud. Bu narsa mamlakatning Asosiy qonuni bilan kafolatlangandir.
Har kim bilim olish huquqiga ega.Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-modda.

Konstitutsiyaning 42-moddasida shunday yozilgan: har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi.

Mazkur huquqlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra bilim olish huquqiga juda yaqin, negaki ta’lim, madaniyat, ilmiy-texnikaviy yuksalish o‘zaro bog‘liq tushunchalardir. Bu huquqlar madaniyat va fan boyliklari ochiqligi bilan ta’minlanadi. Har kim muzey, teatr, madaniy va ilmiy-texnikaviy markazlarga tashrif buyurishi, kutubxona, radio va televideniya xizmatidan foydalanishi mumkin.

O’qituvchi:



Konstitutsiyamizda insonning huquq va erkinliklarini e’tirof etish, ularga rioya qilish va ulami muhofaza qilish davlatning majburiyati, degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan.

VIDEOROLIK namoyishi.

VI.Yangi mavzunu mustahkamlash.

  1. Tushundim, tahlil qildim, topdim” o’yini .

Guruhlarga belgili rasmlar tarqatiladi. O’quvchilar rasmlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari bo’yicha , Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi moddalari bo’yicha sharxlaydilar.






  1. SWOT- tahlil metodi. Inson huquqlarini dunyoda ta’minlanishini SWOT tahlil qiling .

S

Kuchli tomonlari

W

Kuchsiz , zaif tomonlari

O

Imkoniyatlari

T

To’siqlar


3.www.bolahuquqlari.uz saytidan online test yechish.

Har bir guruhdan 1 nafardan o’quvchi saytdan kirib online test yechadi.


4.Guruhlar boshqa guruh taqdimotidan nimani o’rganganlarini yozadilar.

1-guruh siyosiy huquqlar

2- guruh shaxsiy huquqlar

3- guruh ijtimoiy- iqtisodiy huquqlar


O’qituvchi o’quvchilarda tug’ilgan savollarga javob qaytaradi.
V. O’quvchilarni baholash

Guruhlarning ballari hisoblanib, g’olib guruh va “Eng zukko o’quvchi”, “Eng topqir o’quvchi” , “Eng hozirjavob o’quvchi” hamda bugungi darsimizning eng yuqori nominatsiyasi “Huquq bilimdoni” aniqlanadi va e’lon qilinadi.



VI.Uyga vazifa

Inson huquqlari - oliy qadriyat” mavzusida insho yozib kelish.



Foydalanilgan adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, X.P. Odilqoriyev “Davlat va huquq nazariyasi”, A.Qurbonov “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish”, , Xalq ta’limi vazirligining “Dars muqaddas” tavsiyasi, G.M.Tansiqboyeva “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” uslubiy qo’llanma, WWW.bolahuquqlari.uz, WWW.kitob .uz, WWW.un.uz- O’zbekistondagi BMT vakilligi rasmiy sayti .


Download 195.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling