O‘rta va o‘rta maxsus ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida talabalarning umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkazadigan pedagogik amaliyoti alohida o‘rin tutadi


Download 203.26 Kb.
bet5/36
Sana24.12.2022
Hajmi203.26 Kb.
#1054063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ 2 курс

SINF RAHBARINING VAZIFALARI
- guruhlarni o‘quvchilarni ahil, aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlari, jamoani tashkil qila olish va ularni ta’lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga etkazish;
- sinf rahbarlari o‘quvchilariga mehribon bo‘lishi, ularning o‘sib-ulg‘ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muhtoj o‘quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg‘otish;
- sinf rahbari ishini o‘quvchilarning yosh xusisiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etish;
- o‘quvchilarni milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ruhida tarbiyalash yo‘nalishida: Ona vatanga, O‘zbekiston respublikasi Prezidendga muhabbat va fidoyilik, O‘zbekiston davlat ramzlariga sadoqat, milliy g‘oya ruhida tarbiyalash; o‘quvchilar ongiga o‘zi tug‘ilib ulg‘aygan yurtiga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirish, yurtimizda bunyod etilayotgan inshootlar, ma’rifat maskanlari bilan tanishtirib borish;
- sinfda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq meyorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash; o‘quvchilarni o‘zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an’analariga hurmat ruhida tarbiyaiash;
- ota-onalar va mahalla bilan hamkorlikda: barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila, mahalla, maktab hamkorligi” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o‘tkazib borish;
- o‘quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, ota-onasiz bolalarning, homiylik va vasiylikka berilgan voyaga etmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash;
- o‘quvchilarning maktabga belgilangan libosda kelishlarini nazoratga olish; o‘quvchilarning kundaliklarini yuritilishini nazorat va tahlil qilish, ularning o‘quv qurollarini mavjudligi va saqlashlarini kuzatib borish;
- o‘quvchilarning turar joylari, uy sharoitlari bilan tanishish. Ularning sog‘lig‘i, maishiy holatlarini o‘rganish, yaxshilashga yordam berish. Uyda va ta’lim. muassasasida madaniy dam olishlariga va mustaqil ishlashlariga sharoit yaratishga harakat qilish;
- o‘quvchilarning turli salbiy diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlar olib borish;
- sinf ota-onalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda umummaktab ota-onalar majlislari, konferensiyalar, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish. Sinfda o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlar yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish; darslarga muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilish;
- o‘quvchilarda ota-onalar va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash, kamtarlik, sahiylik va sahovatparvarlik, insonlarga yordam berishga tayyor turish, mehribonlik, mehnatsevarlik hislatlarini singdirib borish;
- o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkii etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish bo‘yicha: o‘quvchilarning har tomonlama kamol toptirish, ularning qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab fan to‘garaklari, sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o‘lkashunoslik yo‘nalishidagi to‘garaklarga, klublarga jalb qilish;
- qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirish, iqtidorli bolalar ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
- o‘quvchilar dunyoqarashini milliy madaniyatning asosi bo‘lgan musiqa va qo‘shiq, raqs, kino, adabiyot. xalq og‘zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me’morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlari vositasida kengaytirish maqsadida ularni madaniyat maskanlariga jalb etish;
- o‘quvchilarni yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, shuningdek kuzgi, qishki va bahorgi ta’tillarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sharoit yaratish; o‘quvchilarning madaniy dam olishlari, sayohatlarini uyushtirish, yo‘l harakati havfsizligini ta’minlash; ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar (bayramlar, ko‘rik-tanlov, sport musobaqalari. uchrashuvlar, kechalar va boshqalar)da o‘z sinfining faol ishtirokini ta’minlash;
- o‘quvchilarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida: sinf jamoasi bilan birgalikda sinf faollarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy soatlarni belgilash, o‘quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish;
- sinfda o‘quvchilarni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash. sinf jamoasining ehtiyoj va qiziqishlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish;
- har bir o‘quvchining o‘zi uchun kun tartibini tuzishlarni tashkil etish bu tartibning bajarilishini nazorat qilish;
- o‘quvchilarning o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalarini, jumladan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” “Kamalak” bolalar tashkiloti, bolalar yetakchisi, o‘quvchilar ijodiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, “Kamalak” bolalar tashkilotining faoliyati, asosiy mazmun-mohiyati va jamiyatdagi mavqeni targ‘ib etish; “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti hamda “Kamalak” bolalar tashkilotlarining hisobot saylov yig‘ilishlarini belgilangan tartibda o‘tkazilishida sardorlarga amaliy yordam berish;
- o‘quvchilar huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs va muassasalar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan qonun hujjatlari haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish; bolalar va o‘smirlar uchun chop etiladigan gazeta va jurnallarni targ‘ib etish, obunani tashkil qilish. Sinf devoriy gazetasini chiqarilishiga ko‘makiashish;
-ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi bilan birgalikda: sinf o‘quvchilarning ta’lim muassasasi (ustavida belgilangan) ichki tartib-qoidalarini bajarishlarini ta’minlash; sinf jurnallarining va boshqa zaruriy hujjatiarning to‘g‘ri yuritilishi ta’minlash; o‘quvchilar o‘zlashtirishini yuqori darajaga ko‘tarish, tartib-intizomni saqlash maqsadida sinf majlislarini o‘tkazib borish; o‘quvchilarning o‘qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e’tiborga olib taqdirlash haqida taklif berish;
-sog‘lom turmush tarzi, oilaviy hayot gigiyenasi hamda jismoniy tarbiya, zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga e’tibor berish; o‘quvchilarning o‘zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va buni bartaraf etish uchun fan o‘qituvchilari bilan birgalikda yordam berish va boshqalar.



Download 203.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling