O‘rta va o‘rta maxsus ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida talabalarning umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkazadigan pedagogik amaliyoti alohida o‘rin tutadi
PEDAGOGIK AMALIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Download 203.26 Kb.
|
АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ 2 курс
PEDAGOGIK AMALIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Talaba malakaviy pedagogik amaliyoti davomida quyidagi ishlarni amalga oshirishi kerak: -Oliy o‘quv yurtida pedagogik amaliyot boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etish; -Pedagogik amaliyot o‘tkaziladigan talim muassasasi ma’muriyati va pedagogik jamoasi bilan umumiy tanishish. Ta’lim muassasasi rahbarlari bilan o‘tkaziladigan suhbatlarda ishtirok etish: -Ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalari bilan tanishish, unga bo‘y so‘nish va o‘quvchilar tomonidan amal qilishga pedagogik jamoaga yaqindan yordam berish; -Ta’lim muassasining o‘quv binosi moddiy texnik bazasi, fan kabinetlari, kutubxona fondi bilan tanishish; -Ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’lim, tarbiyaviy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar mazmuni bilan tanishish fan o‘qituvchilarining olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatish, ularni tahlil qilish, fikr-mulohazalarini amaliyot daftariga qayd etish; -O‘quv fanlari bo‘yicha dars jadvali, o‘quv yili uchun tuzilgan taqvim reja, DTS dasturlarini o‘rganish va o‘tkazilgan darslar mavzusini aniqlash o‘zaro darslarni kuzatish hamda muhokamasida ishtirok etish; -O‘quv fanlari bo‘yicha darslar, darsdan tashqari ishlar, sayr-sayyohatlar mavzularini qayd etish; -Ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar mazmunini va o‘tkazish tartibi hamda shaxsga individual yondashish yo‘llarini o‘rganish; -Pedagogik amaliyot davomida talabalar tomonidan o‘tkaziladigan darslar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuzatish tahlil qilish, ularni muhokamasida ishtirok etish, fikr va mulohazalarni amaliyot daftariga qayd etish. -Ta’lim muassasasi tomonidan o‘quvchilarni ota-onalar, mahalla, sog‘lom avlod uchun, jamoa va nodavlat tashkilotlari ishlari mazmuni bilan tanishish, ota-onalar majlislarida faol ishtirok etish. -O‘quv fanlari uyushmalari va ta’lim muassasasining pedagogik kengashlarida ishtirok etish mazkur yo‘nalish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarning mazmuni bilan tanishish. -Malakaviy pedagogik amaliyot bo‘yicha yuritilayotgan malakaviy pedagogik amaliyot kundaligi, malakaviy amaliyotni o‘tganligi hisoboti, malakaviy pedagogik amaliyot to‘g‘risidagi asosiy hujjat hisoblanadi. -Talaba amaliyot davrida har kuni amaliyot dasturidagi vazifalarini bajarishi to‘g‘risidagi qisqa va aniq ma’lumotlarni kundalikka yozib qo‘yadi. -Talaba har haftada bir bora yuritiladigan amaliyot kundaligi kamchiliklarini tuzatgan holda va qo‘shimcha topshiriqlarni bajarib rahbariga taqdim etadi. -Talaba malakaviy amaliyot kundaligiga maktab ma’muriyati haqidagi umumiy ma’umotlarni yozib qo‘yadi. -Talaba o‘ziga berkitilgan sinf haqidagi umumiy ma’umotlarni kundalikka yozib qo‘yadi. Download 203.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling