O‘rtacha miqdorlar to‘g‘risida tushuncha
Oilaviy pudratchilar bo‘yicha paxta maydoni va hosildorligi to‘g‘risida ma’lumotlar
Download 25.33 Kb.
|
O‘rtacha miqdorlar to‘g‘risida tushuncha-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O‘rtacha garmonik miqdorlar va ularni hisoblash tartibi
Oilaviy pudratchilar bo‘yicha paxta maydoni va hosildorligi to‘g‘risida ma’lumotlar
Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, o‘rtacha paxta hosildorligini o‘rtacha tortilgan miqdorlar formulasi bo‘yicha aniqlaymiz: Demak, o‘rtacha hosildorlik 25,9 s ni tashkil qiladi. Agar o‘rtacha hosildorlikni o‘rtacha arifmetik oddiy miqdorlar formulasi yordamida aniqlasak, u holda o‘rtacha paxta hosildorligi 24,7 s ga to‘g‘ri keladi. Bunday aniqlash noto‘g‘ri, chunki o‘rtacha hosildorlik (24,7 s) ni paxta maydoniga (30 gektarga) ko‘payganda yalpi hosil kelib chiqmaydi (24,7x30=741), chunki sababi vaznlarning har xilligidir. Shuning uchun o‘rtacha miqdorni arifmetik tortilgan miqdordan foydalanib aniqlash zarur. Amaliyotda o‘rtacha arifmetik oddiy va tortilgan miqdorlar bilan bir qatorda progressiv o‘rtacha miqdorlar ham qo‘llaniladi. Progressiv o‘rtacha miqdor to‘plam bo‘yicha hisoblangan o‘rtachadan yuqori bo‘lgan belgi (variant) birliklari bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi: Demak, progressiv o‘rtacha miqdor 27,1 s ni tashkil qiladi. 3. O‘rtacha garmonik miqdorlar va ularni hisoblash tartibi O‘rtacha garmonik miqdorlar o‘rtalashtirilayotgan o‘rtacha arifmetik miqdorlarning teskari darajalari asosida hisoblanadigan ko‘rsatkichdir. Ular statistik to‘plamdagi variantlarning qiymati (miqdori) (x) va uning umumiy hajmi (w) ma’lum bo‘lib, variantlarning vaznlari (f) noma’lum bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: Bunda: – o‘rtacha tortilgan garmonik miqdor; W – to‘plamning umumiy hajmi (W=xf); x – to‘plamdagi belgilar (variantlar). Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, o‘rtacha miqdorni aniqlash uchun zarur bo‘lgan to‘plam vazni noma’lum. Uni aniqlamasdan turib, o‘rtacha miqdorni aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun avvalo to‘plamdagi birliklarning har birini hajmini shu biriklar belgilarining har biriga bo‘lish orqali har birining vazni aniqlanadi, so‘ngra ularni jamlash orqali to‘plam vazni topiladi. Shundan so‘ng to‘plam vazniga to‘plamning umumiy hajmini bo‘lish orqali o‘rtacha miqdor aniqlanadi. Ushbu usul bilan aniqlangan o‘rtacha miqdor garmonik o‘rtacha tortilgan miqdor deb ataladi. Endi, garmonik o‘rtacha tortilgan miqdorni aniqlashga misol keltiramiz. Ushbu ma’lumotlar asosida o‘rtacha garmonik tortilgan miqdorni aniqlaymiz: Demak, o‘rtacha hosildorlik 25,9 s ni tashkil qiladi. 5-jadval Download 25.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling