Oʻrta va katta yoshdagi Bolalar un qurilish va konstuksiyalash boʻyicha faoliyatlarni loyihalashtirish Reja


Download 0.8 Mb.
bet4/6
Sana20.09.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1682791
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oʻrta va katta yoshdagi Bolalar un qurilish va konstuksiyalash boʻyicha faoliyatlarni loyihalashtirish

Qog‘ozdan qurish-yasash












1 этап

2 этап

3 этап

Тайёр ҳолати

Tayyorlov guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish–yasashga o‘rgatishning vazifalari.
Mashg‘ulotda bolalar qog‘oz bilan ishlash ko‘nikma va malakasini egallab boradilar: qog‘ozning turli tomonlariga buklash, diagonal bo‘ylab bo‘lish, tayyor andazani buklash shablon bo‘yicha qismlarni qirqish. Tayyorlov guruhda bolalar turli narsalar yasaydilar- o‘yinchoqlar. Karton yordamida o‘yinchoqlar tayyorlanadi (masxaraboz , qo‘lini qimirlayotgan quyon…) qutidan, karton va qog‘ozdan (avtomashina, yuk krani, traktor, uy) qurish mumkin. Qog‘oz karton, tabiiy materialdan (ildiz, tayoqcha va boshqa lar) suvda o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, (kemacha, barja) qurish mumkin. Tarbiyachi bu o‘yinchoqlarni nima uchun qo‘llanilishini bolalarga o‘rgatadi. Tabiiy materiallardan narsa yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga shox-shabba, shishka, uruglardan foydalanib, bu figuralarning alohida qismlarini turli usulda birlashtirishni (yelim, sim, gugurt cho‘pi, plastilin bilan va…) o‘rgatadi. Bolalar turli shakllarni odam, hayvonlarni, qush, baliq, kapalaklarni, archani urug‘i, yong‘oq postidan, o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha yasaydilar. Bolalarga yana shoxlar, ildizlarni tanish bo‘lgan ertak qaxramonlariga o‘xshaganlarini topishni ham o‘rgatib boriladi. Bu faoliyat orqali bolalarni fantaziya, tasavvurlarini rivojlanib boradi.
Qog‘ozni chizilgan chizik buylab buklash, andaza bo‘yicha ishlash malakasi mebel yasash mashg‘ulotida shakllanib, mustahkamlanadi. Namunani ko‘zatgach bolalar undan nima yasash mumkinligini aniqlaydilar. Bir stol atrofida o‘tirgan bolalar, ishni bo‘lib olib (bir bola, divan, boshqasi kreslo va hokazo). Stol stulning oyoqlarini balandligini aniqlaydi. Xuddi shu mavzu bo‘yicha yana bir mashg‘ulot o‘tkaziladi, bunda bolalar o‘zlari andaza qilib, uni to‘g‘ri buklab turli mebellar yasaydilar. Bundan tashqari ular lineyka bilan chiziq chizish, o‘zunlik, enini o‘lchashni ham o‘rganadi.
Tarbiyachi faqat chizg‘ich bilan qanday ishlashni ko‘rsatib beradi, kolgan kismini bolalar mustaqil bajaradilar. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin bolalar bir- birlari bilan nima yasashlarini gaplashib oladilar va kerakli materiallarni o‘z stollariga joylaydilar. Bunday mashg‘ulotlar bolalarni qo‘l muskullarini rivojlantirib qolmay, balki ularni xotira, fikrlash, ijodlarini ishdan oldin planlashtirish qobilyatlarini ham o‘stiradi. Aytaylik, yangi yil bayramiga bolalar mashg‘ulotda archa o‘yinchoqlarini yasaydilar. Bolalar namunani o‘zlari tanlab, materiallarni tayyorlab, mustaqil bajaradilar. Bu mashg‘ulotda bolalar applikatsiya mashg‘ulotida olgan bilimlarini qo‘llaydilar: qog‘ozni ko‘p buklab bir xil tipli figuralarni qirqadilar. Tayyorlov guruhda tarbiyachi bolalarni oldingi guruhlarda olgan bilimlarini, malakalarini mustahkamlaydi. Bolalar o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha mavzu tanlab, kerakli materiallarni tanlab, ishni nimadan boshlash, uning qismlarini qanday birlashtirishni mustaqil bajara oladilar. Tarbiyachining yordami bilan bolalar avtomashina, kartondan harakatlanuvchi o‘yinchoqlar (quyon, matryoshka, ayiq va hokazo) ni asosiy qismga mayda qismlarni ip bilan birlashtiradilar. Tarbiyachi yangi materialni tushuntirayotganda uning qismlarini birlashtirishga bolalar diqqatini qaratadi, mavzuga ikki mashg‘ulot ajratiladi. Birinchisida bolalar quyoncha va ayiqni qirqadilar, boshqa mashg‘ulotda hayvonlarni, qo‘g‘irchoqlarni qirqadilar. Tabiiy materialdan narsa yasash mashg‘uloti ko‘pincha yozda va kuzda oliб boriladi.
М ashg‘ulotga bir necha kun qolganda tarbiyachi mavzu nomini aytib, mavzuga oid materiallarni yig‘ishni iltimos qiladi. Мashg‘ulot davomida bolalar qanday qilib qismlarni bir-biriga birlashtirayotganliklarini kuzatib boriladi. Bir stol atrofida o‘tirgan bolalar birga fikrlashib, kompozitsiya tashkil qiladilar. Tarbiyachi bolalarga qarag‘ayning ochilmagan shishka-urug‘idan kapalak, baliqchalar yasashni o‘rgatadi. Bolalar olgan bilim, malakalarini boshqa mashg‘ulotlarda qo‘llaydilar.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling