O‘rtacha miqdorlar to‘g‘risida tushuncha
Download 67.63 Kb.
|
O RTACHA MIQDORLAR.docx filename=utf-8 O‘RTACHA MIQDORLAR
O‘RTACHA MIQDORLAR 1. O‘rtacha miqdorlar to‘g‘risida tushuncha Ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan va bo‘ladigan ommaviy hodisalarni o‘rganishda, iqtisodiy-statistik tahlil etish va jarayonlarning o‘zgarish natijalariga baho berishda mutlaq va nisbiy miqdorlar bilan bir qatorda o‘rtacha miqdorlar ham keng qo‘llaniladi. Shuning uchun o‘rtacha miqdorlarning mazmunini, o‘quvchi yaxshi o‘zlashtirib olgan bo‘lishi kerak. Shu nuqtayi nazardan bu masalalar ushbu mavzuda yoritiladi. Ijtimoiy ommaviy hodisalarning tipik xususiyatlari va alomatlarini umumlashtirgan holda tavsiflovchi ko‘rsatkichlar statistikada o‘rtacha miqdorlar deb ataladi. Iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan har qanday hodisa o‘zining yakka va umumiy miqdoriga ega bo‘ladi, ammo ular o‘sha hodisaning tipik xususiyatlarini umumlashtirgan holda tavsiflay olmaydi. Shuning uchun ommaviy hodisani, to‘plamni (guruhni) tipik xususiyatlarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichni, ya’ni o‘rtacha miqdorni aniqlash zarurati tug‘iladi. Ommaviy hodisalarning har qanday turdosh guruhida hamma vaqt ma’lum darajada bir-biridan farq qilish, xilma-xillik mavjud bo‘ladi. Aynan shu xilma-xillikning mavjudligi o‘rtacha miqdorni hisoblash zaruratini tug‘diradi. O‘rtacha miqdor o‘zi ta’riflab beradigan guruhdagi turdosh bo‘lgan ma’lum hodisalarning hammasiga xos bo‘lgan umumiy tipik xususiyatlarni ifodalaydi. Masalan, xo‘jalik bo‘yicha paxta hosildorligini o‘rganib, unga baho berish ustida gap borsa, bir pudratchining hosildorligi darajasi va yalpi hosili to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmaydi, chunki paxta hosildorligi darajasi va yalpi hosili har bir pudratchida (masalan, xo‘jalikda 120 pudratchi bo‘lsa) har xil bo‘ladi. 1 pudratchining hosildorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha xo‘jalikdagi paxtaning o‘rtacha hosildorligi ahvoliga baho berib bo‘lmaydi. Shuning uchun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha paxta hosildorligi ko‘rsatkichini aniqlab, uning holatiga, dinamikasining o‘zgarishiga, uning rivojlanish tendensiyasiga baho berish mumkin. Shunday qilib, miqdorlar bir-biridan farq qiluvchi yakka miqdorlarning o‘rtachasidir. Ular to‘plam (guruh) birliklari orasidagi tafovutlarni umumlashtiradi, shu to‘plam uchun xos bo‘lgan tipik xususiyatlarni, umumiy yo‘nalishni ochib beradi. Boshqacha aytganda, o‘rtacha miqdor to‘plam uchun xos bo‘lgan qonuniyatni ifodalaydi. Demak, o‘rtacha miqdorlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish, tahlil etish, xulosalar chiqarishda muhim o‘rin tutuvchi bilish qurolidir. O‘rtacha miqdor to‘plamning umumiy darajasini yoki undagi birliklarining darajasini tavsiflamasdan, u faqat o‘rganilayotgan belgi umumiy darajasining to‘plam birliklariga bo‘lgan nisbatini ifodalaydi. Paxta yetishtirish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni misol qilib olamiz. Bunda to‘plamning umumiy darajasini ifodalovchi miqdor paxta yalpi hosili, to‘plam birliklarini ifodalovchi miqdor paxta ekin maydoni, yalpi hosilning ekin maydoniga nisbati tariqasida yuzaga kelgan ko‘rsatkich esa o‘rtacha miqdor (hosildorlik) hisoblanadi. Bu quyidagi nisbat bo‘yicha aniqlanadi: paxta yalpi hosili O‘rtacha hosildorlik, o‘rtacha mahsuldorlik, o‘rtacha mehnat unumdorligi, o‘rtacha tannarx kabi o‘rtacha miqdorlarni to‘plam va guruhlar bo‘yicha hisoblashda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish zarur: O‘rtacha miqdorni hisoblashda ishtirok etuvchi yakka miqdorlar bir turdagi (turdosh) to‘plamga xos bo‘lishi shart. Bir-biridan farq qilib, soni iloji boricha katta bo‘lishi lozim. Agar o‘rtacha miqdor mohiyati jihatidan tubdan farq qiluvchi yakka miqdorlar bo‘yicha hisoblansa, u holda o‘rtacha miqdor o‘z mazmunini mutlaqo yo‘qotadi, qalbaki (soxta) miqdorga aylanadi. O‘rtacha miqdorlar hisoblanadigan statistik to‘plam yetarli darajada ulkan bo‘lgan ommaviy to‘plam bo‘lishi kerak. To‘plam qancha katta bo‘lsa, o‘rtachaga salbiy ta’sir qiluvchi tasodifiy omillar ta’siri shuncha kam bo‘ladi. O‘rganilayotgan to‘plamdagi yakka miqdorlar bir-biridan katta farq qilsa, ularni mohiyati jihatidan bir tipli guruhlarga ajratish zarur. So‘ngra har bir guruh bo‘yicha o‘rtacha miqdor hisoblab chiqilishi kerak. Guruhlar bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha miqdorlar to‘plam bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha miqdor ochib berolmaydigan tomonlarning qonuniyatlarini ochib beradi. O‘rtacha miqdorlar bir necha turlarga bo‘linadi, shulardan statistikada, hayotda ko‘proq qo‘llaniladigani o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha garmonik, o‘rtacha xronologik miqdorlar hisoblanadi. Shu o‘rtacha miqdorlar ushbu bo‘limda o‘z aksini topgan. Download 67.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling